99
Xo„jalik uchun qimmatli belgi va xususiyatlari nisbatan barqaror, irsiy jihatdan
bir-biriga yaqin bo„lgan klonlarning vegetativ yo„l bilan ko„paytirib hosil qilingan
nasli uzum navi deb ataladi. Klon – bitta o„simlikni vegetativ yo„l bilan ko„paytirib
olingan o„simliklar yig„indisidir. Klon o„simliklari nisbatan bir xil bo„ladi. Ammo,
ular biror darajada irsiy jihatdan yaqin klonlar aralashmasidan iborat bo„ladi.
Uzum
navlarini, ularni botanik ta‟rifini, agrobiologik xususiyatlarini,
texnologik ta‟rifini o„rganuvchi fan ampelografiya fanidir.
O„zbekistonda birinchi uzum kolleksiyasi (1900-1902 yillarda) Turkiston
qishloq xo„jaligi tajriba stansiyasida A.A.Dilevskiy tomonidan barpo etilgan.
O„zbekistonda uzumlarning assortimenti juda ko„p. Ko„p asrlik xalq seleksiyasi
natijasida yaratilgan mahalliy navlar aloxida qimmatga ega. Ular 200 dan ortiq navni
o„z ichiga oladi, ba‟zilari hali ta‟riflanmagan. Respublikamizda hozirgi kunda bir
qancha chet davlatlardan keltirilgan navlar ham ko„p o„stiriladi.
Eng ko„p tarqalganlari: Zakavkaze
navlaridan-Bayan Shirey, Sapyeravi,
Rkatsiteli, Tavkvyeri; Vengriya navlaridan – Furmint; G„arbiy Evropa navlaridan –
Kabyerne sovinon, Risling, Morastel, Aleatiko, Muskatlar. O„zbekistonda bu navlar
yaxshi o„sadi, mo„l hosil beradi va ulardan yuqori sifatli vinolar tayyorlanadi.
Standart assortimentga sobiq Butunittifoq O„simlikshunoslik institutining O„rta
Osiyo stansiyasida A.M.Negrul va M.S. Juravel tomonidan chiqarilgan O„zbekiston
muskati, Kechki VIR, Tarnov, Oktyabrskiy, Volga-Don va shu kabi boshqa seleksiya
navlari ham kiritilgan. VIR kishmishi, Pobeda, VIR Muskati,
Zarafshon kishmishi,
Botir kishmish, Xishrov, Rizamat kabi navlar R.R.Shredyer nomidagi O„zbekiston
Bog„dorchilik va uzumchilik IIBsida yaratilib, hozirgi kunda ishlab chiqarishda keng
ekilmoqda.
O„zbekistondagi ilmiy muassasalar kolleksiyalarida Amerika guruhidagi
navlardan – Izabella, Lidiya va Amurskiy uzumi bor.
Uzumning mahalliy navlari asosan xo„raki va kishmish navlaridan iborat.
Xo„raki navlar uzum boshlarining yirik va ko„pincha siyrak bo„lishi hamda
g„ujumning tig„iz va eti ajoyib ta‟mli yirik chiroyli bo„lishi bilan ajralib turadi. Ammo
g„ujumlarning shirasi kam. Bir qancha mahalliy xo„raki navlar (Nimrang, Husayni,
Toyfi, Charos, Kattaqo„rg„on va boshqalar) bir qancha qo„shni davlatlarda ham keng
tarqalgan. Ularning ichida ertagi iyun oxiri, o„rtagi va kechki (oktyabr) muddatlarda
pishadigan navlar uchraydi, shu sababli 100-120 kungacha yangi uzum iste‟mol qilish
mumkin.
Bundan tashqari, yangi xo„raki uzum tupidan uzib olingandan tegishli
sharoitda 4-5 oy va undan ortiq saqlanishi mumkin.
Kishmish navlarining uzum boshlari oq (Oq kishmish) yoki qora (Qora
kishmish) rangli, ko„p miqdorda urug„siz, g„ujumi katta bo„ladi. Bu navlar pishganda
100
juda ko„p shakar to„playdi. Samarqand viloyatida o„stiriladigan Oq kishmish navi eng
yaxshi nav xisoblanadi.
Quritish uchun faqat kishmish navlarigina emas, balki yuqori sifatli mayiz
beradigan (Germiyon, Avloniy) ba‟zi mahalliy xo„raki navlardan (Sulton,
Kattaqo„rg„on, Nimrang, Jo„ra uzum va boshqalar) ham foydalaniladi. Urug„lik mayiz
uzoqqa tashilganda va saqlanganda buzilmaydi.
Vinobop mahalliy navlar kam bo„lib, ular hali keng tarqalmagan, ayrim
hududlardagina to„plangan. Ularning ba‟zilari (Soyaki, Baxtiyori, Bishti, Turkmani va
boshqalar) dan oq xo„raki va shampan vinolari, (Buvaki, Yumaloq, Vassarg„a) dan
esa yuqori dessyert vinolar tayyorlanadi.
Xo„raki va kishmish navlardan ham vino tayyorlasa bo„ladi,
lekin vinosining
sifati ancha past bo„ladi.
O„zbekistonning iqlim sharoiti: yorug„lik va issiqlikning mo„l bo„lib sovuqsiz
davrining uzoqligi, tuproqning unumdorligi, yerlarning sug„orib, xo„jalikda turli
maqsadlarda foydalaniladigan va turli muddatlarda pishadigan uzum navlarining
o„stirishga
imkon beradi, bu esa mahalliy aholining yangi uzumga, vino va quruq
meva tayyorlash sanoatining xom-ashyoga bo„lgan talabini qondiribgina qolmay,
balki yangi uzum va mayizni boshqa davlatlarga ham chiqarish mumkin.
Uzumchilikning ishlab chiqarish va O„zbekistonning ayrim viloyatlari hamda
hududlarining uzum assortimenti ularning tarixiy- tabiiy va iqtisodiy sharoitiga qarab
turlicha bo„ladi. Toshkent viloyati va Farg„ona vodiysidagi uzumchilik xo„jaliklarida
asosan xo„raki uzum etishtiriladi. Ba‟zi yillarda vino ishlab chiqarishning rivojlanishi
munosabati bilan vinobop navlar, ayniqsa yevropa va
kavkaz navlari anchagina va
mahalliy navlar esa kamroq rivojlanadi. Zarafshon vodiysida (Samarqand va Buxoro
viloyatlari) da asosan kishmish va mayizbop-xo„raki uzum navlari yetishtiriladi.
Surxnadaryo viloyatida xo„raki-mayizbop va kishmish navlari, Xorazm va
Qoraqalpog„istonda asosan xo„raki uzum yetishtiriladi.
Dostları ilə paylaş: