Jalb qiluvchi ekinlardan foydalanish. Gessen, shved, bug‘doy pashshalariga navlarning chidamliligini aniqlash uchun hasharotlarning zichligi 50% o‘simliklarni zararlashini ta’minlash kerak.
Gessen, shved va bug‘doy pashshalari yozda diapauza davrini ang‘izda va tuproqning yuqori qismida o‘tkazadi. Shuning uchun ang‘izni yoqib yuborish va chuqur haydash zararkunandalarning sonini ancha kamaytiradi. Ularni sonini yuqori maromda saqlash uchun 2 - 3 yil surunkasiga hasharotga moyil navni ekish kerak.
Har xil muddatda o‘simliklarni ekish. G‘alla pashshalarining soni kam bo‘lsa, bug‘doy va arpa dalalarida ekilmagan eni 3 - 10 sm teng tasma shakldagi bo‘sh erlar qoldiriladi. Ushbu tasmalar begona o‘tlardan toza holda saqlanib, kerak vaqtda urug‘ eqiladi va nihol olinadi. Maqsad - zarur bo‘lgan muddatda baholash uchun hasharotlar sonini ta’minlash.
Gessen va shved pashshalarining sonini yuqori maromda saqlash uchun, kuzda va bahorda g‘alla ekishdan tashqari, yana yozda ham yomg‘ir ta’sirida diapauzadan chiqkan hasharotlarni ozuqa bilan ta’minlash uchun g‘alla eqiladi.
G‘alla pashshalariga qarshi chidamlilikni aniqlash uchun 3-ta baxolash usuli qo‘llaniladi:
Ko‘z bilan kuzatish (ball qo‘yiladi);
Namuna olmasdan so‘ligan bargga qarab zararlangan o‘simliklarning foizini aniqlaSh (shved va bug‘doy pashshalari);
Namuna olib analiz asosida zararlangan o‘simliklarning foizini aniqlash.
Birinchi usulda navlarning bir-biridan zararlanish farqi yaqqol ko‘zga tashlangan bo‘lsa 3 ballik baholash tizimi qo‘llaniladi: kuchli, o‘rta zararlanish va chidamli.
Ikkinchi usulda 100 - 300 o‘simlik ko‘rib chiqiladi. Ushbu usul navlarning o‘rtasidagi chidamlilik bo‘yicha farqi 20% dan oshganda qo‘llaniladi.
Eng ishonchli uchinchi usul hisoblanadi, chunki ushbu usul yordamida zararlangan va nobud bo‘lgan o‘simlik poyalari hamda zararkunandaning turini aniqlash mumkin.