82
11-rasm. Kosasimon shaklli
tok tupi
Asosiy tushunchalar:
Tok o„zining barqaror shakliga ega emasligi bilan boshqa
daraxtchil ekinlardan farq qiladi. Shuning uchun bu ekinni hog„lagan usulda o„stirib,
xohlagan shaklni berish mumkin.
O„zbekiston
tokzorlarida tok asosan yer
tok
holida va
vertikal simbag„azlarda
o„stiriladi. Tomorqada o„stirilgan toklarni, yo„l yoqalarida va istirohat bog„larida
toklarni so„rilarda, voish va ishkomlarda hamda daraxtlarda o„stirish mumkin.
Yer tok holida o‘stirishning afzalliklari:
-
material xarajatlari talab etilmaydi;
-
tokda hohlagancha ko„z va yuk qoldirish mumkin;
-
toklarni garmsel (issiq shamollar) zararlamaydi;
-
yer betidan namlik kam parlanadi;
-
toklarni ko„mish, ochish, kesish, hosilni tyerish oson;
Yer tok holida o‘stirishning kamchiliklari:
-
tok qator oralariga ishlov berishda mexanizatsiyadan foydalanib bo„lmaydi;
-
tok tanasining hamma qismiga quyosh
nuri bir xil tushib turmaydi, shamol
tegmaydi;
-
toklarni bahorgi sovuqlar ko„p zararlaydi;
-
tok gullari yaxshi changlanmaydi, hosil kam bo„ladi;
-
kasalliklar ko„p uchraydi va hokazo.
Shuning uchun intensiv tokzorlarda tokni yer tok holida o„stirish tavsiya etilmaydi.
Hozirgi kunda tokzorlarda toklarni vertikal simbag„azlarda o„stirish
eng qulay
usul hisoblanadi. Shuning uchun jahonning eng ko„pchilik uzumchilikka ixtisoslashgan
xo„jaliklarida bu usul asosiy bo„lib qolmoqda.
Vertikal simbag„azlar ham har xil bo„ladi: «T», «P» shaklidagi simbag„azlar, qiya
ikki tomonli simbag„azlar, qalpoqchali
simbag„azlar va hokazo.
Hozirgi kunda
O„zbekistonda oddiy 3, 4 simli vertikal
simbag„azlardan keng foydalaniladi.
Rizamat
Musamuxamedov kuchli
o„suvchi toklar uchun qalpoqchali
simbag„azlarni tavsiya qilgan.
Oziqlanish
maydoni
va
bo„shliqdan unumli foydalanish hamda uzumdan mo„l va sifatli hosil olish uchun tok
tuplariga ma‟lum shakl beriladi. Shakl berish o„stirish
usuli bilan hamda navning
biologik xususiyatlariga ko„p jihatdan tobe bo„ladi. Shakl berishning xillari juda ko„p.
Tok tuplariga hayotining birinchi yilida shakl beriladi va keyinchalik har yili
novdalarini butab turish yo„li bilan shu shakl saqlanadi.