Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   127
 
4-jadval 
Qatorlar
orasi, sm 
Katordagi 
qalamchalar 
orasi, sm 
1 ga ko„chatzor-
dagi qalamchalar 
soni, dona 
1 gektarga talab 
qilinadigan 
ko„chat soni, 
dona 
80 

 
 
10 
 
 
12 
 
 
100 

 
 
10 
 
 
12 
 
 
 
 
 
5. TOKZOR BARPO QILISH
 
5.1.Tokzor barpo qilish rejasini tuzish va tokzorni tashkil qilish 
 
Tayanch iboralar - Tokzor rejasini tuzish, tokzorni tashkil qilish, tokzor uchun yer 
tanlash, yerni taqsimlash, joyning relefi, yon bag„irlar ekspozitsiyasi, suv havzalari, 
qumliklarni mustaxkamlash, tokzorni himoya qiluvchi daraxtzorlar, ko„chatlarni ekish 
qalinligi, kvartallar,
yon bag„irlar. 


40 
Tokzor ko„p yillar uchun bir marta barpo qilinadi. Uning hosildorligi, uzoq 
yashashi va syermahsulligi ko„p jihatdan uni to„g„ri tashkil qilishga bog„liq. Tok 
o„tqazishda yo„l qo„yilgan xatolar o„simlikning kelgusi holatida ba‟zan bir necha yildan 
so„ng seziladi, lekin bu vaqtda ularni tuzatish qiyin bo„ladi yoki tuzatib bo„lmaydi. 
Shuning uchun, tokzor qat‟iy ishlab chiqilgan reja asosida barpo etiladi, bu rejadagi 
vazifalar, joyning tuproq-iqlim щaroiti tokning biologik hususiyatlari va tashkiliy xo„jalik 
sharoiti hisobga olingan holda tuziladi. Bundan tashqari; tok ko„chatlarini o„tkazishdan 
oldin navlarni tanlash va joylashtirishga, tup qalinligi va ko„chat o„tqazish texnikasiga 
katta ahamiyat beriladi. 
Bundan tashqari, uzum mevasining tashishga noqulayligi hisobga olinib, tokzorlar 
qayta ishlash korxonalariga, magistral yo„llarga yaqin bo„lgan joylarda, ko„p qo„l 
mehnati sarf qilishini hisobga olib aholi yashaydigan joylardan uzoq bo„lmagan 
maydonlarda barpo etiladi. 
Tokzor uchun joy tanlashda tuproqning xossalari, sizot suvlarining joylanish 
chuqurligi, joyning relefi, yon bag„irlar ekspozitsiyasi, suv havzalarining yaqin-uzoqligi, 
shamoldan himoya qiladigan polasalarning mavjudligi va boshqa sharoitlar hisobga 
olinadi. Tekis relefli maydonlardan foydalanish uchun juda qulay, Chunki ko„chatlarni 
mexanizatsiya yordamida parvarish qilish oson bo„ladi. Tekisliklarda tokzorlar doimiy 
oqib turadigan suv manbalariga yaqin bo„lgan joylarda barpo etilishi kerak. Qulay 
sug„orish uchun 0,004-0,008° qiyalik bo„lsa, ya‟ni maydon uzunligining har ming m ga 
4-8 m qiyalik to„g„ri kelsa, eng yaxshi yon bag„ir bo„ladi. Tokzor uchun joy tanlashda 
tokning tuproq sharoitiga va shamol rejimiga bo„lgan talablarini hisobga olish lozim. 
Yuqorida aytib o„tilganidek tok turli xil tuproqli yerlarga, Shuningdek boshqa qishloq 
xo„jalik ekinlari uchun kam yaroqli bo„lgan joylarda ham oson moslashadi. Uning bu 
hususiyatidan qumliklarni mustaxkamlashda, tog„lar va tog„ etaklaridagi toshli-tuproqli, 
shag„altoshli, sizot suvlar yer yuzasiga yaqin joylashgan yerlarni o„zlashtirishda 
foydalaniladi. 
Tokzor maydoni yer tuzish ishlari bilan bir vaqtda xo„jalikning barcha tarmoqlarini 
rivojlantirishning istiqbolli rejasiga muvofiq barpo etiladi. Ko„chatlar siyrak bo„lib 
joylashmasligi uchun yaqin uch-besh yilda tokzor barpo etish rejasi tuziladi va har yili 
ko„chat ekish tartibi bilan boshlanadi. Ko„chatlarni yoppasiga ekish (eski bog„larni 
hisobga olganda) mashinalarning, materiallarning, ishchi kuchining bekorga ortiqcha 
sarflanishining oldini olishga imkon beradi, ishchi brigadalarini boshqarishni, hosilni 
qo„riqlashni va shunga o„xshashlarni engillashtiradi. Tokzordagi ishlarni qiyinligini 
hisobga olib, maydonlarni aholi yashaydigan punktlarga yaqin joylardan ajratish ma‟qul. 
Uzoqdagi tokzorlarda dala shiyponlari qurish lozim. Tokzordan temir yo„l 
stansiyalarigacha qulay yo„l bo„lishi juda muhim. 


41 
Tokzor uchun joy ajratilgandan so„ng rejada bo„limlar chegarasi, xo„jalik 
qurilishlari (navlarga ajratish va joylash bostirmalari, qurilish maydonlari, omborlar va 
boshqalar) uchun joy belgilanadi, kvartal va kartalarning kattaligi, shakli aniqlanadi
sug„orish va zovur tarmoqlari, yo„llar, tokzorni himoya qiluvchi daraxtzorlar loyihasi 
tuziladi. Reja tuzishda navlarning tarkibi va ularni joylashtirish, olinadigan mahsulotdan 
foydalanish, zanglarni parvarish qilish tizimi, ko„chat ekish qalinligi, agrotexnika va 
shunga o„xshashlar aniqlanadi.
Katta tokzorlar maydoni (ixtisoslashgan xo„jaliklarda) 350-500 ga va undan ortiq 
keladigan bo„limlarga ajratiladi. Maydonlarni ishlash oson bo„lishi uchun ular 
kvartallarga, kvartallar esa, o„z navbatida, kartalarga bo„linadi. Kartalar asosiy maydon 
birligidir. U yo„llar oralig„idagi 3-5 ta maydonni egallaydigan yaxlit tokzorlardan iborat. 
Tekis joylarda kartalar to„g„ri burchakli shaklda bo„ladi, hosilni va kesilgan zanglarni olib 
chiqib ketish qiyin bo„lmasligi uchun uning kengligi ko„chat ekilgan qatorlar bo„ylab 100 
m dan oshmasligi lozim. Kartalarning uzunligi (300-500 m) ko„ndalang qatorlarga qarab 
aniqlanadi. Kartalar orasida tok qatorlariga tik qilib 5 m kenglikda yo„l qoldiriladi. 
Har bir kvartal 3-5 ga kartalardan iborat bo„ladi. Kvartallar orasida qatorlar bo„ylab 
8 m kenglikda asosiy yo„l qoldiriladi, bu yo„l yerni ishlash vaqti traktorning aylanishiga, 
transport o„tishi va sug„orish tarmoqlarini joylashtirishga imkon beradi. Past baland 
joylardagi kvartal va kartalar kichikroq bo„lishi mumkin.
Tok ekiladigan qatorlar kelgusida sug„orish egatlari bo„ylab, imkon bo„lsa, shamol 
esadigan tomon bo„ylab joylashtiriladi. Tog„li hududlarda tokzorlar qatori yon 
bag„irlarga ko„ndalang qilib olinadi, bundan maqsad tuproqning yuvilib ketishi va 
yog„in-sochin suvlarining oqib ketib nam yo„qolishi oldini olishdir. Doimiy sug„orish 
kanallari kvartallar chegarasi bo„ylab vaqtincha sug„orish tarmoqlari (o„q ariqlar) esa 
kartalar orasidagi yo„l bo„ylab kovlanadi. Bunda ariqlar yerni mexanizatsiya yo„li bilan 
ishlashga xalaqit byermasligi hisobga olinadi. 
Toklarni shamolning zararli ta‟siridan himoya qilish uchun tokzorlar atrofiga ixota 
daraxtlari o„tqaziladi. Ularni tok o„tqazishdan 2-3 yil oldin o„tqazish maqsadga muvofiq, 
Chunki yosh daraxtlar tokni shamoldan himoya qila olmaydi. Hech bo„lmaganda bu ish 
tok o„tqazish yilida bajariladi. Ihota daraxtlari yoki o„rmonlar cheti balandlik yerlarda 
tokzorlarning tashqi chegarasida, suv havzalari chegarasida, jarliklar, katta yo„llarning 
shamol doim esib turadigan chegarasida bo„lishi kerak. Ixota daraxtzorlarining kengligi 
joyning relefi va shamolning kuchiga bog„liq. Odatda bunday polosalar 5-6 qator ekilgan 
daraxtdan iborat bo„ladi. Baland o„sadigan va uzoq yil yashaydigan, nisbatan sekin 
o„sadigan daraxt navlari polosalarga tez o„sadigan va ularga etib oladigan navlar bilan 
galma-galdan almashtirib o„tqaziladi. Yorug„sevar daraxtlar polosalar chekkasiga, soyaga 
chidamlilari esa o„rtasiga o„tqaziladi. Ixota daraxtlarining oxirgi qatori tok tupidan 10-12 
m uzoqda bo„lishi kerak, aks holda ularni yaqin bo„lishi tokni zaiflashtirib qo„yadi. 


42 
Uzum navlarini tanlashda birinchi navbatda xo„jalik hududining tuproq-iqlim 
sharoiti, yo„nalishi hisobga olinadi. Umuman, O„zbekistonda 27 xil xo„raki va mayizbop 
navlar, 25 xil vinobop navlar o„stiriladi. Respublikamiz uchun umumiy ko„rsatkich, 
uzumchilik xo„jaliklarida 65% maydonga mayizbop navlar, 25% maydonga xo„raki 
navlar va 10-15% maydonga vinobop navlarni ekish tavsiya etiladi. Lekin, bu 
ko„rsatkichlar ayrim xo„jaliklarda nisbatan o„zgarib turadi. 
Assortiment tanlashda funksional urg„ochi tip gulli navlar normal hosil berishi 
uchun ularning bir-ikki qatoridan so„ng bir qator changlovchi nav o„tqaziladi. Standart 
navlardan Charos, Nimrang, Kattaqo„rg„onda funksional urg„ochi guli bo„ladi. Charos 
navi uchun Qora kishmish, Pushti Parkent, Pushti toyfi, Chillaki, Rkatsiteli; Nimrang 
navi uchun Qora kishmish, Pushti toyfi, Sapyeravi; Kattaqo„rg„on navi uchun Qora va 
Oq kishmish, Pushti toyfi, Sultoni, Vassarg„a, Sapyeravi eng yaxshi changlovchi bo„ladi. 
Tokning shu navlar bilan bir vaqtda gullaydigan boshqa navlari ham changlovchi bo„la 
oladi. 

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin