9.2.Toklarni kesish muddatlari, texnikasi va usullari Tokning hayotida yoshining uchta asosiy: vegetativ massa to„planishi, to„liq
hosil berishi va hayot faoliyatining asta-sekin so„nish davri bor. Shu davrlaga muvofiq
ravishda tok kesishning vazifalari ham o„zgaradi. Masalan, Yoshlik davrida tok tupini
tashkil qilish uchun kesiladi, hosil berish davrida yuqori va sifatli hosil olish uchun
kesiladi va tabiiy qarish davrida yoshartirish uchun kesiladi.
O„zbekiston sharoitida ko„miladigan toklar bir yillik novdalari pishib,
ko„mishdan oldin kuzda kesiladi, ko„milmaydigan toklar esa erta bahorda shira
harakati boshlanishidan oldin kesiladi.
Turli navlarning hosil berishdagi xususiyatlarini, Shuningdek joyning tabiiy
sharoitini va agrotexnika darajasini hisobga olib, novdalar kalta, o„rtacha uzun va
uzun kesiladi. Kalta kesishda 2-4 tagacha, o„rtacha kesishda 8-10 ta, uzun kesishda
esa 15-20 tagacha kurtak qoldiriladi.
Kesish uzunligini belgilashda tupdagi kurtaklarning umumiy soni, Shuningdek
tokdan olinadigan va mo„ljallangan hosil hisobga olinadi.
Tuplarning kurtak yuki deganda kesishda tup va gektar hisobiga qoldiriladigan
kurtaklarning umumiy soni, novda yuki deganda ortiqcha yashil (xom) novdalar olib
tashlangandan keyin tup va gektar hisobiga qoldirilgan novdalarning o„rtacha soni
tushuniladi. Kesish vaqtida kurtaklar va yulib tashlashda meva beradigan novdalar
qancha ko„p qoldirilsa uzumdan shuncha ko„p hosil olishga katta imkoniyat tug„iladi.
Tupdagi novdalarni kalta va uzun kesib, tup va gektar hisobiga aniq miqdorda
kurtak qoldirish mumkin, ya‟ni kalta kesilganda novdalar ko„p, uzun kesilganda esa
kam qoldiriladi. Ammo, O„zbekiston sharoitida tuplarga katta va yirik o„lchamlarda
shakl berilganda, novdalarni faqat uzun va o„rtacha kesib bunday yukka yerishish
mumkin. Faqat o„rinbosar butoqlargina kalta kesiladi.