Agrosanoat majmuasining mohiyati, tarkibi va rivojlanishi


Qishloq xo‘jaligining asosiy ko‘rsatkichlari



Yüklə 381,87 Kb.
səhifə10/11
tarix24.12.2023
ölçüsü381,87 Kb.
#192273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Agrosanoat majmuasining mohiyati, tarkibi va rivojlanishi

Qishloq xo‘jaligining asosiy ko‘rsatkichlari

2000-2009- yillar uchun ma’lumotlar XXTUT tasniflagichi asosida keltirilgan. 2010-2023- yillar uchun ma’lumotlar aniqlik kiritilgan (qayta baholab chiqilgan) ma’lumotlarni hisobga olgan holda keltirilgan


2022-2023 yillar uchun dastlabki ma’lumot

Ko‘rsatkichlar

2010

2011

2012

2013

2014

2015

2016

2017

2018

2019

2020

2021

2022 Q4

2023 Q1

Qishloq xo‘jaligi ekinlari ekin maydoni, ming gektar

3708,4

3601,6

3628,1

3658,6

3678,2

3694,2

3706,7

3474,5

3396,0

3309,4

3396,1

3260,7

x

x

Qishloq xo‘jaligi mahsuloti, mlrd. so`m

30856,7

45285,9

55750,0

66435,3

81794,3

99604,6

115599,2

148199,3

187425,6

216283,1

250250,6

303415,5

347564,4

37760,2

shu jumladan:















dehqonchilik

18119,0

25874,6

30592,3

36237,4

43194,3

55429,2

61755,1

83303,4

98406,4

111904,8

123858,8

152130,4

179853,4

2752,9

chorvachilik

12737,7

19411,3

25157,7

30197,9

38600,0

44175,4

53844,1

64895,9

89019,2

104378,3

126391,8

151285,1

167711,0

35007,3

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sish sur'ati, o‘tgan yilga nisbatan foizda

106,3

106,2

107,2

106,6

106,3

106,1

106,3

101,0

100,2

103,3

102,7

103,9

103,6

103,2

shu jumladan:















dehqonchilik

105,9

104,9

107,1

106,1

105,9

105,5

105,7

98,2

95,8

104,8

103,2

104,3

103,8

97,7

chorvachilik

106,9

108,0

107,4

107,3

106,7

106,9

107,0

104,1

105,7

101,6

102,1

103,5

103,4

103,6

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligi ochiq ma’lumotlar bazasidan olindi.

Agrobiznesda ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligi.
Ishlab chiqarish samaradorligi har bir korxona faoliyatining eng asosiy vazifasi hisoblanadi. U xo‘jalik yuritishning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini, shuningdek, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlari hamda olingan natijalar o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi. Bozor sharoitlarida “samaradorlik” tushunchasi, garchi, daromad olish, xarajatlarni kamaytirish, mehnat samaradorligining o‘sishi, fond qaytimi, rentabellik va hokazolar samaradorlik tabiatiga mos kelib, bozor iqtisodiyoti talablariga zid kelmasada, baho, foyda, daromad, xarajat kabi tushunchalarga qaraganda kam qo‘llanilmoqda. Samarali ishlash degani o‘z mohiyatiga ko‘ra, mo‘ljallangan (rejalashtirilgan) foydani olish, noishlab chiqarish xarajatlari va yo‘qotishlarni kamaytirish, ishlab chiqarish quvvatlari va ishchi kuchidan yaxshiroq foydalanish, mehnat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini yaxshilashni anglatadi. “Samara”, “samaradorlik”, “ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik” kabi tushunchalarning orasidagi farqni anglab olish zarur.
Samara – bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat), foyda va daromad hajmini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, sifatsiz mahsulot ishlab chiqarishni kamaytirish yoki umuman, yo‘q qilish bilan bog‘liq bo‘lgan korxona faoliyatining ijobiy natijalaridir. Bu yutuqlar natural shaklda ishlab chiqarish samarasini, pul shaklida esa iqtisodiy samarani tavsiflaydi.Samaradorlik, avvalo, korxona faoliyatining sifat jihatlarini tavsiflovchi tushunchadir. U “samara” toifasidan kelib chiqadi hamda unga qaraganda murakkab va kompleks tavsifga ega. Samaradorlik chora sifatida ko‘plab texnik, iqtisodiy, loyiha va xo‘jalik qarorlarini avvaldan belgilab beradi.
Korxona o‘zining xo‘jalik, ilmiy-texnik va investision siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi. shlab chiqarish samaradorligi har bir korxona faoliyatining eng asosiy vazifasi hisoblanadi. U xo‘jalik yuritishning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini, shuningdek, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlari hamda olingan natijalar o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi. Bozor sharoitlarida “samaradorlik” tushunchasi, garchi, daromad olish, xarajatlarni kamaytirish, mehnat samaradorligining o‘sishi, fond qaytimi, rentabellik va hokazolar samaradorlik tabiatiga mos kelib, bozor iqtisodiyoti talablariga zid kelmasada, baho, foyda, daromad, xarajat kabi tushunchalarga qaraganda kam qo‘llanilmoqda. Samarali ishlash degani o‘z mohiyatiga ko‘ra, mo‘ljallangan (rejalashtirilgan) foydani olish, noishlab chiqarish xarajatlari va yo‘qotishlarni kamaytirish, ishlab chiqarish quvvatlari va ishchi kuchidan yaxshiroq foydalanish, mehnat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini yaxshilashni anglatadi. “Samara”, “samaradorlik”, “ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik” kabi tushunchalarning orasidagi farqni anglab olish zarur. Samara – bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat), foyda va daromad hajmini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, sifatsiz mahsulot ishlab chiqarishni kamaytirish yoki umuman, yo‘q qilish bilan bog‘liq bo‘lgan korxona faoliyatining ijobiy natijalaridir. Bu yutuqlar natural shaklda ishlab chiqarish samarasini, pul shaklida esa iqtisodiy samarani tavsiflaydi.
Samaradorlik, avvalo, korxona faoliyatining sifat jihatlarini tavsiflovchi tushunchadir. U “samara” toifasidan kelib chiqadi hamda unga qaraganda murakkab va kompleks tavsifga ega. Samaradorlik chora sifatida ko‘plab texnik, iqtisodiy, loyiha va xo‘jalik qarorlarini avvaldan belgilab beradi. Korxona o‘zining xo‘jalik, ilmiy-texnik va investision siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi. Iqtisodiy samaradorlik samaradorlikka qaraganda bir muncha tor ma’noni anglatadi. U qabul qilinayotgan qarorlarning xo‘jalik yuritishda maqsadga muvofiqligini tavsiflaydi hamda barcha hollarda samaraning unga erishish uchun ketgan xarajatlar(ishlab chiqarish resurslari)ga nisbati sifatida aniqlanadi. Xarajatlar qanchalik kam bo‘lsa (mahsulot sifatiga ta’sir qilmagan holda), samara shunchalik ortadi, demak, iqtisodiy samaradorlik ham ortadi. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish samaradorli-gini mehnat sharoitlarini, uning ijodkorlik mazmunini boyitish, aqliy va jismoniy mehnat o‘rtasidagi farqni yo‘qotishni inobatga olgan holda tavsiflaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik bir vaqtning o‘zida, ishlab chiqarish samaradorligini kuchaytirish, korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi, shaxsning har tomonlama rivojlanishi va uning barcha qobiliyatlaridan foydalanishning sabab va natijasi hisoblanadi. Bevosita ijtimoiy samara, xodimlarning bilim va malakasi, tajriba va madaniyati-ning o‘sishi, aholi sog‘lig‘ining yaxshilanishi va umr ko‘rishining uzayishida aks ettiriladi. Ishlab chiqarish samaradorligi ijtimoiy samaradorlikka nisbatan birlamchi hisoblanadi: iqtisodiy yutuqlar korxonaning ijtimoiy muammolarini hal qilishga yordamlashadi.
Masalan, foydaning o‘sishi, jamg‘armalarning ortishi korxonaga ijtimoiy vazifalar doirasini kengaytirish va ularni hal qilish imkonini beradi.Biroq samaradorlik va uning asosiy ko‘rsatkichi - foyda (daromad) o‘z-o‘zidan, avtomatik ravishda yuzaga kelmaydi. Turli korxonalarda samaradorlikka erishish uchun mavjud ishlab chiqarish quvvatlari va boshqa xususiyatlardan kelib chiqqan holda, turli vosita va yo‘llardan foydalaniladi. Bunda vaqt omili, ya’ni samaradorlikka qisqa yoki uzoq muddatlarda erishishni mo‘ljallash, asosiy rollardan birini o‘ynaydi. Masalan, korxona olayotgan foydasini qisqa vaqt mobaynida mahsulot sifatini yaxshilashni mablag‘ bilan ta’minlash, ishlab chiqarishni qayta qurollantirish va modernizasiya qilish, xodimlar malakasini oshirishga ajratilayotgan mablag‘larni kamaytirish yo‘li bilan ko‘paytirishi mumkin. Uzoq muddatli rejalarda esa bu, foydaning kamayishiga va hattoki korxonaning bozordagi o‘rnini yo‘qotishi natijasida bankrotga uchrashiga olib kelishi mumkin. Xorijiy firma va korxonalar o‘z faoliyatlarida samaradorlikka erishish uchun ishlab chiqarish texnika va texnologiyalariga e’tiborni kuchaytirishdan tashqari, mahsulot sifatini oshirish va uni reklama qilishga alohida e’tibor qaratmoqdalar.


Yüklə 381,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin