Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   127
 
6.4.
Toklarni gorizontal va qiya so‘rilarda hamda vertikal simbag‘azlarda 
o‘stirish.
Bu o„stirish usuli «voish» nomi bilan ma‟lum bo„lib, bunda tok gorizontal yoki 
qiya ishlangan narvonga zangi va bir yillik novdalari bilan birga taraladi. Bu narvon 
tokzor yeriga yoppasiga yoki har bir qator va tup uchun alohida yasaladi. 
Qiya so„ri Samarqand viloyatida keng tarqalgan. Buning mohiyati shundaki
tuplar bevosita yerga yaqin joyda qiya qilib o„rnatilgan yog„och narvonchalarga 
yotqiziladi. Gorizontal so„ri buning boshqa xili bo„lib, yerga yaqin bo„lmay, balki 
maxsus poya yoki xodaga 0,5-0,7 m ko„tariladi. 
Gorizontal so„ri Farg„ona vodiysida juda keng tarqalgan. Bunda bir-biridan 3,5-
4 m uzoqda bo„lgan qatorlar bo„ylab ikki metr uzunlikda pishiq ustunlar o„rnatiladi. 
Yuqorisidan ular mustahkam poyalar bilan mahkamlanadi, unga yog„och panjara yoki 
sim tortiladi va tokning zangi hamda hosil novdalari joylashtiriladi, gorizontal 
bag„azga etishi uchun tanasi 2 m balandlikkacha o„stiriladi. 
Ko„milmaydigan tokzorlardagi xo„raki navlar ana shu usulda o„stirilishi 
mumkin. Uning salbiy tomoni shundan iboratki: yog„och ko„p sarflanadi, tokzorlar 
kasallik hamda zararkunandalar bilan juda qattiq zararlanadi. Bu usulda agrotexnika 
tadbirlarini o„tkazish uchun noqulay bo„ladi. Shuning uchun, bu usul ham ishlab 
chiqarishda unchalik keng qo„llanilmaydi, faqat tomorqada, istirohat bog„larida, yo„l 
yoqalarida, idora va tashkilot binolari oldida qo„llanilishi mumkin. 


49 
Toklarni vertikal simbag‘azlarda o‘stirish.
Bu o„stirish usuli dunyoning barcha 
uzumchilik hududlarida keng tarqalgan. Tok shu usulda o„stirilsa, tupining o„sishi va 
hosil berishi, Shuningdek agrotexnika tadbirlarini (changlash, xomtok qilish, kasallik 
va zararkunandalarga qarshi kurashish va boshqlarni) amalga oshirish va ayniqsa 
tokzor yeriga ishlov berishni mexanizatsiyalashtirish uchun qulay sharoit yaratiladi. 
O„zbekiston sharoitida bu usul tokning barcha navlari uchun tavsiya etilgan 
bo„lib, bog„dorchilik-uzumchilik xo„jaliklarida keng tarqalgan. 
Vertikal simbag„azlar-ning uchta xili bor: soyabonsiz, soyabonli va ikki 
tomonli. Soyabonsiz vertikal sim-bag„azlar eng ko„p tarqalgan. Unda tuplar vertikal 
ko„milgan ustunlarga tortilgan 3-4 qator simga bir tekis taraladi. Ammo, 
O„zbekistonning issiq iqlim sharoitida tok sug„orib o„stirilsa, kuchli o„sadigan navlar 
soyabonsiz so„rida quyosh enyergiyasidan maksimal foydalana olmaydi. Bunday tok 
navlari qatorlar o„rtasiga yo„naltirilgan soyabonli so„rida o„stirilgani ma‟qul. Rizamat 
Musamuxamedov taklif etgan bu usul ishkomda va voish usulida o„stirishning yaxshi 
tomonlari saqlanib qolinib, kamchiliklari bartaraf etilgan. 

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin