60
qatlamlari ham qurib qoladigan janubiy xududlarda ko„chatlar 60-70 sm
chuqurlikka o„tqazilishi lozim. Bu ko„chat tayyorlash vaqtida hisobga olinadi.
Engil qumoq tuproqli yerlarga ham ko„chatlar shunday chuqurlikda ekiladi.
Og„ir soz tuproqli yerlarda tok 30-35 sm chuqurlikda o„tkaziladi, aks holda havo
etishmasligidan pastki ildizlar nobud bo„ladi, asosiy
ildizlar esa yuqori qismida
rivojlanadi. Sug„oriladigan bo„z tuproqli yerlarda tok o„tqazish chuqurligi 40-45
sm bo„ladi, shartli sug„oriladigan yerlarda esa 45-50 sm ga, bahorikor yerlarda 55-
60 sm ga etkaziladi.
O„zbekiston sharoitida tok ekini sug„orilib yoki sug„orilmay o„stiriladi. Jami
tokzorlarni
asosiy qismi, ya‟ni 70% sug„orilib o„stiriladi. Sug„oriladigan
hududlarda tok uchastkaning maydoni 3-5 gektardan har qaysi kvartal maydoni 25-
50 gektardan kam bo„lmasligi kerak. Maydonning tekisligiga
qarab uchastkaning
uzunligi 100-150 m dan ortik bo„lmasligi kerak.
Tok ekini ishlab chiqarishda asosan yertok va vertikal simbag„azlarda
o„stiriladi. Yertok holida o„stirilganda qatorlab yoki qo„sh qatorlab ekiladi, vertikal
simbag„azlarda asosan qatorlab ekiladi. Tokning o„sish
kuchiga qarab tok qator
oralari va qatordagi tup oralari har xil bo„ladi.
6-jadval
1 ga tokzor uchun kerak bo„ladigan tok ko„chati sonini hisoblash
Qatorlar
orasidagi
masofa, m
Qatordagi tup
Dostları ilə paylaş: