Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   127
Muhokama uchun savollar: 
1. Tok qanday usullarda o„stiriladi? 
2. Tok ishlab chiqarishda qaysi usullarda o„stiriladi? 
3. Yer toklarga qanday shakllar beriladi? 
9. Vertikal simbag„azlarda o„stirilgan toklarga qanday shakllar beriladi? 
 
 
7. YOSH TOKLARNI PARVARISHLASH AGROTEXNIKASI 
7.1. Yosh toklarni parvarishlash 
 
Tayanch iboralar - Tok ko„chatlari, hosilga tez kirishini ta‟minlash, tokzor tuprog„i, 
yosh toklar,
novdalar,
zanglar. 

Tok ko„chatlari o„tqazilgandan so„ng ularning yaxshi tutib ketishini hamda yaxshi 
o„sishini, ularning hosilga tez kirishini ta‟minlash lozim. Shu maqsadda o„sayotgan 
novdalar qoziqlarga bog„lab qo„yiladi, tokzor tuprog„i doimo yumshoq, begona o„tlardan 
tozalangan bo„ladi. Tok o„tqazilgan yili joyning relefiga qarab Yosh toklarni ikki 
tomonlama ishlash mumkin. Bu qo„l mexnatini anchagina kamaytiradi. Kelgusi yili 
bahor-yoz davomida qator oralarini 3-4 marta kultivatsiya qilinadi yoki ag„darmasdan 
haydaladi, qatorlardagi zanglar orasi ikki-uch marta qo„lda chopiq qilinadi. Dastlabki ikki 


52 
yilda sug„oriladigan tokzorlarda qator oralariga poliz ekinlari, ertagi kartoshka va ertagi 
sabzavotlar ekish mumkin. Oraliq ekinlar tokni siqib qo„ymasligi uchun ular tok 
qatoridan 0,5 m nariga ekiladi va ular qo„shimcha o„g„itlanadi, hamda sug„oriladi. Tok 
novdalari qishgacha pishishi uchun sentyabr oyidan boshlab qator oralaridagi ekinlar 
sug„orilmasdan qo„yiladi. 
Yosh toklar birinchi yili 10-12 marta, ikkinchi yili 8-10 marta va uchinchi yili 6-8 
marta sug„oriladi. Qish oylarida bir-ikki marta nam to„plash uchun ham sug„oriladi. 
Yosh tokzorlarni o„rtacha o„g„itlash me‟yori quyidagicha: azot-90, fosfor-50-60, 
kaliy-30 kg gektariga ta‟sir etuvchi modda hisobida beriladi. 

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin