Agronomiya” kafedrasi “O‘simliklar immuniteti” fanidan laboratoriya bo’yicha uslubiy ko’rsatma



Yüklə 166,38 Kb.
səhifə35/38
tarix22.09.2023
ölçüsü166,38 Kb.
#146928
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar-fayllar.org

Ehtiyot urug‘lik fondlari

-

Tabiiy ofatlar vaqtida foydalanish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xo‘jaliklarda yoki davlat jamg‘armalarida yaratiladigan urug‘ zapasi. Uning miqdori urug‘chilik tizimining turli zvenolarida ehtiyot fondi urug‘likka bo‘lgan ehtiyojga nisbatan 100% miqdorda, super elita uchun-50%, elita va Ireproduksiya urug‘I uchun –25-30% miqdorda jamg‘ariladi.



GLOSARIY (Izoxli lug‘at)


Atama


Izoh


Agressivlik


Virulentlik darajasi




Anamorfa

Zamburug‘ning nojinsiy (takomillashmagan) bosqichi (misol uchun, gifomitset); anamorfa zamburug‘lar – butun hayoti nojinsiy bosqichdan tashkil topgan zamburug‘lar (deyteromitsetlar)




Anteridiy


Oomitsetlar guruhiga mansub zamburug‘larning jinsiy ko‘payishda ishtirok etuvchi maxsus otalik organi


Apotetsiy

Xaltacha (ask) hosil qiluvchi yuqori zamburug‘lar sinfiga oid zamburug‘larning jinsiy yo‘l bilan rivojlanadigan ochiq meva tanachasi




Artrospora

Ko‘p hujayrali, odatda konidiyaga o‘xshash xlamidospora (xlamidosporaga qarang)




Ask


Askomitsetlar sinfiga mansub zamburug‘larning xaltacha shaklidagi jinsiy ko‘payish organi (xaltachasi)


Askomitsetlar

Max Maxsus organ - xaltacha (ask) ichida rivojlanuvchi spora (askospora)lar vositasida vos jinsiy ko‘payuvchi, mitseliysi ko‘p hujayrali, yuqori zamburug‘lar sinfi




Askospora

Xaltacha (ask) ichida rivojlanadigan spora




Bazidiomitsetlar

Maxsus organ - bazidiya ichida rivojlanuvchi spora (bazidioospora)lar vositasida jinsiy ko‘payuvchi, mitseliysi ko‘p hujayrali, yuqori zamburug‘lar sinfi




Bazidiospora


Bazidiya ustida rivojlanadigan spora


Bazidiya


Bazidiomitsetlar sinfiga mansub zamburug‘larning odatda 4 hujayrali, bazidiospora hosil qiluvchi jinsiy ko‘payish organi


Bakteritsid

Kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar bilan kurashda qo‘llaniladigan maxsus zaharli kimyoviy modda




Bakteriya

Odatda bir hujayrali va hujayra qobig‘iga ega, ammo tipik yadrosi, xlorofilli va plastidlari bo‘lmagan, bo‘linib ko‘payuvchi prokariot mikroorganizm




Vegetativ

Jinssiz; vegetativ ko‘payish – jinssiz ko‘payish




Vegetatsiya

O‘sish; vegetatsiya davri – ekin o‘sish davri (o‘simlik tuproq yuzasiga unib chiqqandan fotosintez to‘xtaguncha bo‘lgan davr)




Vilt

So‘lish



Viroz


Virus qo‘zg‘atgan kasallik


Virulentlik


Mikroorganizmlarning o‘simlik va jonivorlarda kasallik qo‘zg‘atish
qobiliyati. Virulent (yoki virulentligi yuqori) mikroorganizm – kasallik qo‘zg‘atish qobiliyati yuqori, kuchli parazit; avirulent mikroorganizm – kasallik qo‘zg‘ataolmaydigan mikroorganizm


Gall


Fitonematodalar (va ba’zi boshqa mikroorganizmlar) bilan zararlangan o‘simliklarning ildizlari va/yoki barglarida rivojlanadigan bo‘rtma, tuguncha, shish


Gaploidlik

Hujayra yadrosi xromosomalarning bir to‘plamiga ega bo‘lishi holati (n)




Gerbitsid

Begona o‘tlarga qarshi kurashda qo‘llaniladigan maxsus kimyoviy zaharli modda yoki biologik preparat




Geterotrof

Tayyor organik modda (o‘simlik va hayvonlar qoldiqlari) hisobiga oziqlanuvchi organizm




Gipokotil

Urug‘barg ostidagi (poyaning murtakda yoki niholda ildiz va birinchi barglari [urug‘palla] orasidagi) bo‘g‘im




Gifa


Zamburug‘larning mitseliy yoki meva tanachalarini hosil qiluvchi bir yoki ko‘p hujayrali mikroskopik ip


Gifomitsetlar

Takomillashgan (jinsiy ko‘payish) bosqichi noma’lum yoki ma’lum bo‘lgan, mitseliysi ko‘p hujayrali gifalardan iborat bo‘lgan, odatda konidiyalari vositasida ko‘payuvchi mikroskopik zamburug‘larning sun’iy guruhi




Dezinfeksiya

Yuhqimsizlantirish (zararsizlantirish) – kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarni bakteritsid va fungitsidlar yordamida yo‘qotish




Diagnoz

Tashxis – o‘simlik yoki hayvonlarning bironta taksonomik guruhi (odatda turkum, tur va b.q.)ga oidligini ilmiy asosda aniqlash; diagnostik belgi – tashxis qo‘yishga imkon yaratuvchi belgi




Diploidlik

Hujayra yadrosi xromosomalarning bir juft to‘plamiga ega bo‘lishi holati (2n)




Zamburug‘

Mikroskopik zamburug‘”ga qarang




Zoospora


Zoosporangiy ichida rivojlanadigan, bitta yoki ikkita xivchincha yordamida harakatlanuvchi spora


Zoosporangiy


Oomitsetlar guruhiga mansub zamburug‘larning jinssiz ko‘payish organi


Izotermik ombor

Harorati doimiy bo‘lgan ombor




Imago

Ayrim bo‘g‘imoyoqlilar (hasharotlar, kanalar) ning voyaga etgan etuk zoti




Inkubatsion davr

Kasallikning “yashirin” davri – o‘simlik parazit bilan zararlanishi hamda kasallikning birinchi belgilari paydo bo‘lishi orasida o‘tgan davr




Inokulyum

Patogen tabiatda tarqalishini ta’minlovchi propagulalar (zoospora, sporangiospora, askospora, bazidiospora, urediniospora, konidiya, xlamidospora, sklerotsiy, mitseliy bo‘laklari va h.)




Insektitsid

Zararli hasharotlar bilan kurashda qo‘llaniladigan maxsus kimyoviy zaharli dori yoki biologik preparat




Infeksiya

1) kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizm yoki uning maxsus tanachalari (propagulalari); 2) kasallik; infeksioninfeksiyaga taalluqli, infeksiyali, yuqumli




Irq

Fiziologik irqqa” qarang




Kasallik qo‘zg‘atuvchi

Boshqa organizm hisobiga parazit holda yashovchi organizm, misol uchun, o‘simlik (va hasharot)larda kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroskopik zamburug‘lar, bakteriyalar, nematodalar va h.k.




Kasallik diffuz tarqalishi


Kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizm o‘simlikning bironta to‘qimasiga kirib olgandan so‘ng, u o‘simlikning barcha organ va to‘qimalariga tarqalib, zararlashi


Kleystotetsiy

Xaltacha (ask) hosil qiluvchi un–shudring zamburug‘larining jinsiy yo‘l bilan rivojlanuvchi, ko‘pincha shar shaklli yopiq meva tanachasi




Koloniya


Buerda: tabiiy (zararlangan o‘simlik to‘qimalari ustida yoki ichida) yoki sun’iy (laboratoriyalarda ozuqa muhitida) rivojlanadigan zamburug‘lar hamda boshqa mikroorganizmlar mitseliysi, jinsiy va jinssiz ko‘payish organlarining oddiy ko‘zga ko‘rinuvchi yig‘indisi (misol uchun, mog‘or qatlami)


Konidiofora


Zamburug‘lar jinssiz ko‘payishi jarayonida ustida (kam hollarda ichida) konidiyalar rivojlanuvchi maxsus mikroskopik organ, konidiya bandi


Konidiya


Zamburug‘lar jinssiz ko‘payish uchun hosil qiladigan maxsus mikroskopik bir yoki ko‘p hujayrali tanacha (propagula, spora)


Kopulyasiya


Buerda: Zamburug‘ va boshqa tuban organizmlarning jinsiy hujayralari (gametalari) qo‘shilishi


Makrokonidiya


Fusarium va ba’zi boshqa turkumlarga mansub bo‘lgan zamburug‘lar hosil qiladigan o‘lchami kattaroq, ko‘p hujayrali, o‘roq yoki deyarli silindr shaklli, odatda uchlariga qarab ingichkalashgan konidiya


Meyoz

Reduksion bo‘linish – yadrodagi xromosomalar strukturalari o‘zgarishi, ularning soni 2 baravar kamayishi va diploid holatdan gaploid holatga o‘tish (2n → n) bilan yakunlanuvchi jinsiy hujayralar bavosita bo‘linishi jarayoni




Metabolit


Organizmlar hayoti davrida, modda almashinuvi jarayonida to‘qimalarida sintez qilinadigan har xil kimyoviy moddalar va birikmalar, misol uchun, toksinlar


Mikrokonidiya


Fusarium va ba’zi boshqa turkumlarga mansub bo‘lgan gifomitset zamburug‘lar hosil qiladigan o‘lchami kichik, odatda 1 yoki 2 hujayrali konidiya


Mikrometr (mkm)

Uzunlik birligi – metrning milliondan bir qismi (1 mm = 1000 mkm) (eski nomi mikron)




Mikroorganizm

Qurollanmagan ko‘z bilan ko‘rinmaydigan va faqat mikroskopda ko‘rish mumkin bo‘lgan juda mayda mikroskopik organizmvirus, mikoplazma, bakteriya, aktinomitset, mikroskopik zamburug‘, bir hujayrali eng sodda hayvon va b.q.




Mikrosklerotsiy

O‘lchami kichik, mikroskopik sklerotsiy







Yüklə 166,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin