63
kaliyli o„g„itlar kuzda solinmagan bo„lsa, ular bahorda azotli o„g„itlar bilan bir vaqtda
solinadi. Azot yuvilib ketmasligi uchun kuzda ammoniy shaklida solinadi.
U toklarni
kuzgi-qishki o„sishi va ildizlarning faoliyati uchun zarur. Kuzda azot solingandan keyin
sug„orilmaydi.
8.3.Tokzorlarni sug„orish usullari, muddatlari, me‟yori va texnikasi
Tok ekini mikro o„g„itlarga ham talabchan. Bir yerda ko„p yil o„sgani uchun
tuproqdagi mikro elementlar miqdori ham kamayib ketadi. Mikro o„g„itlarni mineral
o„g„itlar bilan birga yeritmasini tayyorlab bargi orqali qo„shimcha oziqlantirish ham
mumkin.
Tuproq ikki-uch yilda bir marta chuqur 50-60 sm ishlanib o„g„it berilsa ahamiyati
katta bo„ladi.
Tokchilikda o„stiruvchi moddalarni qo„llash ham katta ahamiyatga ega. Masalan,
auksin va getyeroauksin singari moddalarni past konsentratsiyali
yeritmasini tok
qalamchalariga ishlatib, ularni tez tomir (ilk orttirish mumkin). Urug„siz navlarda esa
bir paytlar gibbyerelin moddasini urug„siz kishmish navlarga qo„llab hosildorlik 30%
gacha oshirilgan. Lekin, urug„siz navlardan mayiz chiqishi pasayganligi tufayli bu
ishlab chiqarishda kam qo„llaniladi.
Tok ekini biologiyasiga ko„ra qurg„oqchilika chidamli ekin.
Chunki uning ildiz
tizimi baquvvat rivojlanganligi, so„rish kuchi kattaligi va yashash sharoitiga qarab
o„zining anatomik-fiziologik tuzilishini qayta qura olishdir.
O„zbekiston sharoitida tokning me‟yorida o„sishi va ko„p hosil berishi uchun uni
suv bilan yetarli ta‟minlash yanada katta ahamiyatga ega. Yozda barglar satxi katta va
hosil mo„l bo„lganda, bug„lanish, oziq moddalarning xarakatlanishi va sovish uchun
ko„p suv sarflanadi. Tok o„suv davrida suv bilan etarli darajada ta‟minlansa, fizologik
namligi ortadi, novda va mevalarning o„sishi, assimilyasiya kuchayadi, hosil ko„payadi
va uning sifati yaxshilanadi. Tok tuproqda suv ko„p-oz bo„lishidan juda ta‟sirlanadi.
Tuproqda
suvning ortib ketishi ham, etishmasligi ham tok ko„chatlarining
rivojlanishiga va hosil berishiga salbiy ta‟sir qiladi. Bir gektar yerdagi Oq kishmish nav
tokdan gektariga 250 s hosil olinganda, o„suv davrida barglar sarflagan suv miqdori,
taxminan 11 000 m
3
bo„lgan.
Tokning suvga bo„lgan talabi uning naviga, ko„chatning yoshi,
hosiliga qarab
turlichadir. Tokning yaxshi o„sishi va hosilga kirishi uchun yerdagi yog„in-sochindan
to„planadigan suv miqdori etarli bo„lmaydi. Bunday hollarda tokzorlarni sug„orish
ancha foyda beradi. Sug„orish orqali tuproq namligini tartibga solish, ma‟lum davrlarda
uni oshirish mumkin.
Yillik yog„in miqdori 450-600 mm ga etganda tog„ etagi va tog„li hududlarda
sug„orilmaydigan baxorikor tok navlarini ekish mumkin. Daryo qayirlarining sizot
64
suvlari 2-4 m chuqurda bo„lgan quyi tyerrasalarida joylashgan tokzorlarda toklarning
ildiz sistemasi baquvvat bo„lib, asosan gorizontal holda 4 m gacha tarqaladi.Tok
ko„chatlari 3-4 yoshligidanoq o„suv davrida sug„orishni ko„p
talab qilmaydi, faqat
qishda nam to„plash uchun sug„oriladi.
Tokzorlar har xil maqsadlarda sug„oriladi:
sho„r yuvish uchun sug„oriladi;
tuproqqa nam to„plash uchun sug„orish (chilla suvi berish), qish oylarida;
sovuqqa qarshi kurashish maqsadida sug„orish;
o„simlik atrofidagi mikroiqlimni yaxshilash uchun sug„orish;
tok tupining yaxshi o„sishi, yuqori va sifatli hosil berishi uchun sug„orish;
Toklar har xil usulda sug„oriladi:
yuza, yer betidan oqizib sug„orish;
yer ustki yomg„irlatib sug„orish;
yer ostidan sug„orish, bunda suv tok ekilgan yerga quvurlardan oqib boradi.
Hozirgi vaqtda yer betidan har xil usullarda sug„orish qo„llanilmoqda.
Hozirgi kunda O„zbekistonda tokzorlar asosan egatlar orqali oqizib sug„oriladi.
Bu usul eng qulay hisoblanadi va tokchilik hududlarida keng qo„llaniladi. Sug„orish
egatlarining chuqurligi 15-25 sm atrofida, ust tomonining kengligi 25-40 sm bo„lishi
lozim; kam nishab bo„lgan maydonlarda egatlar chuqurligi 20-25 sm qilinadi, nishablik
katta bo„lganda esa 15-20 sm chuqurlikda olinadi.
Hosilga kirgan toklar o„suv davri mobaynida ko„pchilik joylarda to„rt-olti marta:
birinchi tok ochilgandan keyin-aprelda; ikkinchi marta-
mayning birinchi yarmida,
uchinchi marta-iyunda, to„rtinchi-beshinchi marta-iyulda, oltinchi marta-avgustda
sug„oriladi.
Shag„alli va qumoq tuproqlarda 8-10 martagacha sug„oriladi. O„suv
davri
mobaynida har oyda 2 marta sentyabrgacha.
Sug„orish me‟yori qumoq tuproqlarda 400-450 m
3
ga, og„ir tuproqli yerlarda
550-600 m
3
/ga.
Toklar vertikal simbag„azlarda o„stirilsa tok tuplari ikki tomondan, kundasiga
nisbatan 0,5 m qoldirilib, har 1 m da bitta egat olinib sug„oriladi.
Dostları ilə paylaş: