Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан


Tokzorlarni o„g„itlash va o„stiruvchi moddalardan foydalanish



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   127
8.2.Tokzorlarni o„g„itlash va o„stiruvchi moddalardan foydalanish 
Tok ekini ko„p yillik ekin bo„lgani uchun bir yerda uzoq muddat o„sadi va 
tuproqdan ko„p miqdorda oziq moddalarni o„zlashtirib oladi. R.R.Shredyer nomidagi 
BUV IIB da olib borilgan tajribalarga asoslanib, shu narsa aniqlandiki, gektaridan 200-
300 s hosil olinganda bir yillik o„sish va olingan hosil hisobiga tok yerdan: 89-102 kg 
azot, 40-50 kg fosfor va 200-300 kg kaliy oladi. Tok oziq moddalarning asosiy qismini 
gullay boshlagandan to mevasi pisha boshlaguncha talab qiladi. 
Shunga ko„ra, tok har xil o„g„itga talabchan bo„ladi, o„g„it solinganda 40% 
qo„shimcha hosil beradi, mevasining sifati yaxshilanadi. 
O„zbekiston sharoitida hosilga kirgan toklar uchun yillik o„g„itlar me‟yori 
quyidagicha: azot-120, fosfor-90, kaliy-50-60 kg gektarga ta‟sir etuvchi modda 
hisobida belgilangan. Har 2-3 yilda bir marta gektariga 20-40 tonnagacha organik 
o„g„itlar ham berish tavsiya etiladi. 
O„g„it solish me‟yorini to„g„ri xal etish uchun har bir xo„jalik o„z maydonining 
tuproq xaritasiga ega bo„lishi va vaqti-vaqti bilan tuproqni analiz (tahlil) qilib turishi 
kerak. Hosil mo„l bo„lgan sari solinadigan o„g„it miqdori ham oshiriladi.
Tok o„suv davri boshlarida oziq moddalarga juda talabchan bo„ladi. Shuning 
uchun fosforli, kaliyli o„g„itlar va azotli o„g„itlarning 25% kuzda, azotli o„g„itlarning 
qolgan qismi-erta bahorda kurtaklar Yozilguncha qadar solinadi. Agar fosforli va 


63 
kaliyli o„g„itlar kuzda solinmagan bo„lsa, ular bahorda azotli o„g„itlar bilan bir vaqtda 
solinadi. Azot yuvilib ketmasligi uchun kuzda ammoniy shaklida solinadi. U toklarni 
kuzgi-qishki o„sishi va ildizlarning faoliyati uchun zarur. Kuzda azot solingandan keyin 
sug„orilmaydi. 
8.3.Tokzorlarni sug„orish usullari, muddatlari, me‟yori va texnikasi 
Tok ekini mikro o„g„itlarga ham talabchan. Bir yerda ko„p yil o„sgani uchun 
tuproqdagi mikro elementlar miqdori ham kamayib ketadi. Mikro o„g„itlarni mineral 
o„g„itlar bilan birga yeritmasini tayyorlab bargi orqali qo„shimcha oziqlantirish ham 
mumkin.
Tuproq ikki-uch yilda bir marta chuqur 50-60 sm ishlanib o„g„it berilsa ahamiyati 
katta bo„ladi.
Tokchilikda o„stiruvchi moddalarni qo„llash ham katta ahamiyatga ega. Masalan, 
auksin va getyeroauksin singari moddalarni past konsentratsiyali yeritmasini tok 
qalamchalariga ishlatib, ularni tez tomir (ilk orttirish mumkin). Urug„siz navlarda esa 
bir paytlar gibbyerelin moddasini urug„siz kishmish navlarga qo„llab hosildorlik 30% 
gacha oshirilgan. Lekin, urug„siz navlardan mayiz chiqishi pasayganligi tufayli bu 
ishlab chiqarishda kam qo„llaniladi. 
Tok ekini biologiyasiga ko„ra qurg„oqchilika chidamli ekin. Chunki uning ildiz 
tizimi baquvvat rivojlanganligi, so„rish kuchi kattaligi va yashash sharoitiga qarab 
o„zining anatomik-fiziologik tuzilishini qayta qura olishdir. 
O„zbekiston sharoitida tokning me‟yorida o„sishi va ko„p hosil berishi uchun uni 
suv bilan yetarli ta‟minlash yanada katta ahamiyatga ega. Yozda barglar satxi katta va 
hosil mo„l bo„lganda, bug„lanish, oziq moddalarning xarakatlanishi va sovish uchun 
ko„p suv sarflanadi. Tok o„suv davrida suv bilan etarli darajada ta‟minlansa, fizologik 
namligi ortadi, novda va mevalarning o„sishi, assimilyasiya kuchayadi, hosil ko„payadi 
va uning sifati yaxshilanadi. Tok tuproqda suv ko„p-oz bo„lishidan juda ta‟sirlanadi. 
Tuproqda suvning ortib ketishi ham, etishmasligi ham tok ko„chatlarining 
rivojlanishiga va hosil berishiga salbiy ta‟sir qiladi. Bir gektar yerdagi Oq kishmish nav 
tokdan gektariga 250 s hosil olinganda, o„suv davrida barglar sarflagan suv miqdori, 
taxminan 11 000 m
3
bo„lgan.
Tokning suvga bo„lgan talabi uning naviga, ko„chatning yoshi, hosiliga qarab 
turlichadir. Tokning yaxshi o„sishi va hosilga kirishi uchun yerdagi yog„in-sochindan 
to„planadigan suv miqdori etarli bo„lmaydi. Bunday hollarda tokzorlarni sug„orish 
ancha foyda beradi. Sug„orish orqali tuproq namligini tartibga solish, ma‟lum davrlarda 
uni oshirish mumkin. 
Yillik yog„in miqdori 450-600 mm ga etganda tog„ etagi va tog„li hududlarda 
sug„orilmaydigan baxorikor tok navlarini ekish mumkin. Daryo qayirlarining sizot 


64 
suvlari 2-4 m chuqurda bo„lgan quyi tyerrasalarida joylashgan tokzorlarda toklarning 
ildiz sistemasi baquvvat bo„lib, asosan gorizontal holda 4 m gacha tarqaladi.Tok 
ko„chatlari 3-4 yoshligidanoq o„suv davrida sug„orishni ko„p talab qilmaydi, faqat 
qishda nam to„plash uchun sug„oriladi. 
Tokzorlar har xil maqsadlarda sug„oriladi: 

sho„r yuvish uchun sug„oriladi; 

tuproqqa nam to„plash uchun sug„orish (chilla suvi berish), qish oylarida; 

sovuqqa qarshi kurashish maqsadida sug„orish; 

o„simlik atrofidagi mikroiqlimni yaxshilash uchun sug„orish; 

tok tupining yaxshi o„sishi, yuqori va sifatli hosil berishi uchun sug„orish; 
Toklar har xil usulda sug„oriladi: 

yuza, yer betidan oqizib sug„orish; 

yer ustki yomg„irlatib sug„orish; 

yer ostidan sug„orish, bunda suv tok ekilgan yerga quvurlardan oqib boradi. 
Hozirgi vaqtda yer betidan har xil usullarda sug„orish qo„llanilmoqda. 
Hozirgi kunda O„zbekistonda tokzorlar asosan egatlar orqali oqizib sug„oriladi. 
Bu usul eng qulay hisoblanadi va tokchilik hududlarida keng qo„llaniladi. Sug„orish 
egatlarining chuqurligi 15-25 sm atrofida, ust tomonining kengligi 25-40 sm bo„lishi 
lozim; kam nishab bo„lgan maydonlarda egatlar chuqurligi 20-25 sm qilinadi, nishablik 
katta bo„lganda esa 15-20 sm chuqurlikda olinadi. 
Hosilga kirgan toklar o„suv davri mobaynida ko„pchilik joylarda to„rt-olti marta: 
birinchi tok ochilgandan keyin-aprelda; ikkinchi marta- mayning birinchi yarmida
uchinchi marta-iyunda, to„rtinchi-beshinchi marta-iyulda, oltinchi marta-avgustda 
sug„oriladi. 
Shag„alli va qumoq tuproqlarda 8-10 martagacha sug„oriladi. O„suv davri 
mobaynida har oyda 2 marta sentyabrgacha. 
Sug„orish me‟yori qumoq tuproqlarda 400-450 m
3
ga, og„ir tuproqli yerlarda 
550-600 m
3
/ga. 
Toklar vertikal simbag„azlarda o„stirilsa tok tuplari ikki tomondan, kundasiga 
nisbatan 0,5 m qoldirilib, har 1 m da bitta egat olinib sug„oriladi. 

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin