Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан


 Tok ko„chatzori tashkil etish, qalamchalarni ko„chatzorga ekish, ularni



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   127
4.5. Tok ko„chatzori tashkil etish, qalamchalarni ko„chatzorga ekish, ularni 
parvarishlash va tokzorga ekishga tayyorlash 
Tok ko„chatlari ko„chatzorda qalamchalardan etishtiriladi. Ko„chatlarni tutib 
ketishi va o„sishi, hosilga kirishi, ularning uzoq yashashi va hosildorligi 
o„tqaziladigan ko„chatning sifatiga bog„liq. 
Tok ko„chatzori uchun yaxshi, tekis, nishabi kam, begona o„t bosmagan, 
kasalliklar va qishloq xo„jalik zararkunandalari bilan zararlanmagan, ancha unumdor 
yer ajratiladi. Bu yerdan doim suv oqib turishi kerak. Ko„chatzorni magistral yo„lga 
yaqinroq joylashtirish maqsadga muvofiq. 
Ko„chatzor yerining yuqori unumdorligini saqlash uchun besh dalali almashlab 
ekish tizimidan foydalaniladi. Bunda uch dala bedazor, ikkita dala ko„chatzor bo„ladi. 
O„zbekistonda beda eng yaxshi o„tmishdosh ekin hisoblanadi. Agar beda bo„lmasa, 
uning o„rniga qator oralari ishlanadigan texnika va sabzavot ekinlarini ekish mumkin. 
Kuzda yer chuqur 40-60 sm chuqurlikda pluglar bilan haydaladi. Maxsus plug 
bo„lmaganda oddiy traktor pluglari bilan kamida 30 sm chuqurlikda haydaladi. Agar, 
maydonga beda ekilmagan bo„lsa, haydashdan oldin gektariga 20-40 t hisobidan 
chirigan go„ng solinadi. Chirimagan go„ng tavsiya etilmaydi, Chunki yerda 
buzoqboshi qo„ng„iz ko„payib ketadi. Bedadan bo„shagan yerlarga ko„chat 
o„tqazayotganda kaliyli va fosforli o„g„itlar solinadi, 1 gektarga 90 kg fosfor, 40-50 kg 
kaliy hisobida. Bahorda qalamchalar o„tqazilguncha yer chizel yoki og„ir borona bilan 
yumshatiladi va keyin mola bostiriladi. 
Qalamchalar o„tqazishdan 20-25 kun oldin (martning oxiri aprel boshida) 
o„ralardan kovlab olinadi yoki kesilmagan toklardan kesib olinadi. Ularning holati 
tekshiriladi, yaxshi qalamchalar pastki kurtak ostidan (agar kesilgan joyda kallus hosil 
bo„lmagan bo„lsa) yangidan kesiladi. Shundan keyin qalamchalar bir-ikki kun suvga 
solib qo„yiladi, so„ngra kilchyovkalash uchun pastki uchini yuqoriga qaratib chuqurga 
qo„yiladi. Ular oldin bog„-bog„ qilib bog„lanadi va yerga urib yog„och belkurak bilan 
tekislanadi. Kilchyovkalash uchun chuqurlar kelgusidagi ko„chatzor yaqinida 
kovlanadi. Uning chuqurligi qalamchaning bo„yidan 8-10 sm ortiq, kengligi 100-150 
sm bo„lishi kerak. Bog„lar bir-biriga zich qilib joylanadi va orasiga yumshoq tuproq 
solinadi. Ularning ustiga 8-10 sm qalinlikda yumshoq nam tuproq solinadi
qalamchalarni yaxshi kilchyovkalash uchun ustiga go„ng solib parnik romlarini 


36 
yopish mumkin, qurib qolmasligi uchun yerning yuqori qatlamini vaqti-vaqti bilan 
sug„orib turish lozim.
Qalamchalar pastki qismining 17-20
o
C gacha isishi natijasida kesilgan joyda 
sarg„ish-oq g„urra shaklida kallus hosil bo„ladi, bu ildiz bog„lang„ichi hisoblanadi. 
Kilchyovkalash 12-15 kun davom etadi. Qalamchalarni uzoq kilchyovkalash 
yaramaydi, Chunki rivojlangan ildizchalar oson sinib ketishi mumkin. Qalamchalar 
kilchyovkalangandan so„ng oftobda saqlash mumkin emas, ularni darhol ko„chatzorga 
o„tkazish lozim. 
Ildiz hosil bo„lishini tezlashtirish uchun kilchyovkalashdan so„ng qalamchalar 
o„stiruvchi moddalarni suvli yeritmasida 24 soat davomida ho„llanadi. Getyeroauksin 
(1 l suvga 200 ml yeritiladi), indolil moy kislota (1 l suvga 70 mg yeritiladi) yoki 
naftil sirka kislota (1 l suvga 50 mg yeritiladi) eng yaxshi hisoblanadi. Bunda 
yeritmaning harorati 22-23 
0
C dan ortmasligi kerak. Qalamchalar soyada sirli yoki 
yog„och idishlarda ho„llanadi. Bu maqsad uchun oziq moddalar (Knopp aralashmasi) 
yoki mikroelementlar: marganets (1 l suvga 8 mg yeritiladi) rux (1 l suvga 4 mg 
yeritiladi) ham ishlatiladi. 
Qator orasini ishlash oson bo„lishi uchun qalamchalar qatorlar orasi 80-90 sm li 
jo„yaklar olinib, bu jo„yaklarga qalamchalar orasini 10-15 sm qilib 30 
0
C qiyalikda 
o„tqaziladi. Bir gektar ko„chatzorga 125 mingdan 200 mingtagacha qalamchalar 
joylashtiriladi. 
Ko„chatzorga qalamchalar ekilgandan so„ng tezda sug„oriladi. Qalamchalar 
o„tkazilgandan so„ng birinchi oyda har 5-6 kunda, ikkinchi va uchinchi oylarda (may-
iyunda) har 10-15 kunda sug„oriladi. Iyul va avgust oylarida 2 martadan sug„oriladi. 
Bahor va Yoz davrlarida kamida 12-15 marta sug„oriladi.
Ko„chatzorni Yoz bo„yi parvarish qilish sug„oriladigan egatlar olish, sug„orish, 
xar bir sug„orishdan so„ng qator oralarini kultivator bilan yumshatish, 3-4 marta 
chopiq qilish bilan bir vaqtda qatorlardagi begona o„tlarni yo„qotish, mineral o„g„itlar 
bilan ikki-uch marta oziqlantirish, kuchli novda bachkilarini rivojlantirish uchun 
asosiylarini chilpishdan iborat. Tok ko„chatzori bir necha marta o„g„itlanadi. Birinchi 
marta mayning oxirgi kunlarida, ikkinchi marta iyunda, uchinchi marta iyul oyida 
oziqlantirishda 1 ga tok ko„chatzoriga 20 kg azot (ta‟sir qiluvchi modda) solinadi. 
Ko„chatzordagi navlar aralashmasini ajratish uchun Yoz oxirida (avgust-sentyabrda) 
aprobatsiya qilinadi. Aralash navlarni yer ustki qismi yerga yaqin qilib tok qaychisi 
bilan kesiladigan yoki yaxshi bilinadigan bo„yoq bilan belgilanadi va kovlab olishda 
navlarga ajratiladi. Kuzda oktyabrning ikkinchi yarmida ko„chatlar kovlab olinadi va 
navlarga ajratiladi. 
1 gektar ko„chatzordan o„rtacha 50 ming tup birinchi nav ko„chat olish mumkin. 
Navlarga ajratilgan ko„chatlar 25-50 tadan qilib bog„lab, qishda saqlash uchun 


37 
chuqurga har bir qatoriga nam tuproq solib, qatorlab joylanadi. Har bir nav alohida 
o„raga joylanadi. 

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin