59
nimjon-lari, shikastlanganlari yoki stan-dart talablariga javob byer-maydiganlari
yaroqsiz hisoblanadi. Kesib bo„lingandan so„ng ko„chatlar nam tuproqqa ko„miladi.
O„tkaziladigan kuni ko„chatlar ekish joyiga eltib beriladi,
bunda ular qurib
qolmasligi kerak, buning uchun esa ustiga ho„l qop yoki brezent yopib qo„yiladi.
Bu yerda ham ular yer yuzasida bir – ikkita kurtak qoldirilib nam tuproqqa
ko„miladi. Bevosita o„tkazishdan oldin ko„chatlarni ildizi suv,
tuproq va mol
go„ngidan tayyorlangan aralashmaga botiriladi. Bu ildizlarni qurib qolishdan
saqlaydi. Suv bilan yaxshi ta‟minlangan va agrotexnika darajasi yuqori bo„lgan
sharoitda tokzorlarga kilchevkalangan qalamchalarni ham o„tkazish mumkin.
Bunda bitta chuqurga bir-biridan 7-10 sm oraliqda 2 tadan qalamcha o„tqaziladi.
Agar ikkala qalamcha ham tutib ketsa, kamroq rivojlangani kuzda olib tashlanishi
yoki boshqa joyga o„tqazilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: