Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   127
Kurash choralari.
Soxta un-shudring bilan kurashda un-shudring va 
antraknozga qarshi tavsiya qilingan barcha agrotexnik va tashkiliy chora-


72 
tadbirlarni qo„llash lozim. Odatda kasallikni fungitsid bilan ishlov byermasdan 
jilovlab bo„lmaydi. Chet elda ikki guruhga mansub fungitsidlar qo„llaniladi: 
1) Kontakt ta‟sirli fungitsidlar (mis preparatlari, ditiokarbamatlar va ftalimidlar) 
profilaktik ishlovlar o„tkazish uchun ishlatiladi, o„simlikni zararlanishdan 7-10 kun 
himoya qiladi va zamburug„da ularga chidamlilik rivojlanmaydi; ulardan biriga 
ichidan ta‟siri bo„lmagan, ammo to„qima ichiga kirish xususiyati bo„lgan 
simoksanil preparati qo„shilsa, aralashma davolovchi samaraga ham ega bo„ladi. 
2) Ichdan ta‟sirli fungitsidlar (fosetil-alyuminiy va fenilamidlar) yomg„ir yoqqanda 
ham samarali, davolovchi ta‟siri mavjud va tokni ikki hafta davomida to„la 
himoyalaydi. Fenilamidlarning kamchiligi
- ularga zamburug„ chidamlilik hosil 
qilishidir. Shu sababli ishlovlarni kontakt fungitsidlar bilan almashlab turib, 
fenilamidlarni mavsumda faqat 2-3 marta qo„llash tavsiya qilinadi. Ulardan 
tashqari bahorda kurtaklar Yozilishidan oldin temir kuporosi, barg Yozilishi 
paytida esa Bordo suyuqligi, mis xloroksidi, kaptan, ridomil, euparen va boshqa 
preparatlar ishlatiladi. 
Mildyuga qarshi MDH mamlakatlarida ko„proq mis preparatlari ishlatiladi. 
Bahorda 2% li Bardo suyuqligi bilan birinchi ishlov barglar Yozilganda, keyingisi 
gullashdan 10 kun oldin va uchinchi marta 1% li preparat bilan darhol gullashdan 
keyin ishlov beriladi. Bordo suyuqligi o„rniga mis sulfatni 8-10 kg/ga miqdorda 
qo„llash mumkin. Ishlovlar tok sug„orilishidan oldin o„tkaziladi. O„zbekistonda 
bog„bonlar 1% li Bordo suyuqligi bilan (500-600 l/ga) ishlov berib yaxshi natija 
olishgan. 

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin