Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан


Tok kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   127
8.4.Tok kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish
O„zbekistonda uzum hosilining ko„p qismi tok kasalliklaridan nobud bo„ladi. 
Ayniqsa oidium (un shudring) va dog„li antraknoz kasalliklari ko„p zarar etkazadi. 
Ba‟zi xo„jaliklarda ob-havo sharoiti noqulay kelgan yillari bu kasalliklardan uzum 
hosilining 50 % ga yaqini nobud bo„ladi. Syerkosporioz (yashil mog„or), baktyerial rak 
va boshqa kasalliklardan toklar kamroq zaralanadi. 


65 
Oidium kasalligi Shimoliy Amerikadan kelib chiqqan kasallik bo„lib hozirda 
hamma mamlakatlarda uchraydi.
Tokning un-shudring (oidium, kul) kasalligi. 
Kasallik Shimoliy (vatani) 
va Janubiy Amerika, G„arbiy Evropa, Osiyo, Afrika, MDX da Ukraina, Moldaviya, 
Kavkaz orti mamlakatlari (Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon) va Markaziy 
Osiyoda tarqalgan. O„zbekistonda oidium uzumning eng ashaddiy, keng tarqalgan 
va zararli kasalligi hisoblanadi. Ayrim manbalarga ko„ra 1914 yilda Toshkent va 
Farg„ona viloyatlari hududidagi tokzorlar hosilining 50% ni oidium kasalligi nobud 
qilganligi haqida ma‟lumotlar bor. Ushbu kasallik 1929 yilda Samarqand viloyatida 
ham ancha keng tarqalgan. Bu kasallik bilan O„zbekistonda rayonlashgan quyidagi 
uzum navlari kuchli zararlanadi; Oq xusayn, Chillaki, Kattaqo„rg„on, Qora kishmish, 
Charos. Bayan Shirey, Morastel navlari esa kamroq zararlanadi. Hozirgi kunda xo„raki 
navlardan Qorajanjal va Pushti toyfi navlari chidamli deb hisoblanmoqda. 
Kasallikning belgilari.
Tokning barcha yashil qismlari - barg, barg bandi, 
yashil novda, gul, tupgul popugi, gajagi, uzumi va uzum boshlari zararlanadi. 
Zamburug„ faqat epidyermis xujayralariga gaustoriylari bilan kiradi va ulardan 
ozuqa moddalarini so„rib oziqlanadi. 
Barg zararlanganida, oldin uning ustki tomonida, dastlab ok, so„ngra oqish-
kulrang, siyrak, nozik gifalardan tashkil topgan, un yoki changga o„xshash, ko„zga 
tashlanmaydigan g„ubor paydo bo„ladi, keyinchalik u bargning ostki tomoni, barg 
bandlari va novdalarga o„tadi. Keyinroq bargda kichik, quruq, qo„ng„ir, tarqoq 
nekrotik dog„lar paydo bo„ladi, ular bir-biri bilan qo„shilib, tursimon rasm hosil 
qiladi, bu rasm diagnostik belgi bo„lib, barglarning tirik, yashil fonida yaqqol 
ajralib turadi. G„ubor zamburugning mitseliy, konidioforalari va konidiyalaridan 
tashkil topadi. Yozilayotgan Yosh barglar burishib, nimjon bo„lib qoladi. Barg 
bandlari mo„rt, oson sinuvchan bo„lib qoladi. Zararlangan yashil novdalar ustida 
juda oz, unsimon g„ubor bilan qoplangan to„q - qo„ng„ir, keyinchalik qora tus 
oluvchi dog„lar paydo bo„ladi, bunday novdalar deyarli o„smaydi, harorat 
pasayishiga chidamsiz bo„lib qoladi va qishda ularni sovuq urib ketadi. Kuchli 
zararlangan novdalar ko„mirday qora, kuygan tus oladi. Kechroq zararlangan 
novdalar ustida kuzga qarab g„ubor biroz qalinlashadi va qizg„ish-qung„ir tus oladi. 
To„pgul popugi gullashdan oldin yoki keyin zararlanadi, uzum tugishi kamayadi, 
xosil pasayadi yoki ko„pincha to„pgul butunlay qurib koladi. 
Uzumlar ularning tarkibidagi qand moddalari miqdori 8% bo„lguniga qadar 
zararlanishi mumkin. Erta zararlangan uzumlar qurib, mavsum oxirigacha 
to„kilmasdan, tokda osilib qoladi. Keyinroq zararlangan uzumlar chatnaydi va 
urug„igacha yoriladi, saprotrof yoki yarim parazit zamburug„lar (ko„pincha 
Botrytis 
cinyerea) 
ta‟sirida chirib ketadi. Ba‟zi navlar mevalari ustida to„rsimon dog„lar 


66 
rivojlanadi. Mevalari qizil yoki qora navlarining uzumlari chipor tus oladi, 
bozorbopligini yo„qotadi ulardan tayyorlangan sharobning ta‟mi noxush bo„ladi. 
Kasallikning zarari.
Bu ashaddiy kasallik O„zbekistonda uzum hosilini 50 
foizgacha pasaytiradi, ba‟zi mavsumlarda esa 100 foizi yuqotilishiga olib keladi. 
Zararlanadigan o„simliklar.
Oidium bilan madaniy tok turlari 
(Vitis vinifyera
va b.) va Vitaceae oilasiga mansub boshqa turlar zararlanadi. Mevasi rangli va 
nordonroq uzum navlari kamroq zararlanadi. O„zbekiston sharoitida Soyaki va 
Nimrang Muskat navlari oidiumga yuqori tolyerantlik namoyon kilgan. 
Kasallik rivojlanishi. O„zbekistonda qo„zg„atuvchi zamburug„ mitseliysi 
bilan tinim davridagi kurtaklarda va novdalarda hamda zararlangan organlarda 
kleystotetsiylari yordamida qishlaydi. Bahorda kasallikning birinchi belgilari shu 
kurtaklarda o„sayotgan novdalarda paydo bo„ladi. Mitseliy kurtaklar bo„rtgan 
paytda yoki undan sal ertaroq, o„rtacha havo harorati 10-11
o
C ga etganda o„sa 
boshlaydi va o„sayotgan Yosh novda va Yozilayotgan barglarni oq mitseliysi bilan 
o„rab oladi, ustida ko„p konidiyalar hosil qiladi va ular kasallikning birlamchi 
manbai bo„lib, tokning boshqa qismlarini va boshqa toklarni zararlaydi. Kasallikni 
birlamchi tarqatuvchi bu novdalarga “bayroq novdalar” nomi berilgan. Oidium bir 
mavsumda bir necha avlod beradi. Oidium bahorda barvaqt paydo bo„ladi, ammo u 
tok gullashi oldidan jadal rivojlanadi va bu rivojlanishi havo juda isib ketishigacha 
va namlik kamaygunicha davom etadi.
Kasallik issiqsevar bo„lib, uning rivojlanishida harorat asosiy rol o„ynaydi, 
konidiyalar 6-32
o
C, optimum 18-25
o
C haroratda o„sadi va tokni zararlaydi, 35
o

da konidiyalar o„sishdan to„xtaydi, 40
o
C dan oshganda konidiyalar va ekzogen 
mitseliy halok bo„ladi. Tok zararlanishidan konidiyalar paydo bo„lishigacha 23-
30C
o
haroratda 4-6 kun, 7
o
C da esa 32 kun o„tadi. 36 
o
C haroratda mitseliy 10 
soatda, 39
o
C da esa 6 soatda haloq bo„ladi. O„rtacha kunlik harorat 19-20
o
C
bo„lganda kasallik juda tez rivojlanadi va tarqaladi, 24-25
o
C haroratda esa bu 
jarayonlarning tezligi sezilarli darajada pasayadi va 40
o
C da to„xtaydi. Yerkin 
namlik (yomg„ir, shabnam) konidiya o„sishiga salbiy ta‟sir qiladi, buning uchun 20-
100% (optimum 50-80%) havo nisbiy namligi etarli bo„ladi. 

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin