Ahloqiy tarbiya jarayonida pedagogning roli va vazifasi



Yüklə 74,83 Kb.
səhifə4/9
tarix04.10.2023
ölçüsü74,83 Kb.
#152040
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ahloqiy tarbiya jarayonida pedagogning roli va vazifasi-hozir.org

Kurs ishining tuzilishi: 2 bob, har bir bobda 2 paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati hamda taqdimot uchun ilovalardan iborat.

I-BOB. AHLOQIY TARBIYA JARAYONIDA TALIM VA TARBIYA UZVIYLIGI ASOSIY OMIL SIFATIDA.
I.1. Ahloqiy tarbiyaning asosiy omillari
Ma’lumki, inson omilini faollashtirishda uch asosiy tamoyil, ya’ni ma’naviyat, ma’rifat va odob-axloq omillari masalasi ham muhim ahamiyatga egadir.- targ‘ibot-tashviqot ishlarida aholining hududiy, kasbiy hamda yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda mutanosib, maqsadli va mazmunli yondashuvni joriy etish;- ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligining ilmiy asoslangan monitoringini ta’minlashga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishni muntazam yo‘lga qo‘yish;- yoshlarda sog‘lom dunyoqarash, jumladan, kitobxonlik ko‘nikmasini shakllantirish, internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish, ularda g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish;- mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ushbu toifani ijtimoiy-iqtisodiy faollashtirishda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;- xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlariva milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa,yoshlarimiz o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, miltlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha ma’rifat targ‘ibotchilari yangi vazifalarni amalga oshirishadi,degan umiddamiz.Zero, buyuk allomalarimiz Al Farobiy, Abu Ali Ibn Sino Abu Rayhon Beruniy kabi ulug‘ zotlar fan ola-mining yorug‘ yulduzlari bo‘lib, aql, odob va ilmda butun olam tan olgan insonlar bo‘lib qoldilar. Ularning falsafiy va ilmiy asarlari bugungi kunda ham ma’naviyatimizni boyitishda bebaho boyligimizdir. E’tibor bersak, qomusiy olim Abu Ali ibn Sino yozganidek: “Axloqhar bir kishi uchun o‘z-o‘zini idora qilish ilmidir”, deb odob va axloqni inson kamolotidagi ahamiyatini yuksak baholagan edi. “Insonda doimo turadigan husn va latofat, hayo ila iffatdir. Hayosiz yuz jonsiz jasad kabidir”.Quvonarli tomoni shundaki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 28 iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazihamda Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazini birlashtirish yo‘li bilan ularning negizida tashkil etildi.Endilikda mazkur Markaz dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama yoritish hamda keng jamoatchilikka oddiy,xalqchil mazmunda tushuntirish ishlarini yo‘lga qo‘ymoqda. Jumladan, 18-20 sentyabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT 72-sessiyasida minbaridan turib:"Dunyoda terrorizm tahdidlari ayniqsa, so‘nggi yillarda kuchayib borayotgani ularga qarshi asosan kuch ishlatish yo‘li bilan kurashish usuli o‘zini oqlamayotganidan, bu borada ko‘p hollarda tahdidlarni keltirib chiqarayotgan asosiy sabablar bilan emas, balki ularning oqibatlariga qarshi kurashish bilangina cheklanib qolinmoqda", deya ta'kidladilar. Xalqaro terrorizm va ekstremizmning ildizini boshqa omillar bilan birga, jaholat va murosasizlik tashkil etadi, deb hisoblayman. Shu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ong u tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir. Ekstremistik faoliyat va zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlarning aksariyati 30 yoshga yetmagan yoshlar tomonidan sodir etilmoqda.Bugungi dunyo yoshlari – son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda. Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik g‘oyasi ”virusi“ tarqalishiningoldini olishdir”-deb ta’kidladi.Demak, bugun markaz ana shu ma’ruzada ko‘tarilgan masalalarni keng jamoatchilikka yetkazish bilan birga uning chora-tadbirlarining, reja va dasturlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazishgaqaratilgan targ‘ibot ishlarini tizimli va izchil amalga oshiradi.Zero, barkamol avlod tarbiyasi, insonni ezgulikka da’vat qilish, halollik,poklik, xalqparvarlik va mehnatsevarlikka o‘rgatish – ulug‘ ajdodlarimizning ezgu niyati bo‘lgan. Chunki aynan yoshlarda bolalikdanoq o‘qish, bilim va ko‘nikmalar hosil qilish, ma’lum bir kasb tanlashi va uni egallashi, siyosiy va fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish, o‘z dunyoqarashini shakllantirib, mustaqillikka intilish, oila qadriyatlarini anglagan holda ota-onaga e’tibor va muhabbat, qo‘ni-qo‘shnichilik munosabatlarini sindirib borish hamma davrning asosiy ekanligini unutmaylik. Darhaqiqat, bunda allomalarimizning ma’naviy merosini tadqiq etish, asarlarini nashr qilish millatimizni har tomonlama ulg‘ayib, kamol topishiga keng yo‘l ochadi.
Kattalarni hurmat qilish, o‘zaro yordam-lashish, kelajak avlod haqida g‘amxo‘rlik qilishhamisha uningasosiy qoidalari bo‘lib kelgan.Axloqiy tarbiya — shaxs dunyoqarashini shakllantirishningmuhim omili. Shaxs dunyoqarashining shakllanishida ma’naviy-axloqiy tarbiya muhim o‘ringa ega bo‘lib, uni samarali tashkiletish o‘quvchida ma’naviy-axloqiy ongni shakllantirishga yordamberadi. Axloqiy tarbiya muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lganxulq-atvor qoidalari,mezonlarini o‘quvchilar ongiga singdirish, ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko‘nikmalari hamda axloqiy madaniyatnishakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, ijtimoiytarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. Axloqiytarbiyaning asosi axloq va axloqiy me’yorlardir.Axloq (lotincha „moralis“ — xulq-atvor ma’nosini bildiradi)ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga so-luvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilini-shi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari yig‘indisi. Ax-loqiy me’yorlar to‘g‘risidagi bilimlar o‘quvchilar ongiga ta’limva tarbiya jarayonida singdirilib boriladi. Axloqiy tarbiyaningnatijasi o‘quvchilarda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko‘nikmalariva axloqiy madaniyatning shakllanishida ko‘rinadi.„Axloq“, „xulq“ va „atvor“ so‘zlari arabcha so‘zbo‘lib, ularo‘zbek tilida ham o‘z ma’nosida qo‘llaniladi. Ayrim odamlar „Ax-loq — kishilarning har bir jamiyatga xos xulq me’yorlari maj-muyi“ deyishsa, boshqalar esa „Axloq — ijtimoiy ong shaklla-ridan biri bo‘lib, hamma sohalarda kishilarningxatti-harakatla-rini tartibga solish funksiyasini bajaradi“, deyishadi. Axloq me’-yorlari xulq-atvorning regulyatori sifatida odatme’yorlariga zidxatti-harakat axloqsizlik harakati deb qaraladi. Shunisi ham bor-ki, huquq majburiy bo‘lsa, axloq ixtiyoriydir. Axloqiy tarbiyaodamlarni nomusli vijdonli, adolatli, vatanparvar, mehnatsevarbo‘lishga o‘rgatadi. Axloqiy tarbiyada yaxshi xulqni takomillash-tirish uchun kurashiladi. Xalq ta’limi tizimida o‘qitish tarbiya-lanuvchilarning axloqiy mukammallashishi bilan bog‘liq bo‘ladi.Ularda ong bilan xulq birligi tarbiyalanadi. Shaxsning jamoat vavatanga, mehnatga, kishilarga, o‘zxulqiga munosabatlari quyi-dagilarda o‘z aksini topgan:a) jamiyatga, vatanga muhabbat va sadoqatnitarbiyalash;b) mehnatga axloqiy munosabatni tarbiyalash;d) atrofdagi kishilarga axloqiy munosabat, yuqori muomalamadaniyatiga ega bo‘lgan shaxsni shakllantirish;e) shaxsning o‘ziga, o‘z xulqiga axloqiy munosabatnitarbiyalash.25Dars va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar jarayonini Al-pomish, To‘maris, Shiroq kabi xalq qahramonlari, Amir Te-mur, Ulug‘bek, Bobur singari davlat arboblari va sarkardala-rimiz, Ibn Sino, Beruniy kabi olim-u fuzalolarimiz qarashlarigatez-tez murojaat qilishimiz, yoshlarni Vatangamuhabbat ruhidatarbiyalash ishining asosini tashkil qiladi. Shu bilan birgalikdatarbiya borasidagi jahon standartlariga ham e’tiborni qaratmoqlozim.Yosh avlodni jamiyatga, mehnatga, o‘ziga munosabatniochib beruvchi ma’naviy fazilatlarga muvoffiq ravishda tarbiya-lash — tarbiyalanuvchi shaxs axloqiy tarbiyaning pedagogik vapsixologik asoslarini chuqur bilishini talab qiladigan murakkabjarayondir. Axloqiy his-tuyg‘ular o‘quvchilargaatrofdagi kishi-larning xatti-harakatidagi qaysi jihatlar yaxshi-yu, qaysilari yo-mon ekanligini anglab olishga yordam beradi.Axloqiy tushunchalarning turli yosh davrlarida shakllanish darajasi turlichadir. Jumladan, axloqiy onglilik, axloqiy qadriyatlar,axloqiy his-tuyg‘ular.


Yüklə 74,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin