48
amalda sinab ko„rilmoqda. Masalan, Fransiyaning ko„p tumanlarida 40-50 sm
tanali tok tuplari hech qanday tirgovuchsiz va bog„lanmasdan o„stiriladi.
Tok tuplarini yer tok holida o„stirishning bir qancha ijobiy tomonlari bor:
qimmat turadigan tirgovuchlarga ehtiyoj bo„lmaydi va
tok oddiy parvarish qilinadi;
kuz-qish erta bahorgi davrlarda chuqur ariqlarga suv qo„yish natijasida tuproqda ko„p
miqdorda nam zapasi to„planadi, bu yer Yozgi sug„orishlarni kamaytiradi; fotosintez
uchun yaxshi sharoit yaratiladi. CHuqur ariqlar bo„lishi sababli ayeratsiya va
tuproqning qizishi yaxshilanadi.
Shu bilan birga tokni so„riga ko„tarmay o„stirish usulining salbiy tomonlari ham
bor. Bu usulda Yoz davrida yerga mexanizatsiya yordamida
ishlov berishga imkon
bermaydi. Tokning novdalari, kurtaklari va to„pgullari bahorgi sovuqdan ko„p
zararlanadi. Tok zarakunandalari va kasalliklariga qarshi
kurashish qiyinlashadi va
murakkablashadi. To„pgullar barglar bilan juda to„silib ketganligi, to„liq
changlanmasligi sababli siyrak uzum boshlari miqdori ko„payib ketadi. Uzum
boshlari nam yerga tegib turganidan chirib ketish hollari ham uchraydi.
Tokni bu usulda o„stirish yangidan barpo qilinayotgan
tokzorlarga tavsiya
etilmaydi, faqat yaxshilangan taqdirdagina qo„llash mumkin.
Dostları ilə paylaş: