93
mayizbop uzum navlari, xomtok, hosilsiz novdalarni olish, chilpish, toklarni
ko„mish.
O„zbekistonning iqlimi, shu jumladan tog„li va tog„ oldi xududlarning iqlim
sharoiti quyosh nurining tez taralishi (radiatsiyasi) havoning quruqligi,
atmosfyeraning umumiy oqimlari, joyning relefi,
shimoldan keladigan sovuq
havoning, janubdan keladigan issiq havoning ta‟siri vujudga keladi. Mana shu
omillarning qay holda birlashib ta‟sir etishi natijasida tumanlarning va hatto
mikrotumanlarning iqlimi o„rtasida ba‟zan juda katta farq bo„ladi. Issiq va namlik
sharoitining o„zgarishi uchun joyning relefi va balandligi ayniqsa katta ta‟sir etadi.
Joyning dengiz sathidan baland bo„lishi, Shuningdek tog„ etagi va tog„li tumanlar
relefining har xil bo„lishi iqlimning qurg„oqchiligini bir muncha yumshatadi.
Tog„li va tog„ oldi hududlarda bahor u yerlarning dengiz sathidan qanchalik
baland bo„lishiga qarab tekis joylarga nisbatan kechroq boshlanadi. Yozi esa
tekislikdagidek bulutsiz va quruq bo„ladi. Kuz erta tushadi, yog„inlar
oktyabr
oyidan boshlanadi, qorning qalinligi pana qiyaliklarda va baland joylarda 100 sm
ga yetadi. Qor qatlami 60-70 kungacha yerimay turadi. O„zbekistonda sovuqsiz
davr 200 kunga yetadi.
Toqqa ko„tarilgan sari havoning o„rtacha yillik va maksimal harorati,
Shuningdek sovuqsiz davr kamaya boradi, qishning
minimal harorati esa
yuqorilashadi. Har bir joyning absolyut balandligi oshgan sari u yerlarga
yog„adigan yog„in miqdori va uning fasllar bo„yicha yog„ishi o„zgaradi. Toqqa
ko„tarilgan sari yog„inning eng ko„p miqdori Yozga yaqin yog„adi. Masalan, aprel
va may oylarida ba‟zan jala quyadi, natijada qir tepaliklarga yoqqan yog„inlarning
ko„p qismi pastga oqib tushadi.
Tog„li joylarning dengiz sathidan 1500 m baland bo„lgan g„arbiy va g„arbi-
janubiy qiyaliklari Sernam bo„ladi. Bu yerlarga yog„adigan yog„inning yillik
miqdori 500-600 mm va undan ham oshadi. Tog„ va tog„li joylardan ko„tariladigan
yillik bug„ miqdori past tekisliklardan ko„tariladigan yillik bug„ miqdoridan kam
bo„ladi, havo namligi va bulut esa ko„p bo„ladi.
Tog„li hududlarda tokchilik qilish uchun
u yerlardagi issiqlikning
yetishmasligi, dengiz sathidan atigi 100% gacha bo„lgan joylarda tokzor barpo
qilish uchun esa namning etishmasligi monelik qiladi.