429
Qoradaryo (Kampirrovot)
|
24,1
|
177
|
270
|
Chirchiq (Xo‘jakent)
|
119,4
|
174
|
221
|
Zarafshon (Dupuli)
|
123
|
781
|
132
|
Surxondaryo (Arpapoya)
|
8,23
|
196
|
86,6
|
Chotqol
|
6,87
|
223
|
124
|
Piskon
|
2,84
|
73
|
80,4
|
Ohangaron (Turk)
|
4,01
|
236
|
23,5
|
To‘polondaryo (Zarchon)
|
2,20
|
112
|
52,7
|
Qoratog’daryo (Qoratog’)
|
0,68
|
95
|
22,8
|
Sheroboddaryo (Sherobod)
|
2,96
|
171
|
7,49
|
Qashqadaryo (Varganzi)
|
8,78
|
310
|
5,17
|
G’uzordaryo (Ertepa)
|
3,4
|
86
|
5,93
|
Sox (Sarikanda)
|
2,47
|
94
|
41,8
|
Isfara (Toshqo‘rg’on)
|
1,58
|
130
|
15.8
|
Oqbo‘ra (Papan)
|
2,53
|
148
|
19,7
|
Isfayramsoy (Uchqargan)
|
2,28
|
107
|
22,9
|
Shohimardon (Povulg’on)
|
1,48
|
77
|
9,72
|
G’ovasoy (G’ova)
|
0,69
|
92
|
8,29
|
Kosonsoy
|
1,4
|
154
|
8,50
|
Poshshaota
|
0,39
|
122
|
6,13
|
Zomin (Qo‘riq qishloq)
|
0,7
|
58
|
2,0
|
Sangzor (Bahmal)
|
3,22
|
198
|
2,72
|
Chadaksoy
|
0,56
|
76
|
1,78
|
Chortoqsoy
|
0,71
|
67
|
11,6
|
Ugom
|
0,87
|
68
|
6,8
|
Oqtepasoy (Oqtepa)
|
0,72
|
77
|
1,2
|
Pochchaota
|
0,4
|
130
|
6,13
|
Sangardak (Kengguzor)
|
0,93
|
106
|
14,7
|
Tusunsoy (Xojakent)
|
1,1
|
76
|
2,0
|
Xo‘jaikon
|
0,76
|
91
|
3,79
|
1-jadval.
O’zbekiston Respublikasida daryo yo’llari yaxshi rivojlanmagan. Faqat Amudaryo bo’ylab kema suzish tashkil qilingan. Bu daryo Afg’oniston bilan iqtisodiy aloqalar olib borishda muhim ahamiyatga ega.
O’zbekiston Turkistonning markazida, materikning ichki qismida joylashganligi tufayli uning daryolari okean va dengizlarga quyilmaydi, binobarin berk havzaga qaraydi. Respublikamiz daryolari hudud bo’yicha notekis joylashgan bo’lib, o’ziga xos gidrologik xususiyatga ega. O’zbekiston daryolari asosan uning tog’li qismidan hamda Qirg’iziston va Tojikiston hududidagi tog’lardan suv oladi.
O’zbekistonda Orol dengizi o’z ahamiyatiga ega bo’lgan davrlarda, unda Dengiz yo’li mavjud bo’lgan. Hozirgi kunda Kaspiy dengizi muhim transport yo’li bo‘lib, u Kavkazorti, Shimoliy Kavkaz, Markaziy Osiyo, Qozog’iston, Volga bo’ylarini bog’laydi. Kaspiy dengizi Volga daryosi orqali ko‘pgina shaharlarni bog’laydi. Sun’iy suv yo‘llari Kaspiy dengizini Boltiq, Oq, Qora, Azov dengizlari bilan bog’laydi. Kaspiy dengizi orqali katta hajmda savdo-sotiq ishlari olib boriladi.
Odatda ikki sun’iy suv ombori yoki tabiiy ko’l bilan birlashtirish va ular orqali kemalar suzishiga imkoniyat yaratish maqsadida sun’iy kanallar quriladi. Agar ikki birlashtiruvchi ob’ekt bir xil balandlikda bo‘lsa, ochiq turdagi kanallar, agar ular balandliklari har xil bo’lsa shlyuzli kanallar quriladi. Kemalar suzishiga mo’ljallangan kanallar eni ikki qarama-qarshi kelayotgan kema bemolol va xavfsiz o’ta oladigan hamda o’tuvchi katta kema eniga nisbatan 2,6 marta ortiq, burilish radiuslari esa hisobiy kema uzunligidan 6 marta ko‘p va chuqurligi kemalarning eng ko’p botishiga nisbatan 0,1: 0,3 m chuqur bo‘lishi kerak.
Bir butun chuqur suvli transport tizimini tashkil etish uchun sun’iy kanallar qurilgan. Navigatsiya sharoitlariga shamol, oqim, yog’ingarchilik, tuman, havo darajasi kiradi. Shularga qarab navigatsiya davri belgilanadi.
Portlar
Daryo porti deb kemalar suv yo‘li orqali osonlikcha qirg’oq yoniga keladigan va temir yo‘l va avtomobil yo‘li kelishiga mo‘ljallanib inshootlar bilan jihozlangan punktga aytiladi. Portlarda asosan yuk ortish va tushirish, yo‘lovchilar chiqarish va tushirish ishlari bilan birga kemalarga texnika xizmati ham ko‘rsatiladi. Portlarda yuk ortish va tushirish jarayonlarini bajarish uchun zarur uskuna, mashina va boshqa jihozlar, port kranlari, ombor xo‘jaliklari va yo‘lovchilarga servis xizmati ko‘rsatuvchi vokzal majmuailari bo‘lishi kerak.
Dengiz portlari odatda dengiz va ummon qirg’oqlari va daryolarning dengizga quyilish erlariga joylashtirilgan bo‘lib, katta transport tugunlarining tarkibiga kiradi. Portlar dengiz transportining asosiy ishlab chiqarish korxonalaridan bo‘lib, ko‘p hollarda uning samaradorligini belgilaydi.
Dengiz portlari umum foydalanish, maxsus va aralash portlarga bo‘linadi. Umum foydalanish portlari yo‘lovchilar va yuk tashuvchi kemalarni hamda boshqa kemalarni ham qabul qiladi. Maxsus portlar yuklarning muayyan guruhlarini qabul qilishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Masalan, ko‘mir, ma’dan, don, neft, ŝement, baliq va x.k. O‘zbekistonda Termiz daryo porti mavjud (1-rasm.)
Dostları ilə paylaş: |