Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан


Toklarni homtok qilish va bog„lash



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   127
 
9.4.Toklarni homtok qilish va bog„lash
Tupning yashil qismlari bilan ish olib borishda tokning biologiyasini, ayrim 
ekologik-geografik guruh va navlarni bilishga asoslaniladi. Ular o„sish sharoiti, 
agrotexnika darajasi hamda tuplarning holatini hisobga olgan holda har xil vaqtda 
bajarilishi kerak. 


88 
Toklarni xomtok qilish, qo„ltiq novdalarni yulib tashlash, chilpish, erta-Yozgi 
chekanka, qo„ltiq novdalardan qo„shimcha hosil olish, nodalarni chekanka qilish, 
barglarni siyraklashtirish tupning yashil qismlari bilan olib boriladigan ishlardir. 
Xomtok qilish-ortiqcha yashil novdalarni olib tashlab, qolgan novdalarni 
rivojlanishi, tupning yaxshi yoritilishi, to„pgullarning changlanishi va meva tugilishi 
uchun sharoit yaratishdan iborat. 
Xomtokni novdalar 10-15 sm ga etganda boshlash kerak, Chunki shundagina 
hosil beradigan va bermaydiganlarini bir-biridan farq qilish mumkin bo„ladi. Birinchi 
xomtokni tok gullagunga qadar tugallash kerak. Yashil novdada birinchi jingalakdan 
yuqorida, odatda, to„pgul hosil bo„lmaydi. Shuning uchun, birinchi jingalak paydo 
bo„lib, unda to„pgul bo„lmasa, hosilsiz novda bo„ladi, uni xomtok qilish va olib 
tashlash mumkin. Xomtokni kechiktirib bo„lmaydi, uni novdalar hali yumshoqligida 
va ularga oziq moddalar hali ko„p sarflanmaganda o„tkazish lozim. 
Tokni pastki qismidan xomtok qila boshlash kerak. Tokning kunda yuqorisidagi 
yashirin kurtaklardan yoki ildiz tanasidan o„sib chiqqan yashil novdalarning noqulay 
joylashganlari va yangi zang o„stirish yoki tupni yoshartirish uchun keraksiz 
bo„lganlari olib tashlanadi. Keyin zangdagi novdalar pastdan yuqoriga tomon 
tekshirilib, o„rinbosar butoqlar yoki pasaytirish butoqlari yetishtirish uchun ularning 
yaxshi joylashganlari qoldiriladi. 
Hosil novdalaridan hosilsiz novdalarni olib tashlashda, tupda ular qanchalik 
ko„pligini hisobga olish lozim. Mahalliy navlardagi hosil bermaydigan novdalarning 
hammasini olib tashlamaslik kerak. Tupning ildiz tizimi bilan yer ustki qismlari 
o„rtasidagi nisbatni buzmaslik, kelasi yil mo„l hosilni ta‟minlash va hosildorlikni 
oshirish uchun ularni ba‟zilarini qoldirish lozim. Hosil novdasidagi ortiqcha yashil 
novdalar, birinchi navbatda, ko„k novdalar hosilsiz, kuchsiz, tumtoq o„sgan, noqulay 
joylashgan ba‟zi novdalarni olib tashlash hisobiga xomtok qilinadi. Hosilli novdalarni 
odatda siyraklashtirish mumkin emas. O„rinbosar butoqda ikkita novda qoldiriladi; 
keraksiz uchinchi-eng pastki va tupning ichkari tomoniga qaragani (qarab o„sayotgani) 
olib tashlanadi. 
Ko„pchilik vinobop navlarning tupida, odatda, to„pgulli yashil novdalar yetarli 
miqdorda bo„ladi, Shuning uchun ularda hosilsiz novdalar kam qoldiriladi. Tupda 
novdalar kam bo„lsa, deyarli xomtok qilinmaydi, ba‟zan ko„k novdalar ham 
qoldiriladi. 
Tokni kesish va xomtok qilib, yosh tuplarda tana va zang shakllanadi, hosil 
beradigan tuplarni esa qo„shimcha kesib va tupdagi novdalarda ma‟lum miqdorda 
kurtak qoldirib shakli saqlanadi. Bularni malakali ishchilar bajarishi lozim. Tok 
noto„g„ri kesilsa va xomtok qilinsa, uning hosildorligi pasayib ketadi. 


89 
Novdalarni uchini chilpish (N.P.Buzin usulida) gul va tugunlarni to„kilishini 
kamaytirish hamda uzum boshlarini rivojlanishini yaxshilash maqsadida tok 
gullashidan oldin yoki endigina gullaganda yashil novdalarining uchi qo„lda 1-2 sm 
chilpib tashlanadi. Buning natijasida novdaning uchi vaqtincha (10-14 kun) o„sishdan 
to„xtaydi, oziq moddalar esa to„p gullarga boradi. Buning natijasida to„pgullar 
miqdori va mevasining vazni ortadi, hosil 20-22% ga va undan ham ko„payadi. 
Lekin, novdalarni chilpish qo„ltiq novdalarni qiyg„os rivojlanishiga sabab 
bo„ladi. Shuning uchun albatta ularni hisobga olib, kamaytirish lozim. 
Xomtok paytida qo„ltiq novdalardan hosil yetishtirishni F.B.Bashirov, 
M.G.Seytlin, R.M.Alibekovlar o„rganib, tavsiya qildilar. 
Tok barglarini siyraklashtirish va uni hosildorlikka va boshqa ko„rsatkichlarga 
ta‟siri o„rganildi. 
Toklar erta bahorda ochilgandan so„ng, vertikal simbag„azlarda o„stirilayotgan 
bo„lsa 1-2 chi simlarga «quruq» bog„lanadi, birinchi va ikkinchi xomtok 
o„tkazilgandan keyin esa 3-4 chi simlarga bog„lanadi. Bog„lash uchun maxsus 
iplardan foydalaniladi, ayniqsa o„simlik tolasidan tayyorlangan iplarni ishlatish 
maqsadga muvofiq. 
Novdalar asosan «8» shaklida bog„lanadi.
P.P.Blagonravov ko„rsatganidek: vertikal, yotiq, gorizontal yoy shaklida, halqa 
shaklida bog„lanadi. 

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin