Ahloqiy tarbiya jarayonida pedagogning roli va vazifasi-hozir.org
II.2. Pedagogik jarayonda tarbiyaviy ishlarni to'g'ri yo'nalganligi va uning amaliy tahlili Zаmоnаviy pedаgоgikа fаni pedаgоgik jаrаyonlаrni tаshkil etish vа bоshqаrishg‘оyalаrini hаr tоmоnlаmа, turli nuqtаi nаzаrdаn o‘rgаnishgа intilish bilаn bir qаtоrdа, ulаrni tа’lim аmаliyotigа tаtbiqetishning yo‘l-yo‘riqlаrini ishlаb chiqаdi.Bugungi kun pedаgоgikа fаnidа tizimli yondаshuv metоdоlоgiyasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarisiz pedаgоgik jаrаyonlаr sаmаrаdоrligini tа’minlаshni tаsаvvur etib bo‘lmаydi.Bundаy innovatsion yondashuv hamdaAKT vositalarining jоriy etilishi mаzkur jаrаyonlаrdа tаsоdifiy vа kutilmаgаn hоlаtlаrning оldini оlishgа xizmаt qilаdi. Tizimli yondаshuvdа tа’lim muаssаsаlаridа tаshkil etilаdigаn, pedаgоgik аhаmiyat kаsb etuvchi bаrchа jаrаyonlаr mаjmui yaxlit tizim sifаtidа, ya’ni tаshqi muhitdа xizmаt qilаyotgаn murаkkаb pedаgоgik tizim sifаtidа ko‘rib chiqilаdi.Bunda pedagogik jarayonlarning aloqalari va bog‘liqligining mazmun va mohiyatiga ko‘ra ularni bir butun, ya’ni yaxlit holda tasavvur etish talab etiladi.Pedagogik jarayonlar samaradorligini o‘rganishda alohida xususiyatlarga egabo‘lgan bir necha qismlarga ajratib, ular o‘rtasidagi aloqalar hamda o‘zaro bog‘liqlik xususiyatlari aniqlanadi, chunki har bir qism yaxlit tizimning o‘zgarishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Tizimli yondashuv pedagogik jarayonlar samaradorligini o‘rganishda o‘ziga xos yaxlitlik, umumiylik, universallik, differensiallik kabi tushunchalar asosida mujassamlashtirilgan yangi texnologiyalar, ya’ni integratsion texnologiyalar va AKT vositalarining joriy etilishini o‘z ichiga oladi.Universal tushunchalar apparati, abstraksiyaning yuqori darajasi, asosiytamoyillarning integrativ xususiyatlari — subyektlarning turli sohalar bo‘yicha tushunchalari, fikrlashi va dunyoqarashini o‘rganishning samaraliusuli sifatida tizimli yondashuvni qo‘llash imkoniyatini yaratadi. Tizimli yondashuv yo‘nalishidagi barcha bilim, ko‘nikma va malakalar majmui talabalar faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish va boshqarishda professor-o‘qituvchilarga qo‘yilayotgantalablar majmuini ifodalashi bilan bir qatorda, ularning faoliyati samaradorligini ta’minlovchi eng zarur omillar hisoblanadi. Tizimli yondashuvning asosiy tushunchasi «tizim» bo‘lib, aloqa, munosabatlar, integratsiya, yaxlitlik, tashkil etuvchi qismlar kabi tushunchalar orqali ifodalanadi. Tizimning bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan, o‘zaro ta’sir etuvchi komponentlarining majmui yaxlit obyektni tashkil etadi.Pedagogikada «tizim» tushunchasi juda keng qo‘llaniladi, masalan, ta’lim tizimi, tarbiya tizimi, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari va metodlari tizimi va hokazo. Ijtimoiy tizimning turlaridan biri hisoblangan pedagogik tizim — insonlarga va yosh avlodga ta’lim va tarbiya berish, ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarish maqsadlariga xizmat qiluvchi turli strukturaviy va funksional bog‘liq bo‘lgan komponentlar majmuidan iborat bo‘ladi. Pedagogik tizimni o‘zgartirish, uni qayta tashkil etish va moslashtirish qaysidir komponent yoki bir necha komponentlarning o‘zaro ta’sir ko‘rsatish yo‘nalishiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, pedagogik jarayon subyektlari faolligini ta’minlash, mazkur jarayonni tashkil etish va boshqarishning ilmiy-metodik ta’minotini rivojlantirish, ta’lim mazmunini takomillashtirish va boshqalar. Tizimli yondashuv yo‘nalishida turlicha qarashlar mavjud bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:1. Tizimlilik, yaxlitlilik — bunday shakldagi tizimni komponentlar, o‘zaro ta’sir etuvchi qismlar va bo‘g‘inlarning o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi tashkil etadi va ularning o‘zaro birikishi funksional vazifalarni amalga oshirish va rivojlantirishni ta’minlaydi.2. Pedagogik tizimda tizimni tashkil etuvchi omillardan biri maqsad bo‘lib, unga erishish uchun uslub va vositalar zarur hisoblanadi. Maqsadga erishishda tizim va uning komponentlarining harakati tizim funksiyasining mohiyatini belgilaydi.3. Pedagogik tizim uni tashkil etuvchi komponentlar majmuini ifodalab, uningo‘zgarishi ichki ziddiyatlarga bog‘liq bo‘ladi.4. Pedagogik tizim ochiq bo‘lganligi sababli tashqi muhit bilan ko‘pgina kommunikatsiyalar orqali bog‘liq bo‘ladi. Tashqi muhit va mavjud munosabatlar pedagogik tizimning harakatlanishi va rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.5. Axborotlarning pedagogik tizimga kelib tushishi va undan qayta uzatilishi tizim komponentlarining o‘zaro va butun bir tizim bilan hamda tizimning tashqi muhit bilan aloqa qilish uslublari hisoblanadi.Mamlakatimizda va xorijda pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishning ilmiy asoslari vujudga kelishiga ko‘ra o‘zining chuqur tarixiy ildizlariga ega bo‘lib — bu tizimli yondashuvning rivojlanish jarayonidir. Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishga ilmiy yondashuvning barcha asoslari umumnazariy, umumboshqaruv, umumtexnologik, umumtizimlilik yondashuvlar bo‘yicha olib borilgan izlanishlarning natijalarigaasoslanadi. Shundan kelib chiqib, tadqiqotchi, olim, rahbar yoki pedagog har bir hodisa va voqeani, har bir obyektni hamda o‘z faoliyatini tizim sifatida hisoblab, tizimli yondashuv tamoyillarini qo‘llashi zarur.Ta’lim muassasasida pedagog xodimlar va rahbarlarning asosiy vazifasi pedagogik jarayonlarni tashkil etishda ijobiy natijalarga erishish uchun jamoada zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, raqobatbardosh bitiruvchilar tayyorlash uchun pedagogik jarayonlarni yaxlit tizim sifatida rivojlantirish hisoblanadi. Pedagogik jarayonlarni o‘zaro bog‘liq holda yaxlit tizim deb hisoblasak, ularnitashkil etish va boshqarish ham tizimli xususiyatga ega bo‘lishi kerak. Pedagogik jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilishga tizimli yondashuvning mazmun va mohiyatini quyidagi tamoyillar asosida ko‘rsatishimiz mumkin:• pedagogik jarayon ishtirokchilari hisoblangan professor-o‘qituvchilar va talabalar mazkur jarayon subyektlari sifatida faoliyat ko‘rsatishi, ya’ni pedagogik jarayonlarda subyekt-subyekt munosabatlarining qaror topishi;• pedagogik jarayon subyektlari faoliyatining maqsadga yo‘naltirilganligi, izchilligi va o‘zaro bog‘liqligi;• majmuaviylilik — pedagogik jarayonlar o‘zaro bog‘liq va aloqador bo‘lgan komponentlar majmui ekanligi;• integrativlik — harakatlanish va rivojlanishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi omillarning o‘zaro birligi;• o‘zaro bog‘liqlik — pedagogik jarayonlar alohida bir tizim sifatida va yuqori tartibli yaxlit pedagogik tizimning tashkil etuvchi komponenti sifatida mavjudligi;• kommunikativlik — pedagogik tizimning tashqi muhit va boshqa tizimlar bilan o‘zaro ta’sir etish xususiyatlariga ega ekanligi.Pedagogik jarayonlar samaradorligi, ya’ni ta’lim-tarbiya jarayonlari natijaviyligi subyektlarning shaxsiy rivojlanishi va tayyorgarligining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqlik darajasini belgilaydi. Ta’lim muassasasi faoliyatida vujudga kelayotgan pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish yo‘nalishidagi muammolarning ko‘pqirraliligi va murakkabligi, nafaqat pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishni sifat jihatdan o‘zgartirishni nazarda tutadi, balki uning mazmunini takomillashtirish zaruriyatini ham belgilaydi. Ta’lim muassasasini isloh qilish jarayonlari odatda lokal, alohida, qismlar bo‘yicha, ayrim professor-o‘qituvchilarning ijodiy-pedagogik faoliyati doirasida o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan yangiliklardan boshlanadi.Keyin islohotlar sohalar, tarmoqlar, bo‘g‘in va qismlarni qamrab oladi. Islohotlar jarayoni to‘la obyektni, ya’ni ta’lim muassasasini qamrab olgan davrda barcha talabalar, professor-o‘qituvchilar, rahbarlar ishtirok etadilar hamda rivojlanishga, ijobiy natijalarga erishishga yo‘naltirilgan yangi maqsadlarni va tarkibiy tuzilishga ega bo‘l-gan yangi turdagi ta’lim muasasasini yaratish zaruriyati va imkoniyati vujudga keladi. Bunday hollarda ta’lim muassasasi alohida bir ijtimoiy organizm, ijtimoiy tizim sifatidarivojlanadi.Ta’lim muassasalari oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishga qaratilgan, oldindan yaratilgan, mavjud bo‘lgan salohiyatlar asosidagi faoliyatlar jarayoni asosiy (ta’lim-tarbiyaviy) va yordamchi (ta’minlovchi va shart-sharoitlar yaratuvchi) jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Rivojlanish jarayonlari mazkur faoliyatlar bilan bog‘liq holda, salohiyatni boyitish, kengaytirish asosida yanada yangi sifatlarga, yuqoriva samarali natijalarga erishishga yo‘naltirilgan va uning samaradorligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, ulardan foydalanishda samaradorlikka erishishva rivojlantirish uchun odatda, belgilangan mezonlarni almashtirish, asosiy va yordamchi jarayonlarni yoki faoliyat jarayonini takomillashtirish zarur bo‘ladi.Faoliyatning muvaffaqiyatsizliklari va natijalarning zamonaviy talablarga mos kelmayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olib, tizim mavjud bo‘lgan muammolarni o‘z salohiyati darajasida eski usullar asosida hal qilishga harakat qiladi. Tanglikni bartaraf etish tizimni qayta tashkil qilish asosida amalga oshiriladi. Pedagogik jarayonlar bir butun organizm sifatida ichki o‘zgarishlarga asosan rivojlanadi va o‘zaro aloqalar tizimi barqarorlashadi. Maqsadga erishishdagi vazifalar, turli xil muammolarni hal etish zamonaviy usullar yordamida amalga oshiriladi, natijalar zamon talablariga moslashadiva pedagogik tizim samaradorligi ta’minlanadi.Ta’lim muassasalaridagi mavjud muammolarni hal qilish yo‘nalishidagi yondashuvlar, an’analar, taomillar, belgilangan tartib va me’yorlarni o‘z ichiga oluvchi ta’lim muassasasi madaniyati pedagogik tizimning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ta’lim muassasasi falsafasi va madaniyatini (boshqaruv, pedagogik, o‘quv, ma’naviy) o‘zaro moslashtirish juda zarur. Pedagogik jarayonlarni samarali tashkil etish va boshqarish uchun rahbarlar va jamoaning boshqa vakillaridan iborat ta’lim muassasasining ichki boshqaruvi, ya’niichki nazorat tashkil etiladi. Pedagogik jarayonlarning umumiy modelini o‘zgartirishda professor-o‘qituvchilar, talabalarning imkoniyatlari, boshlang‘ich tushunchalari va ishonchlariga asoslanish kerak, chunki yangilangan model zamonaviy talablar darajasida talabalarning o‘zgaruvchan ta’lim-tarbiyaviy, ma’naviy ehtiyojlarini qondira olishi, yuqori darajada ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilarning tajribalariniqo‘llash hamda ularning ilmiy-ijodiy salohiyatini rivojlantirishga hamda AKT vositalari bilan ta’minlangan muhim shart-sharoitlarni yaratib berishi zarur bo‘lib, pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishda quyidagi asosiy tamoyillarni inobatga olish lozim:• pedagogik jarayonlarni samarali rivojlantirish yo‘llari tasodifiy holda va taxminiy belgilanganda ularning rivoj-lanishidagi muvaffaqiyatlar subyektlarning qobiliyatlariga, pedagoglarning qulay vaziyatlarni ko‘raolishi va ularni qo‘ldan chiqarmasligiga bog‘liqligi;• tizimli obyekt sifatida pedagogik jarayonlarning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun uni tashkil etuvchi barcha komponentlarning rivojlanish sur’atlarini, subyektlar munosabatlari va faoliyati integratsiyasini ta’minlash hamda muvofiqlashtirishning zarurligi;• pedagogik jarayonlarning rivojlanishidagi muvaffaqiyatlar mavjud omillarga asoslangan holda professor-o‘qituvchilarning kelajakni ko‘ra olish va rivojlanish imkoniyatlarinioldindan aniqlay olish mahoratlariga bog‘liqligi;• murakkab tuzilishga ega bo‘lgan pedagogik jarayonlar rivojantirishga bo‘lgan ehtiyojlar va imkoniyatlarni, subyektlarning qobiliyatlari va boshlang‘ich tushunchalarini aniqlamasdan pedagogik jarayonlarni rivojlantirish yo‘nalishlarini majburan belgilashning mumkin emasligi;• kuchli, majburiy va keng qamrovli ta’sir ko‘rsatish usullari asosida pedagogik jarayonlar samaradorligini ta’minlash imkoniyatining mavjud emasligi;• tashkil etuvchi qismlar va bo‘g‘inlar bo‘yicha aniq belgilangan tartibda (lokal) ta’sir ko‘rsatish pedagogik jarayonlarning samarali rivojlanishida yaxshi natijalarga erishishga asos sifatida xizmat qilishi.Pedagogik jarayonlarda subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirishda ularningmustaqil va samarali fikrlashining muhim mexanizmi sifatida refleksiv yondashuv o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Refleksiv yondashuv jarayonida o‘rganilayotgan tushunchalarni keng tizim kontekstida tushuntirish jarayonlarini alohida tashkil etish (vujudga kelayotgan vaziyatlarni va subyektlar xatti-harakatlarini baholash,belgilangan vazifalarni samarali bajarish usullari va yo‘nalishlarini aniqlash), subyektlarning o‘zini-o‘zi tahlil qilishi, o‘z tushunchalari hamda xatti-harakatlarini faol o‘ylab ko‘rishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishda shaxs-faoliyat yondashuvi ham zarur hisoblanib, pedagogik jarayonlarda subyektlar faolligini ta’minlash va aniq maqsadlarga ko‘ra belgilangan vazifalarni baja-rishga subyektlarni motivlashtirish yo‘nalishi sifatida vujudga keladi. Shaxs-faoliyat yondashuvida shaxsning va faoliyatning komponentlari bir-biri bilanchambarchas bog‘liq holda o‘rganiladi, chunki bu yondashuv asosida tashkil etiladigan pedagogik jarayonlarda talabalar subyekt sifatida faoliyat ko‘rsatadi va o‘z navbatida, talaba shaxsining subyekt sifatida rivojlanishi uning faolligi, mustaqil, erkin, tanqidiy, tahliliy va samarali fikrlashining rivojlanishi orqali aniqlanadi.Pedagogik jarayonlar va subyektlar faoliyatining tez o‘zgaruvchan xususiyatlari yana bir metodologik yondashuvni joriy etishga e’tibor qaratish zaruriyatini belgilaydi, ya’ni boshqariluvchi obyektning ma’lum bir sharoitdagi ichki va tashqi vaziyatiga qarab boshqarishning ma’qul uslubini qo‘llashni talab qiladi. Bu o‘z navbatida,pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish jarayonlariga vaziyatli yondashuvni tatbiq etishni nazarda tutadi. Vaziyatli yondashuv — pedagogik jarayon samaradorligini aniq vaziyatlarga ko‘ra aniqlashni ko‘zda tutadi. Vujudga kelayotgan vaziyatlarga ko‘ra subyektlar faoliyatinimuvofiqlashtirib boshqarish eng samarali usullardan biri hisoblanadi. Vaziyatli yondashuvda boshqariluvchi obyekt hisoblangan pedagogik jarayonning aniq sharoitdagi ichki va tashqi vaziyatiga qarab subyektlar (talabalar) faoliyatini muvofiqlashtirish mazkur jarayon samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Vaziyatli yondashuv jarayonida quyidagilarni inobatga olish o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi:• pedagogik jarayonlarni takomillashtirishda muhim ahamiyatgaega bo‘lgan omillarni aniqlash maqsadida pedagogik jarayonda vujudga kelayotgan vaziyatlarni o‘rganish, tahlil qilish va obyektiv baholash;• turli pedagogik vaziyatlarda erishish mumkin bo‘lgan natijalarning samaradorligini oldindan aniqlash;• pedagogik jarayonlarni va subyektlar faoliyatini ilmiy asosda tashkil etishni rejalashtirishda mazkur jarayonga tasir ko‘rsatuvchi omillarni hamda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni oldindan tasavvur qilish asosida subyektlar faolligini ta’minlashyo‘llarini belgilash. Sodda qilib aytganda, muvofiqlashtirilgan yondashuvni amaliyotga tatbiq etilishi natijasida subyektlarning faolligini hamda pedagogik jarayon samaradorligini ta’minlash uchun sarf etiladigan mehnat va vaqt tejaladi, shuningdek, pedagogik jarayonlarda bir tomonlamalilik (subyekt sifatida faqat o‘qituvchining o‘zi faoliyat ko‘rsatishi) bartaraf etiladi. Bunday yondashuvning asosiy g‘oyasi shundaniboratki, hech bir jarayon, jumladan, pedagogik jarayon ham o‘z-o‘zicha hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Pedagogik jarayonlarning ahamiyati uning natijaviyligida o‘z ifodasini topadiva uning natijaviyligi subyektlarning faolligini ta’minlash va faoliyatini muvofiqlashtirish asosida turli rivojlanishlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.AKT vositalarining joriy etilishi bilan olingan natijalar bo‘yicha va pedagogikjarayon subyektlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning faolligini ta’minlash asosida belgilangan natijalarga erishish mumkin. Mazkur jarayonda belgilangan vazifalar va o‘rganiladigan tushunchalarning mazmun-mohiyatini har bir ishtirokchiga tushuntirish orqali subyektlarning o‘zini-o‘zi boshqarishi hamda o‘z faoliyatiga ijodiy yondashuvni joriy etishi ta’minlanadi.