Agronomiya” kafedrasi “O‘simliklar immuniteti” fanidan laboratoriya bo’yicha uslubiy ko’rsatma



Yüklə 166,38 Kb.
səhifə36/38
tarix22.09.2023
ölçüsü166,38 Kb.
#146928
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar-fayllar.org

Mikroskopik zamburug‘lar

Mikromitsetlar – mikroorganizmlarning bir guruhi, o‘simlik kasalliklarining asosiy qo‘zg‘atuvchilari




Mitoz

Yadrodagi diploid xromosomalar strukturalari o‘zgarishi va ularning soni saqlangan holda (2n →2 n) nojinsiy hujayralar bavosita bo‘linishi jarayoni




Mitseliy


Zamburug‘larning juda mayda, mikroskopik uzun ip (gifa)laridan iborat vegetativ tanasi; rivojlanganda oddiy ko‘zga ko‘rinadigan holga keladi (misol uchun, barg ustidagi un–shudring qatlami, har xil mog‘orlar, toza muhitdagi koloniyalar va h.)


Nekroz

Tirik organizmning (misol uchun, o‘simlikning) bironta organi, to‘qimasi yoki hujayralarining bir guruhining halok bo‘lishi va aynan halok bo‘lgan joy; nekrotiknekrozga taalluqli




Nematoda


Mikroskopik, dumaloq tanasi ipsimon yoki urchuq shaklli, haqiqiy to‘garak chuvalchanglar sinfi vakili


Obligat parazit

Faqat tirik organizm hisobiga oziqlanuvchi geterotrof organizm




Obligat saprotrof

Faqat faqat o‘simlik (va/yoki hayvonlar) qoldiqlari bilan oziqlanuvchi geterotrof organizm






Oomitsetlar

Jinsiy ko‘payishi oogamiya tipida va jinssiz ko‘payishi zoosporalar yordamida amalga oshiriladigan tuban zamburug‘lar guruhi




Oogoniy


Oomitsetlar guruhiga mansub zamburug‘larning jinsiy ko‘payishda ishtirok etuvchi maxsus onalik organi; otalangandan so‘ng, oosporaga aylanadi


Oospora


Oomitsetlar guruhiga mansub tuban zamburug‘ning zigotasi


Organizm

Jonzod, tana (odam, hayvon, o‘simlik, mikroorganizm)




Parazit


Patogen – ikkinchi (xo‘jayin) organizmning ustida yoki ichida yashaydigan va uning hisobidan oziqlanadigan organizm; obligat parazit – faqat tirik to‘qimalar hisobiga yashay oladigan organizm; fakultativ parazit – odatda saprotrof (qarang), ammo ba’zan, xo‘jayin uchun noqulay sharoitda, uni zararlaydigan organizm; (“fakultativ saprotrof” bilan solishtiring – “Saprotrof”ga qarang)


Patogen

Parazit”ga qarang




Peritetsiy

Xaltacha (ask) hosil qiluvchi zamburug‘larning bir guruhining jinsiy yo‘l bilan rivojlanuvchi, ko‘zacha, nok va boshqa shaklli yopiq meva tanachasi




Piknida

Takomillashmagan zamburug‘larning o‘simlik to‘qimasi ichida yoki sirtida rivojlanadigan, ichida piknosporalar (=konidiyalar) hosil bo‘ladigan, odatda dumaloq shar, nok, ko‘zacha va boshqa shaklli, vegetativ ko‘payish uchun xizmat qiluvchi mikroskopik meva tanachasi




Piknospora

Piknidiospora – piknida ichida hosil bo‘ladigan spora (konidiya)




Pionnot


Fusarium turkumiga mansub bo‘lgan turlar shilimshiq modda ichida hosil qiladigan, makrokonidiyalaridan iborat bo‘lgan, yassi, tekis yostiqcha


Populyasiya

Aniq bir territoriyada joylashgan, boshqa populyasiyalardan ko‘proq yoki kamroq darajada ajralib turadigan, ma’lum bir turga mansub individ (organizm)lar yig‘indisi




Prokariotlar

SHakllangan yadrosi va meyoz bo‘linishi mavjud bo‘lmagan organizmlar (bakteriyalar, aktinomitsetlar, viruslar, mikoplazmalar va b.) (eukariotlar bilan solishtiring)




Propagula


Mikroskopik organizmlarning tabiatda saqlanishi, ko‘payishi va tarqalishi uchun xizmat qiluvchi organ, misol uchun zamburug‘larning mitseliy, konidiya, xlamidospora, (mikro)sklerotsiy, har xil sporalari va h.


Protoplazma

Hujayralar (va ba’zi hujayrasiz strukturalar) ning tarkibi; protoplazma yadro materiali (karioplazma yoki nukleoplazma) va sitoplazmadan iborat




Pustula

Epidermis tagida rivojlanuvchi, biroz ko‘tarilgan, pishib etilganda epidermisni yorib chiquvchi va ichida sporalar hosil qiluvchi yara, yostiqcha (urediniya, teliya, esiya va b.)




Rozetka


Buerda: O‘simlikning tuproq yuzida yotgan, qalin o‘sib chiqqan barglari yoki juda kalta poyalari bilan barglari




Saprotrof (saprofit) organizm

O‘simlik va hayvonlarning qoldiqlari bilan oziqlanib, organik moddalarni anorganik moddalarga aylantiruvchi organizm; fakultativ saprotrof – rivojlanish siklining ozroq qismida saprotrof sifatida yashovchi o‘simlik paraziti




Septa

Mikroorganizmning ikkita qo‘shni hujayralari orasidagi, o‘rtasida bitta yoki bir necha teshiklari mavjud bo‘lgan devorcha, to‘siq




Sklerotsiy


Zamburug‘ gifalari juda zich joylashib hosil qiladigan tanacha; zamburug‘ uzoq vaqt saqlanishi uchun xizmat qiladi.


Solyarizatsiya

O‘simlik kasalliklarini qo‘zg‘atuvchi zamburug‘lar, nematodalar (va ba’zi begona o‘tlar) bilan kurashish uchun qo‘llaniladigan nokimyoviy agrotexnik metod – yozning jazirama oylarida tuproqni sug‘orish va 4–6 hafta davomida tiniq polietilen parda bilan yopib qo‘yish usuli




Spermogoniy

Zang zamburug‘larining piknidasi




Spora


Zamburug‘lar (va boshqa mikroorganizmlar) hosil qiladigan, ular ko‘payishi, tarqalishi yoki noqulay sharoitda saqlanishi uchun xizmat qiladigan, mikroskopik reproduktiv hujayra yoki ko‘p hujayrali tanacha (propagula)


Sporalash


Zamburug‘lar (va boshqa mikroorganizmlar) spora bandi, konidiogen hujayra va sporalarning o‘zlarini hosil qilish jarayoni (ruscha sporonoshenie)




Sporodoxiy


Fusarium turkumiga mansub bo‘lgan turlarning havo mitseliysida konidioforalar birikib hosil qilgan dastalari


Tallom

“Tuban o‘simlik” (mikroskopik zamburug‘, suv o‘ti) larning tanasi




Teleomorfa

Zamburug‘ning takomillashgan bosqichi (misol uchun, oomitset, askomitset, bazidiomitset turlarning jinsiy bosqichi)




Teliospora

Zang va qorakuya zamburug‘larining teliya ichida rivojlanuvchi, tinim davrini o‘tuvchi (qishlovchi), qalin qobiqli va to‘q rangli, dikariotik (ikki yadroli), bahorda o‘sib bazidiya hosil qiluvchi sporasi; eski nomi “teleytospora”




Teliya

Zang va qorakuya zamburug‘larining ichida teliosporalar rivojlanuvchi pustulasi; eski nomi “teleytopustula”




Toksin

Boshqa ba’zi mikroorganizm, hasharot va issiqqonli hayvon(lar)ga nisbatan zaharli yoki o‘ta zaharli bo‘lib, ular bilan kurashish uchun, mikroorganizm sintez qiladigan va o‘zi yashayotgan substratga ajratib chiqaradigan modda (metabolit)




Tolerantlik

Kasallikka moyil bo‘lgan ba’zi o‘simlik genotip (nav)larining, ular kasallik bilan kuchli zararlanganiga qaramasdan, nisbatan yaxshi hosil to‘plash qobiliyati; tolerant nav - kasallik bilan kuchli zararlanganida ham nisbatan yaxshi hosil beruvchi nav




Transpiratsiya

1) O‘simlik barglaridan suv bug‘lanib, havoga chiqishi;


2) o‘simlik barglari orqali nafas olishi


Trixodermin


Trichoderma lignorum zamburug‘idan tayyorlanadigan, issiqxonalarda sabzavot ekinlari kasalliklari (maysa va ildiz chirishi va b.q.) bilan kurashda qo‘llash uchun yaratilgan biologik preparat


Urediniospora

Zang zamburug‘ining urediniyasida hosil bo‘luvchi nojinsiy, yupqa qobiqli va och rangli, dikariotik spora; ekin ichida va uzoq masofalarda joylashgan boshqa dalalarga havodan juda oson tarqaladi; eski nomi “uredospora”




Urediniya

Zang zamburug‘larining ichida urediniosporalar rivojlanuvchi pustulasi; eski nomi “uredopustula”




Faza

Rivojlanish stadiyasi; o‘simlik, hayvon yoki mikroorganizm o‘sish va rivojlanish jarayonining bosqichi




Faktor

Birorta jarayon yoki hodisani yurgizuvchi kuch, amalga oshiruvchi omil; muhit







Yüklə 166,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin