Агрономия факультети талабалари учун Узумчилик фанидан



Yüklə 5,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/127
tarix24.09.2023
ölçüsü5,32 Mb.
#147920
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   127
 
 
 
KISHMISH 
VIRA. 
Butunittifoq 
O„simlikshunoslik
ilmiy-tadqiqot institutining O„rta
Osiyo bo„limida yaratilgan. 1983 
yildan Qashqadaryo viloyati
bo„yicha Davlat reestriga kiritilgan. 
Mualliflar: M.L. Juravlev, V.A.
Arzumanov, A.I. Frolov Nav
xo„raki, mayizbop va yuqori
hosildor. Tupi o„rtacha bo„lib, 
mevasi avgust oyining oxirida
pishadi. Uzum boshi yirik, urug„siz, 
o„rtacha vazni – 268 g, mevasining
pishgan vaqtidagi ta‟m bahosi –
8,9 ball. Kurtak yoyilgandan mevasi
pishgungacha bo„lgan davr –106
kun. Hosildorligi – 52,7 s/ga, eng
yuqori hosildorligi – 69,3 s/ga ni 
tashkil etadi.
 
 


114 
 
KISHMISH ROZOVIY. 
O„rta
Osiyoda yaratilgan. 1959 yildan
Respublika bo„yicha Davlat reestriga 
kiritilgan. Nav o„rtapishar, syerhosil,
xo„raki, 
sovuqqa 
chidamsiz,
zamburug„li kasalliklarga chidamli.
Uzum boshi katta, silindr shaklida
zich, o„rtacha vazni esa 242 g. Mevasi 
dumaloq yoki tuxumsimon, seret, 
syershira, pushti yaxshi pishganda
qizil rangga kiradi. Mevasining
pishgan vaqtidagi ta‟m bahosi – 8,5 
ball. Hosildorligi – 139,2 s/ga, eng
yuqori hosildorligi –183,5 s/ga ni 
tashkil etadi. 
 
 
 
KISHMISH XISHRAU navi. 
Akademik M.Mirzaev nomli
bog„dorchilik, uzumchilik va
vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining
Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasida 
yaratilgan. Muallif: K.V.Smirnov. 
1982 yildan Buxoro va Navoiy 
viloyatlari bo„yicha Davlat reestriga
kiritilgan. Nav o„rtapishar, mevasi 
avgust oyining uchinchi o„n
kunligida pishadi. Asosan yuqori
sifatli mayiz tayyorlash, ho„lligicha
iste‟mol qilish va uzoq masofalarga 
jo„natish uchun ishlatiladi. Sovuqqa
chidamliligi past, un shudring
kasalligi bilan kam zararlanadi. Uzum
shingilining kattaligi va zichligi
o„rtacha, konussimon, danagi yo„q, 
rangi oq, uzum boshining o„rtacha 
vazni – 225 g. Mevasining pishgan
 


115 
vaqtidagi ta‟m bahosi – 9,1 ball. 
Hosildorligi – 60,5 s/ga, eng yuqori 
hosildorligi – 82,6 s/ga ni tashkil 
etadi.

Yüklə 5,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin