91
erilgan
shaklni saqlash, kelgusi yil hosil berishi uchun tupda syerhosil qismlarni
tayyorlash va yaratish, kelgusi yili uzumdan yuqori sifatli mo„l
hosil olish uchun
oziqlanish maydoni, tashqi sharoit va o„sish kuchiga qarab, meva novdalarini
cheklangan (ma‟lum) miqdorda qoldirishdan iborat bo„ladi.
Tokning hayot faoliyati so„nib borayotgan yillari uni
kesishdagi asosiy vazifa
tupning o„sish kuchini tiklash va uning hosildorligini saqlashdan iborat bo„ladi. Kesish
yordamida tokning o„sishi va hosil berishini tartibga solishda hosil novdalarining sonini
va uzunligini, Shuningdek kurtaklarning ko„p-kamligini aniqlash hal qiluvchi omil
hisoblanadi. Novdada kurtaklarning
joylashishiga qarab, tokning turli navlari ularning
ko„z yoki hosil berishi bilan ta‟riflanadi.
11-jadval
Rejalashtirilgan hosilga qarab tok tupida yuk qoldirishni hisoblash
Ko„rsatkichlar
Uzum navlari
Bayoni shirey
Oq xusayni
Qora kish-
mish
Rejalashtirilgan hosil, ga/s
280
110
220
Gektardagi tup soni, dona
1200
1100
800
Ko„kargan novdalar, %
75
70
75
Hosildor novdalar, %
60
32
40
Hosildorlik koeffitsienti
1,6
1,1
1,2
Uzum boshining o„rtacha og„irligi, g
230
300
250
Tokning yashil qismlari bilan olib boriladigan ishlar tokka bevosita ta‟sir
ko„rsatish usuli hisoblanadi. Bu ishlar bahor – yoz vaqtida, hayot faoliyati faollashgan
davrida bajariladi va tupning o„sishi, oziqlanish hamda hosil berishiga, uning ayrim va
boshqa fiziologik holatlariga ta‟sir etib, ularni tartibga soladi.
Xomtok qilish, qo„ltiq novdalarni olib tashlash, chilpish, erta – Yozgi chekanka, qo„ltiq
novdalardan qo„shimcha hosil olish,
novdalarni chekanka qilish, barglarini
siyraklashtirish tupning yashil qismlari bilan boriladigan ishlardir.
Xomtok qilish – ortiqcha yashil novdalarni olib tashlab,
qolgan novdalarni
rivojlanishi, tupning yaxshi yoritilishi, to„pgullarning changlanishi va meva tugishi
uchun sharoit yaratishdan iborat.
Xomtokni novdalar 10 – 15 sm ga yetganda boshlash kerak, Chunki shundagina hosil
beradigan va bermaydiganlarni bir – biridan farq qilish mumkin bo„ladi.
Birinchi
xomtokni tok gullaguncha tugallash lozim. Yashil novdalar birinchi gajakdan yuqorida,
odatda to„pgul hosil bo„lmaydi. Shuning uchun gajak paydo bo„lib, unda to„pgul
bo„lmasa, hosilsiz novda bo„ladi, uni xomtok qilish va olib tashlash mumkin.