Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан


oralari, m  1 ga yerdagi



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   127
oralari, m 
1 ga yerdagi 
qatorlar 
soni 
1 kator 
uchun talab 
etiladigan 
ko„chat soni 
1 ga tokzor 
uchun kerak 
bo„ladigan 
ko„chat soni, 
dona 
2,0 
1,5 
2,0 
2,0 
2,5 
1,5 
2,5 
2,0 
2,5 
2,5 
3,0 
1,5 
3,0 
2,0 
3,0 
2,5 
3,0 
3,0 
2,5 



61 
Vazifa: 
1. O„zbekistonning sug„oriladigan maydonlari uchun 50 gektarli tokzor 
kvartali loyihasini tuzish. 
2. 7-jadvalda ko„rsatilgan ekish sxemasiga binoan kerak bo„ladigan tok 
ko„chati sonini hisoblash. 
8. HOSILLI TOKLARNI PARVARISHLASH AGROTEXNIKASI
8.1.Tokzorda tuproqqa ishlov berish 
 
Tayanch iboralar - Tokzorda tuproqqa ishlov berish, shudgor o„tkazish, qator 
oralarini ishlash, toklarni ochish, ko„mish, tokzorlani o„g„itlash, muddatlari, usullari, 
me‟yori, tokchilikda o„stiruvchi moddalardan foydalanish; tokzorlarni sug„orish 
usullari, muddatlari, texnikasi, me‟yori; kasallik va zararkunandalari, ularga qarshi 
kurash choralari. 
Tok ko„chatlari o„tqazilgandan 5-yildan boshlab to„liq hosilga kiradi va endi yosh 
toklarga nisbatan o„tqaziladigan agrotexnologik tadbirlar boshqacha bo„ladi. 
Tokzorlarda tuproqqa ishlov berishdan asosiy maqsad tuproqda nam to„plash va 
uni tejab sarflashga, tuproqning ayeratsiya-havo hususiyatlari uchun sharoit yaratishga, 
begona o„tlarga qarshi kurashishga, o„g„it solish va toklarni qishlash uchun ko„mishdan 
iborat. Yerni ishlash tizimi: qator oralarini kuzda va bahorda ishlashni, chizellashni, 
bahor va Yozgi kultivatsiyani, yerni chuqur yumshatishni (qayta ag„darib haydashni), 
tuplar orasini chopish va yumshatishni o„z ichiga oladi. 
Tokzorlar yerini kuzda haydash ishi toklarni qishga ko„mish bilan birga olib 
boriladi. Yer PRVN-2,5 markali pluglarda 25-30 sm chuqurlikda haydaladi. Toklar 
ko„mishdan oldin albatta kesiladi, ular qator bo„ylab yotqiziladi va o„g„it solinadi. 
Toklar qo„lda ko„miladigan bo„lsa tuproq avval PRVN-2,5 markali plug bilan tuproqni 
tashqariga ag„darib haydaladi. 
Ko„milmaydigan toklar qator orasi ichkariga ag„darib haydaladi, bahorda esa haydash 
o„rniga chizel bilan chuqur qilib yumshatiladi. Tok «voish» usulida so„rida o„stirilganda va 
qishda ko„milmaydigan, traktor bilan ishlash mumkin bo„lmagan tokzorlar ketmonda 
chopiladi. Tok yer tok holida o„stirilganda, qator orasiga traktor kirolmasa qo„lda ketmon 
bilan chopiladi. 
Yerni kuzda ishlash tuproqqa nam yaxshi kirishi uchun sharoit yaratishga
tuproqning kimyoviy va fizik xossalarini yaxshilashga, begona o„tlarni yo„qotishga, 
kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashishga imkon beradi.


62 
Bahorda toklar ochilgandan so„ng qator oralari kultivatsiya qilinadi yoki bir 
vaqtda sug„orish egatlari olib boronalash yo„li bilan tekislanadi. Qator oralariga traktor 
ko„p marta o„tishi, haydash vaqtida plug «tovoni» hosil bo„lishi, yer sug„orilgandan 
so„ng tuproqning balchiq bo„lib qolishi tufayli tuproq zichlanadi, pastki qatlamlariga 
nam va havo o„tishi qiyinlashadi. Shuning uchun, zichlangan qatlamni buzish 
maqsadida bahorgi ishlardan so„ng (aprelda) yer 25-30 sm chuqurlikda chizellanadi. 
Yoz bo„yi qator oralari yumshoq va begona o„tlardan toza holda saqlanadi. 
Buning uchun tokning o„suv davrida uchastka maydoni PRVN-2,5 markali mashina 
yoki chizel yordamida 10-12 sm chuqurlikda uch-to„rt marta kultivatsiya qilinadi. Yer 
toklar esa ikki-uch marta qo„lda ketmon bilan chopiladi. 
Hosilga kirgan tok qator oralari har uch-to„rt yilda bir marta 50-60 sm chuqurlikda 
yumщatiladi. Bu ish kuzda, uzum yig„ishtirib olingandan so„ng yoki juda bo„lmaganda, 
tokni qishlash uchun ko„milgandan so„ng bajariladi. Ildiz tizimi ko„p qirqilib ketmasligi 
uchun qator oralari bittadan oralatib, masalan, bu yil juft qator oralari yumshatilsa
kelgusi yili tok qator oralari yumshatiladi. 
Yumshatish bilan bir vaqtda ildizning asosiy qismi o„rnashgan joyga o„g„it 
solinadi, bu ularning tiklanishini tezlashtiradi, ildizning so„ruvchi qismining o„sishini 
kuchaytiradi, ildizlarni Yoshartiradi, natijada tokning hosildorligi ancha ortadi. 

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin