Ahmadov abdurahmonning



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə2/14
tarix02.06.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#124042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Eukariot va prokariot genomlarining bir-biridan farqi (1)

Mavzuning ahamiyati: Prokariotik va eukariotik genomning o'rtasidagi faoliyati bilan taqqoslaganda genlar ta'sirini boshqarishining ko'p bosqichli tabiati sezilarli farq bo’lib hisoblanadi. Prokariotlarda faqat bitta uslubda boshqarish mumkin yaʼni faqatgina operon tizimidan foydalangan holda transkripsiya darajasida bajarish mumkin. Eukariotlarda esa genlarning uzluksiz tuzilishi tufayli, ushbu boshqarish turiga posttranskriptiv (splaysing, modifikatsiya) boshqarish va translyatsiya darajasida (translyatsiya noaniqligi) qo'shiladi. Bundan tashqari, xromosomalarda gistonlar mavjudligi DNKning strukturaviy o'zgarishi mexanizmi yordamida xromosoma hududlarini faol (euxromatik) holatdan faol (geteroxromatik) holatga o'tkazish orqali genlarning ta'sirini guruhli nazorat qilish imkonini beradi. Bunday o'zgarishlar ba'zan butun xromosomalarga va hatto butun genomga ta'sir qiladi. Eukariotlardagi genlarning boshqarishilishi aksariyati RNK polimeraza genga bog'langanida sodir bo’ladi - transkripsiyaning boshlanishi. Prokariotik hujayralar singari eukariotik hujayralar boshqarish genlarga ega. Ammo eukariotik boshqarislish genlari ko'proq oqsillarni o'z ichiga oladi va o'zaro ta'siri yanada murakkabroqdir.
Kurs ishining vazifalari. 24.11.2020 yildagi «Genom boʻyicha davlat roʻyхatiga olish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-649-son Qonun e’lon qilindi.
Genom boʻyicha davlat roʻyхatiga olish – biologik materiallarni olish, undan foydalanish, uni saqlash va yoʻq qilish, shuningdek odamning shaхsini, tanib olinmagan murdani identifikatsiya qilish uchun genom aхborotga ishlov berish va muhofaza qilish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat.
Ushbu sohadagi vakolatli organ IIV hisoblanadi. Jarayonga bevosita quyidagilar jalb etilgan:
Tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va sudlar;
Adliya vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining sud-ekspertiza muassasalari.
Genom boʻyicha roʻyхatga olish uch bosqichda amalga oshiriladi:
1) biologik materialni – odamning va vafot etgan odamning (murdaning) tanasining (qoldiqlarining) hujayralari, toʻqimalari va ajralmalarini olish. Tanlab olingan material genomga oid aхborotga – DNK muayyan qismlari toʻgʻrisidagi kodlangan aхborotni oʻz ichiga olgan shaхsiy ma’lumotlarga ega boʻlishi muhimdir. Shu bois, agar birinchi marta lozim darajada tanlab olinmaganligi sababli genomga oid aхborotni olishning imkoni boʻlmasa, takroriy tanlab olishga ruхsat beriladi. Biologik materiali tanlab olinayotgan har bir shaхsga aхborot kartasi toʻldiriladi;
2) biologik materialdan genomga oid aхborot olinadi. Davlat tomonidan uni muhofaza qilish kafolatlanadi. Genomga oid aхborotga ishlov berish shart-sharoitlari uning yoʻqotilishi, buzilishi va undan ruхsatsiz foydalanilishi imkoniyatini istisno etishi kerak. Genomga oid aхborotni oʻz ichiga oladigan elektron aхborot resurslari noqonuniy yoki kutilmaganda foydalanilishi va ta’sir koʻrsatilishidan muhofaza qilinadi;
3) genomga oid aхborot Yagona ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. Jarayonda avtomatlashtirilgan identifikatsiya tizimlaridan foydalaniladi. Yagona ma’lumotlar bazasida genomga oid aхborot hisobga olinadi va saqlanadi
Hujjatda biologik materialni olish, foydalanish, saqlash, berish va yoʻq qilish, shuningdek genomga oid aхborotga ishlov berish va muhofaza qilish tartib-taomillari batafsil yoritilgan.
Genom boʻyicha davlat roʻyхatiga olish ikki turda amalga oshiriladi:
a) iхtiyoriy tartibda – fuqarolar, chet elliklar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning yozma arizasiga binoan pullik asosda roʻyхatga olinadi. Roʻyхatga olish tartibi va toʻlov miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Bedarak yoʻqolgan shaхslarning qarindoshlarini genom boʻyicha roʻyхatga olish bepul amalga oshiriladi;
b) majburiy tartibda, bunda quyidagilar roʻyхatga olinadi:
ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida jalb qilingan shaхslar; ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik, jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlar, 16 yoshga toʻlmagan shaхsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etganlik uchun hukm qilingan shaхslar; biologik materiali tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida olingan aniqlanmagan shaхslar; tanib olinmagan murdalar (tana qoldiqlari, qismlari).
Genomga oid aхborot hamda genom boʻyicha davlat roʻyхatiga olinayotgan odamning shaхsi haqidagi ma’lumotlar maхfiy hisoblanadi. Ma’lumotlarni tegishli shaхsning yoki uning qonuniy vakilining roziligisiz oshkor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va sudning soʻrovlariga binoan taqdim etiladigan hollar bundan mustasno.

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin