1-rasm. Xiva va Termiz daryo porti Kema qatnaydigan daryolarda quriladigan ko‘priklarga qo‘yiladigan talablar Daryo yo‘llari o‘z navbatida daryolarga quriladigan ko‘priklarga quyidagi talablarni qo‘yadi. Kema qatnaydigan daryolardan ko‘priklarning ko‘prik osti o‘lchamlari (gabaritlar) suv yo‘li darajasiga qarab GOST 26775da belgilangan.
Suv satxidan o‘lchanadigan ko‘prik osti o‘lchami, hisobiy kema yurish suv satxidan (H.K.S.) hisoblanadi, kafolatlangan kema yurish chuqurligi kema yurish satxining eng past satxidan hisoblanadi. Ochib qo‘yilmaydigan ko‘priklarda kami bilan 2 ta kema o‘tishga mo‘ljallangan 2 ta prolyot loyihalanadi 2-jadval.
Kemalar tavsifi. Daryo kemalari.
Bajarish vazifalari bo‘yicha - yuk tashuvchi, yo‘lovchi tashuvchi, aralash yuk va yo‘lovchilar tashuvchi kemalar;
suvdan foydalanish bo‘yicha - suvga botib suzuvchi, suv osti qanotli, parrakli va havo yastig’i printsipida suzuvchi kemalar;
harakati bo‘yicha - o‘zi suzar, ya’ni o‘z kuch dvigateli bor (teploxod, paroxod, dizel-elektroxod, shatak kemalar) va o‘zi suza olmaydigan barjalar.
Suv
yo‘li darajasi
Suv yo‘li kema yurish chuqurligi, m
Ko‘prik osti o‘lchamining balandligi, m
Ko‘prik osti o‘lchamining kengligi, m
Kafolat
langan
O‘rtacha navigatsion
Ochilmaydigan prolyotlar uchun
Ochiladigan proletlar uchun
asosiy
yonidagi
1
2
3
4
5
6
7
I
3,2 ortiq
3,4 ortiq
16,0
140
120
60
II
2,5-3,2
2,9-3,4
14,5
140
100
60
III
1,9-2,5
2,3-2,9
13,0
120
80
50
IV
1,5-1,9
1,7-2,3
11,5
120
80
40
V
1,1-1,5
1,3-1,7
10,0
100
60
30
VI
0,7-1,1
0,9-1,3
7,5
60
40
-
VII
0,5-0,7
0,6-0,9
5,0
40
30
-
Bundan tashqari kemalar yana tashiydigan yuklari bo‘yicha quriq buyumlar tashuvchi, universal va maxsus yuklar tashuvchi kemalarga bo‘linadi.
Kemalar harakatiga suvning ko‘rsatadigan qarshiligi quriqlikdagi ishlovchi temir yo‘l va avtomobil transportlari harakatidagi qarshilikka nisbatan ancha kamligi sababli ular har bir tonna yukni teng masofaga tashish uchun kam quvvat va kam yoqilg’i sarfi talab qiladi. Kemalarning yuk ko‘tara olish qobiliyati temir yo‘l vagonlari yuk kutara olish qobiliyatiga nisbatan bir necha marta, avtomobillarga nisbatan bir necha o‘n marta kattadir. Ayrim yuklarni daryo kemalarida tashish tannarxi temir yo‘l transportidagiga nisbatan 2-3 marta va avtomobil transportidagiga nisbatan 20-30 marta kamdir.
Nazorat savollar: 1. Dengiz va daryo suv yo‘llari qanday ahamiyatga ega?
2. Portlar haqida qanday tushunchaga egasiz?
3. Kemalar tavsifi haqida qanday fikrga egasiz?
4. O‘zbekistonda qancha suv yo‘llari mavjud?
5. O‘zbekistonda qanday daryo portlari bor?
Nazorat savollar: Savollaringiz bormi?
E’tiboringiz uchun raxmat !