Ахборот – комуникация технологиялари воситасида ўқувчиларнинг ўқув – билув мотивларини шакллантиришнинг илмий – назарий асослари


Zamonaviy axborot texnologiyalari



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə19/40
tarix02.06.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#124107
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta\'lim vazirligi n

Zamonaviy axborot texnologiyalari.
Texnologiya grekcha tildan tarjima qilinganda san'at, mahorat haqidagi ta'limot kabi ma'nolarni bildiradi.
“Texnologiya – ishlov berish, holatni o‘zgartirish san'ati, mahorati, malakasi va metodlar yig‘indisi”(V.M. Shepel).58
Axborot texnologiyalarining maqsadi inson taxlil kilishi uchun axborotni ishlab chiqarish va uning asosida biror bir xatti-harakatni bajarish bo‘yicha qaror qabul qilishdir. Axborot texnologiyasi obekt, jarayon yoki hodisa (axborot mahsuloti)ning holati haqidagi yangi sifat axborotini olish uchun ma'lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatishning vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanuvchi jarayondir.
Bundan tashqari, axborot texnologiyasining asosiy maqsadi - axborotni saqlash va uzatishni tashkil etish.
Axborot tizimi axborotni qayta ishlashning axborot-kompyuter tizimini o‘zida ifodalaydi. Axborot tizimi – o‘z tarkibida kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, axborot va dasturiy ta'minot hamda odamlarning birgalikdagi faoliyat yuritish jarayonini aks ettirib, u iste'molchi uchun axborot ishlab chiqarishni o‘z zimmasiga oladi.
Axborot tizimlarining asosiy vazifasi hodisa va jarayonlar kechishini boshqarish imkoniyatlarini yaratishdan iborat. Shuningdek, axborotlarga asoslangan, maqsadi oldindan belgilangan va shu maqsadga erishish dasturi ishlab chiqarilgan boshqariluvchi jarayonga maqsadli ta'sir ko‘rsatadi.
Ta'lim – tarbiyada axborot tizimlarining asosiy vazifalari – bu o‘rganilayotgan ob'ektga tegishli barcha axborot resurslarini eng maqbul boshqarish usullari yordamida iste'molchiga kerakli bo‘lgan axborotlarni ishlab chiqish va ulardan ta'lim ob'ektni boshqarishda foydalanish uchun axborotli va texnikaviy ta'minot muhitini yaratishdir.
Axborotlarni avloddan – avlodga uzatishning ahamiyati ta'lim – tarbiya ishining ahamiyati bilan hamohangdir.59
Axborot texnologiyalari (AT) – bu tizim masalalar yechimini topish maqsadida axborotlarni yig‘ish, qayta yig‘ish, qayta tiklash, saqlash, ifodalash, tizimlash, uzatish va uni iste'molchiga foydalanishga qulay holga keltirish jarayonini kompyuter va telekommunikatsiya vositalari yordamida amalga oshiriladigan, tartibga solingan amaliy dasturlar majmuasidir.
Axborot texnologiyalari – jarayonlarni boshqarishdagi asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. Tayyorlangan ma'lumotlarni tizimga ajratish va qayta ishlash hamda kerakli maqsadlar bo‘yicha qayta ishlangan ma'lumotlarni uzatishni o‘z ichiga oladi.
Axborotlashtirish faqatgina fan va texnika yutug‘i bo‘lmasdan, balki ular ta'lim, tarbiya, san'at, tibbiyot, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, sanoat va shu kabi sohalarning rivojlanishida ham doimo muhim omil bo‘la oladi.
Zamonaviy hisoblash texnikasi va aloqa vositalari asosida axborotlarni to‘plash, saqlash va kerakli manbalarga uzatishning zamonaviy usullari, ya'ni kompyuterlashtirilgan usullarigacha rivojlanib boraveradi.
Axborot texnologiyalarining paydo bo‘lishi, bu sohadagi ishlarni jonlantirib yubordi, ya'ni endigi hayot nafaqat axborotlar, axborot texnologiyalari, balki axborot tizimlarini yaratishni taqozo etib qoladi va ulardan bilim bazalari, vazifalar, mantiqiy xulosalarni yechuvchi mashina kabi xizmat tizimlarini ham o‘z ichiga olishini talab qilmoqda. Bu talablarni hal qilish esa ijtimoiy islohotlarga bog‘liqdir.


Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin