46
4-rasm. Kosasimon shaklli
tok tupi
6. TOK O„STIRISH USULLARI
6.1.Tok o„stirish usullari haqida
Tayanch iboralar - Tok o„stirish usullari, daraxtlarda o„stirish, qoziqchalarda
o„stirish, so„rida, voishda o„stirish, yer tok holida va vertikal simbag„azlarda
o„stirish, yer toklarga shakl berish, kosachasimon, kallaksimon, yarimkallaksimon,
vertikal simbag„az, yelpig„ichsimon, yarim yelpig„ichsimon.
Tok o„stirish usullari ular xaqida ma‟lumot. Tok chirmashib (liana) o„suvchi
daraxtchil ekin bo„lib, tabiiy sharoitda turli daraxtlarga xos shaklga ega emas.
Tokning hozirgi shakli ko„p
asrlik tajribada butash, bog„lash va kesish natijasida
yaratilgan. Maxsus tirgovuch qo„llab va tuplarni turlicha joylashtirib har xil usullarda
o„stirish yo„li bilan ularni ichki qismida ma‟lum mikroiqlim yaratilgan bo„ladi. Tok
tupini o„stirishning har bir usuli ularga shakl berish va butashning ma‟lum usullariga
bog„liq.
Tok tuplarini o„stirishning turli usullari juda qadimdan qo„llanib kelinadi. Tanali
qilib turkmancha shakl berish yeramizdan oldingi
VII asrdayoq Mesopotamiyada
mavjud bo„lganligi haqida ham ma‟lumotlar bor. Zarafshon vodiysida so„riga
ko„tarmay o„stirish ham taxminan o„sha vaqtda Kichik Osiyodan o„rganilgan,
Toshkent vohalarida tokka ishkom qilib shakl berishni ham o„sha vaqtda Misrdan
kelgan arablardan o„rganganlar.
O„rta Osiyoda tok tuplarini o„stirishda quyidagi asosiy usullardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: