Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya bo‘limi



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/13
tarix15.12.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#75114
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
hoshimov

 
2015 
32. Hoshimov, O‘. Dunyoning ishlari : qissa va hikoyalar / O‘. Hoshimov; Muharr. 
F. Quvonova. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2015. – 336 b.
Yozuvchi ijodiga xos liro-romantik tarona uning “Dunyoning ishlari” qissasida eng 
baland pardalarda jarangladi. Bu asar ona haqidagi, ona qalbining cheksiz sahovati 
to‘g‘risidagi o‘ziga xos qasidadir. Asardagi Ona - farzandi, uning oromi, baxti uchun 
jonini, jahonini berishga tayyor. U ming-minglab o‘zbek onalarining timsoliga 
aylandi. Har bir o‘zbek kitobxoni unda o‘z onasining qandaydir fazilatini topgandek 
bo‘ladi. 
33. Hoshimov, O‘. Daftar hoshiyasidagi bitiklar / O‘. Hoshimov. – Toshkent: Sharq, 
2015. – 336 b.
“Aziz o‘quvchim! Bu kitobni yoza boshlaganimga ellik yil bo‘layapti. Bular-mening 
kuzatuvlarim. O‘ylarim. Bir qadar armonli, bir qadar istehzoli, bir qadar tabassumli 
Xulosalarim… Aslida ularning har birini alohida asar qilsa ham bo‘lardiku, mayli… 
Iltimos, siz xam kitobni shoshilmasdan, o‘ylab o‘qisangiz…” muallifdan. 
34. Hoshimov, O‘. Sevgi qissalari : hikoyalar va qissalar / O‘. Hoshimov. – Toshkent: 
O`zbekiston, 2015. – 480 b.
Elimizning atoqli va ardoqli adibi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov ham 
muhabbat haqida talay hikoya, qissa, romanlar yozgan va ular kitobxonlar tomonidan 
qiziqish bilan mutolaa qilib kelinmoqda. Bu asarlarda sevgining sehr quvonchlari
iztirob va armonlar g‘oyat hayotiy, ta’sirchan aks etgan. Ushbu kitobga adibimizning 
eng hayajonli asarlari jamlangan. 
 
 
2016 
 
35. Hoshimov, O‘. Bahor qaytmaydi : qissa va hikoyalar / O‘. Hoshimov. – 
Toshkent: Yangi asr avlodi, 2016. – 280 b.
“Bahor qaytmaydi” (1970) qissasida yozuvchi iste’dodli, biroq uning qadriga 
yetmagan, ulug‘ maqsadlardan marhum xudbin yigitning tanazzul tarixini, ruhiy-
ma’naviy inqirozini san’atkorona tahlil etib berdi. Bundan adibning haqiqiy ijod 
yo‘liga kirganligini ko‘ramiz. 


13 
36. Hoshimov, O‘. Ikki eshik orasi : roman / O‘. Hoshimov. – Тоshkent: Sharq, 
2016. – 624 b.
Ushbu asarda adib qariyb qirq yillik davrni o‘z ichiga olgan, bir qancha chigal va 
murakkab taqdirlar misolida o‘z xalqining urush davrida boshdan kechirgan hayoti
qismati haqida mahorat bilan qalam tebratgan. 
37. Hoshimov, O‘. Ajdarning tavbasi : Hajviy qissa va hikoyalar / O‘. Hoshimov. – 
Toshkent: O'zbekiston, 2016. – 424 b.
O‘tkir Hoshimov serqirra adib. Uning o‘nlab hajviy hikoyalari, komediyalari
ichakuzdi hangomalarini o‘qiganda, dilingiz ravshan tortadi, beixtiyor qah-qah urib 
kulasiz. Mazkur to‘plamda yozuvchining eng sara hajviy asarlari jamlangan.
38. Hoshimov, O‘. Nur borki soya bor : roman / O‘. Hoshimov. – Toshkent: Yangi 
asr avlodi, 2016. – 288 b.
O‘tkir Hoshimovning e’tiboringizga havola etilayotgan navbatdagi “Nur borki, soya 
bor” asari nashriyotimizning sevimli kitobxonlariga taqdim etayotgan yangi 
tuhfasidir. Asarda jamiyat hayotidagi illatlar, turg‘unlikning mohiyati, inson hayotida
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan muammo va qadryatlar, insonlar o‘rtasidagi sevgi va 
xiyonat, bir so‘z bilan aytganda, “nur” va “soya”lar orasidagi azaliy kurash mavzusi 
qalamga olingan. 
39. Hoshimov, O‘. Tushda kechgan umrlar : roman / O‘. Hoshimov. – Toshkent: 
Yangi asr avlodi, 2016. – 272 b.
Romanda keltirilgan voqealar qamrovi juda keng: 30-yillarning mash’um “qatag‘on” 
qilish manzaralarini, 80-yillardagi ko‘pchilikning yostig‘ini quritgan Afg‘oniston 
urushi lavhalari, shu yillarda sodir bo‘lgan “o‘zbek ishi”… Insonlar hayotida sodir 
bo‘ladigan bu uchta yirik, juda katta hajmli voqealarni bir-biri bilan bog‘lashda 
yozuvchi mahoratiga tan bermaslikning iloji yo‘q. Voqealar yoki qahramonlar haqida 
gapirib o‘tmoqchi emasmiz. Yaxshisi, o‘zingizni mutolaaga chorlaymiz. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin