61
Vazifa:
1. O„zbekistonning sug„oriladigan maydonlari uchun 50
gektarli tokzor
kvartali loyihasini tuzish.
2. 7-jadvalda ko„rsatilgan ekish sxemasiga binoan kerak bo„ladigan tok
ko„chati sonini hisoblash.
8. HOSILLI TOKLARNI PARVARISHLASH AGROTEXNIKASI
8.1.Tokzorda tuproqqa ishlov berish
Tayanch iboralar - Tokzorda tuproqqa ishlov berish, shudgor o„tkazish, qator
oralarini ishlash, toklarni ochish, ko„mish, tokzorlani o„g„itlash, muddatlari, usullari,
me‟yori, tokchilikda o„stiruvchi moddalardan foydalanish; tokzorlarni sug„orish
usullari, muddatlari, texnikasi, me‟yori; kasallik va zararkunandalari, ularga qarshi
kurash choralari.
Tok ko„chatlari o„tqazilgandan 5-yildan boshlab to„liq hosilga kiradi va endi yosh
toklarga nisbatan o„tqaziladigan agrotexnologik tadbirlar boshqacha bo„ladi.
Tokzorlarda tuproqqa ishlov berishdan asosiy maqsad tuproqda nam to„plash va
uni tejab sarflashga, tuproqning ayeratsiya-havo hususiyatlari uchun sharoit yaratishga,
begona o„tlarga qarshi kurashishga, o„g„it solish va toklarni qishlash uchun ko„mishdan
iborat. Yerni ishlash tizimi: qator oralarini kuzda va bahorda ishlashni, chizellashni,
bahor
va Yozgi kultivatsiyani, yerni chuqur yumshatishni (qayta ag„darib haydashni),
tuplar orasini chopish va yumshatishni o„z ichiga oladi.
Tokzorlar yerini kuzda haydash ishi toklarni qishga ko„mish bilan birga olib
boriladi. Yer PRVN-2,5 markali pluglarda 25-30 sm chuqurlikda haydaladi. Toklar
ko„mishdan
oldin albatta kesiladi, ular qator bo„ylab yotqiziladi va o„g„it solinadi.
Toklar qo„lda ko„miladigan bo„lsa tuproq avval PRVN-2,5 markali plug bilan tuproqni
tashqariga ag„darib haydaladi.
Ko„milmaydigan toklar qator orasi ichkariga ag„darib haydaladi, bahorda esa haydash
o„rniga chizel bilan chuqur qilib yumshatiladi. Tok «voish» usulida so„rida o„stirilganda va
qishda ko„milmaydigan, traktor bilan ishlash mumkin bo„lmagan tokzorlar ketmonda
chopiladi. Tok yer tok holida o„stirilganda, qator orasiga traktor kirolmasa qo„lda ketmon
bilan chopiladi.
Yerni kuzda ishlash tuproqqa nam yaxshi kirishi
uchun sharoit yaratishga,
tuproqning kimyoviy va fizik xossalarini yaxshilashga, begona o„tlarni yo„qotishga,
kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashishga imkon beradi.
62
Bahorda toklar ochilgandan so„ng qator oralari kultivatsiya qilinadi yoki bir
vaqtda sug„orish egatlari olib boronalash yo„li bilan tekislanadi. Qator oralariga traktor
ko„p marta o„tishi, haydash vaqtida plug «tovoni» hosil bo„lishi, yer sug„orilgandan
so„ng tuproqning balchiq bo„lib qolishi
tufayli tuproq zichlanadi, pastki qatlamlariga
nam va havo o„tishi qiyinlashadi. Shuning uchun,
zichlangan qatlamni buzish
maqsadida bahorgi ishlardan so„ng (aprelda) yer 25-30 sm chuqurlikda chizellanadi.
Yoz bo„yi qator oralari yumshoq va begona o„tlardan toza holda saqlanadi.
Buning uchun tokning o„suv davrida uchastka maydoni PRVN-2,5 markali mashina
yoki chizel yordamida 10-12 sm chuqurlikda uch-to„rt marta kultivatsiya qilinadi. Yer
toklar esa ikki-uch marta qo„lda ketmon bilan chopiladi.
Hosilga kirgan tok qator oralari har uch-to„rt yilda bir marta 50-60 sm chuqurlikda
yumщatiladi. Bu ish kuzda, uzum yig„ishtirib olingandan so„ng yoki juda bo„lmaganda,
tokni qishlash uchun ko„milgandan so„ng bajariladi. Ildiz tizimi ko„p qirqilib ketmasligi
uchun qator oralari bittadan oralatib, masalan, bu yil
juft qator oralari yumshatilsa,
kelgusi yili tok qator oralari yumshatiladi.
Yumshatish bilan bir vaqtda ildizning asosiy qismi o„rnashgan joyga o„g„it
solinadi, bu ularning tiklanishini tezlashtiradi, ildizning so„ruvchi qismining o„sishini
kuchaytiradi, ildizlarni Yoshartiradi, natijada tokning hosildorligi ancha ortadi.
Dostları ilə paylaş: