2. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tijorat banklarining
zamonaviy xizmatlarini maqsadi va vazifalari
Fanda, umuman har bir sohada, xoh u ijtimoiy xoh ilmiy bo‘lsin uning ajralmas
qismalridan biri undagi ma’lum bir tushunchalarning klassifikatsiya qilinishidir.
Chunonchi kreditlash va kredit berishdagi bir biridan farq qiluvchi yondashuvlar va
metodlarning mavjudligi o‘laroq “kreditlash shakllari”, “kreditlash usullari” kabi kredit
berish usullarini anglatuvchi tushunchalar shakllangan bank sohasida. Kredit turlari
bilan kreditlash shakllarini adashtirib yubormaslik lozim. Kreditning turi deganda
uning ma’lum belgilariga ko‘ra o‘ta aniqlikda shakllantirilgan tavsifi tushuniladi.
Kreditning muddatiga ko‘ra, obyektiga ko‘ra, qaysi iqtisodiy tarmoqqa yo‘nalganligiga
ko‘ra, ta’minlanganligiga ko‘ra va boshqa jihatlariga ko‘ra turlarini ajratish mumkin.
Biz bularga to‘xtalmaymiz va kreditlash shakllarini tavsiflashga o‘tamiz
Tijorat banklarining faoliyatida kreditlashning quyidagi shakllari qo‘llaniladi:
1.
Mijozni alohida ssuda hisobraqamidan bir marotabali kreditlash shakli.
Ushbu shakl O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari faoliyatida keng
qo‘llaniladigan kreditlash shakli hisoblanadi.
Kreditlashning ushbu shaklida mijozga kredit berish to‘g‘risidagi qaror qabul
qilingandan keyin ssuda hisobraqami ochiladi va kredit bir marotabalik to‘lov shaklida
mol yetkazib beruvchi yoki xizmat ko‘rsa- tuvchiga tashlab beriladi.
Kreditning maqsadlilik prinsipi mavjud bo‘lganligi sababli, kredit summasini kredit
oluvchining
joriy
hisobraqamiga
tashlab
berishga
ruxsat
etilmaydi.
Mijozni alohida ssuda hisobraqamidan bir marotabali kreditlash shaklining asosiy
kamchiliklari quyidagilardan iborat:
kreditdan foydalanish samaradorligi ta’minlanmasligi mumkin, ya’ni mol
yetkazib beruvchi tomonidan tovar o‘z vaqtida etkazilmay qolishi mumkin, mijoz esa,
kredit uchun foiz to‘layveradi;
berilgan kreditdan foydalanilishi ustidan nazorat qilishning iloji yo‘q. Chunki
Kredit summasi to‘liq mol yetkazib beruvchining joriy hisob raqamiga tashlab beriladi.
2.
Mijozni kredit liniyasi ochish yo‘li bilan kreditlash shakli.
Kreditlashning ushbu shaklida mijozga kreditlash limiti ajratiladi va ushbu limitdan
foydalanish davri belgilanadi. Shuningdek, kreditning foiz stavkasi va mijozdan
undiriladigan bir marotabalik komission to‘lov stavkasi belgilanadi.
Mijozdan qo‘shimcha ravishda undiriladigan komission to‘lov kredit liniyasi
ochish yo‘li bilan kreditlashda tijorat banki uchun likvidlilik riskining mavjudligi bilan
belgilanadi. Chunki, mijoz talab qilgan har qanday vaqtda bank kreditni chiqarib berishi
shart.
Kredit liniyasining quyidagi turlari mavjud:
a.
qayta tiklanadigan kredit liniyasi (revolver kredit deb ham ataladi) ;
b.
qayta tiklanmaydigan kredit liniyasi;
V) bitimning ma’lum shartlariga asoslangan kredit liniyasi.
Iqtisodchi olim V.Usoskin o‘zining “Zamonaviy tijorat banki: operatsiyalari va
boshqarish” nomli monografiyasida tijorat banklari kreditlash amaliyotining asosiy
jihatlarini tadqiq qilgan. U tadqiqot natijalariga asoslangan holda, bir qator ilmiy
xulosalarni shakllantirgan. Ana shunday muhim xulosalardan biri mijozni bank
tomonidan kredit liniyasi ochish yo‘li bilan kreditlash orqali kredit riski darajasini
sezilarli darajada pasaytirish mumkinligidir
13
. Uning fikriga ko‘ra, kredit liniyasi orqali
mijozni kreditlashda kompensatsion qoldiqdan foydalanish orqali mijozni nisbatan past
foiz stavkasida kreditlash mumkin. Bu esa, kredit riskini kamayishiga, kreditni qaytish
ehtimolini oshishiga olib keladi.
Tijorat banki va mijoz o‘rtasida tuzilgan bitimning ma’lum shart- lariga asoslangan
kredit liniyasi, odatda, ma’lum davrda yetkazib berila- digan tovarlar haqini to‘lash
hamda ma’lum davrda amalga oshiriladigan xarajatlarni moliyalashtirishda
qo‘llaniladi.
Kredit liniyasi ochish yo‘li bilan kreditlash shakli bir qancha afzallliklarga ega, ular
quyidagilar:
mijoz har safar kredit so‘rab bankka murojaat qilish zaruriyatidan xolos
bo‘ladi;
ajratilgan kreditlash limitining faqat foydalanilgan qismi uchun foiz to‘lanadi;
-
bank ma’lum davr mobaynida barqaror foizli daromad oladi;
- tijorat banki kreditlash shartnomalari shartlarining bajarilishi ustidan nazorat qilish
imkoniga ega bo‘ladi. Agar kredit shartnomasi shartlarining mijoz tomonidan buzilishi
yuz bersa, bank kredit liniyasini vaqtinchalik yopib qo‘yishi mumkin.
Bizning mamlakat bank amaliyotida xorijiy banklar kredit liniyalari orqali mijozlarga
kredit ajratish tajribasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Kreditlashning keng tarqalgan shakllaridan yana biri overdraft krediti hisoblanadi.
Kreditlashning overdraft shakli ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda (Angliya,
Shotlandiya, Irlandiya, Uels, Kanada) yaxshi rivojlangan.
Overdraft krediti doimiy pul tushumiga ega bo‘lgan ishonchli mijozlarga beriladi
va ular faoliyatida yuzaga keladigan qisqa muddatli pul mablag‘lari yetishmovchiligiga
barham berish maqsadida beriladi.
Overdraft krediti mijozning joriy hisobraqamini debetli qoldig‘i summasiga
beriladi. Tijorat banki va mijoz o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasiga ko‘ra, mijozga
bank tomonidan kreditlash limiti ajratiladi. Mijozning joriy hisobraqamida pul
mablag‘larining yetishmaslik holati yuzaga kelganda, ya’ni debetli qoldiq hosil
bo‘lganda, bank
ajratilgan
limit
doirasida
overdraft
krediti
ajratadi.
Overdraft kreditida ssuda hisobraqami ochilmaydi. Kompyuter dasturi berilgan
overdraft kreditini mijozlar toifasi bo‘yicha avtomatik ravishda hisobga oladi.
Overdraft krediti mijozning joriy hisobraqamiga pul kelib tushishi bilan avtomatik
ravishda qoplanadi.
Overdraft kreditining foiz stavkasi muddatli kreditlaming foiz stavkasidan yuqori
boiadi. Buning sababi shundaki, overdraft kreditlari ta’minlanmagan kreditlar boiib,
ulaming risk darajasi nisbatan yuqoridir.
Overdraft kreditlarida garov ta’minotining mavjud emasligi quyidagi sabablar bilan
izohlanadi:
kredit oluvchining joriy hisobraqamida qachon pul mablag‘lari etishmasligini
oldindan bilish qiyin;
kredit oluvchining joriy hisobraqamida qancha miqdorda pul mablag‘lari
yetmay qolishini oldindan bilib bo‘lmaydi.
Bizning bank amaliyotimizda ushbu kreditlash shakli mavjud va u yaqinda 2017-
yil 10-iyunda Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan “Jismoniy shaxslarga bank
plastik kartochkasi orqali overdraft krediti berish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan
amalga oshiriladi. Ko‘rinib turganidek hozircha tijorat banklari overdraft kreditini faqat
jismoniy shaxslarga taqdim etmoqdalar.
Kreditlashning yana bir shakli kontokorrent bo‘lib nemis tilida so‘zlashuvchi
mamlakatlarda
(Germaniya,
Avstriya,
Shveytsariya)
yaxshi
rivojlangan.
Kreditlashning kontokorrent shaklida mijozning joriy hisobi yopiladi va uning o‘miga
kontokorrent hisobraqami ochiladi.
Kredit olgan mijozning faoliyatidan keladigan barcha tushumlar kontokorrent
hisobraqamining kreditida aks etadi, uning majburiyatlari yuzasidan barcha to‘lovlari
kontokorrent hisobraqamining debetida aks etadi.
Kontokorrent kreditida mijozga kreditlash limiti ajratiladi kontokorrent
hisobraqamining debetli qoldig‘i summasiga beriladi vakrediti kontokorrent
hisobraqamiga pul mablag‘lari kelib tushishi bilan avtomatik ravishda qoplanadi.
Kontokorrent krediti kredit to‘lo‘viga layoqatliligi bo‘yicha birinchi toifaga mansub
bo‘lgan mijozlarga garovsiz beriladi. Buning sababi shundaki, kontokorrent risk
darajasi yuqori bo‘lgan kreditlash shakli hisoblanadi.
Kontokorrent kreditining debetli qoldig‘i uchun mijoz bankka, uning kreditli
qoldig‘i uchun bank mijozga foiz to‘laydi. Bunda mijoz bankka kredit uchun foiz
to‘laydi, bank esa. mijozga talab qilib olinadigan depozit hisobraqamlari qoldig‘iga
to‘lanadigan foiz darajasida (0,5-1,0%) foiz to‘laydi.
Shunisi ahamiyatliki, kontokorrent krediti qaytarilmaydigan moliyalashga aylanib
qolmasligi lozim. Shu sababli, kreditlashning ushbu shaklida kredit riskini
chuqurlashishiga yo‘1 qo‘ymaslik maqsadida quyidagi choralar qo‘llaniladi:
mijozning pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini 80-90 foizi o‘z kapitali hisobidan
qoplanishi lozim;
kontokorrent krediti bo‘yicha qarzdorlikni keyingi oyga o‘tishiga yo‘l
qo‘ymaslik lozim. Buning uchun mijozga har oyning so‘nggi ish kunida kontokorrent
hisobarqamining kreditli qoldig‘ini ta’minlash sharti qo‘yilishi lozim.
Kontokorrent krediti odatda mijozning joriy ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq
bo‘lgan xarajatlarni qoplashga mo‘lljallangan. Ammo amaliyotda kontokorrent
kreditidan uzoq muddatil investitsion loyihalar bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim xarajatlarni
qisqa muddatli moliyalashtirishda ham foydalaniladi. Ushbu maqsadlarga berilgan
kontokorrent krediti uzoq muddatli kredit berilishi bilan so‘ndiriladi.
Mamlakatimiz
bank
amaliyotida
kreditlashning
kontokorrent
shaklidan
foydanilmaydi,
shuning
uchun
huquqiy
asosi
ham
mavjud
emas.
Kreditlashning keng tarqalgan shakllaridan yana biri faktoring bo‘lib, bu kreditlash
shaklida tovar hujjatlari yoki tijorat veksellari tijorat banki tomonidan diskont stavkasi
bo‘yicha regress huquqi bilan yoki regress huquqisiz mol yetkazib beruvchidan sotib
olinadi.
Tovar hujjatlari yoki tijorat veksellari regress huquqi bo‘yicha sotib olinganda, agar
sotib oluvchi to‘lovga noqobil bo‘lib qolsa, tijorat bankida to‘lab berilgan summani mol
yetkazib beravchidan undirish huquqi saqlanib qoladi. Ko‘rinib turganidek regress
huquqi tijorat banklari manfaati uchun ayni muddao hisoblanadi va banklar uchun
faktoring operatsiyalari riskini kamaytiradi. Regress huquqisizda esa buning aksi.
Faktoring mol yetkazib beruvchi va xizmat ko‘rsatuvchilarga bir qator afzalliklari
mavjud, u lahzali likvidlilikni ta’minlaydi, ya’ni biror majburiyatni bajarish vaqti
kelsayu, mablag‘ yetarli bo‘lmasa debitorlik qarzini sotish orqali muddatidan oldin
mablag‘ni olish mumkin, va faktoring biznes faoliyatining uzliksizligini ta’minlaydi.
14
Faktoring kreditlash shaklida kreditning foizidan tashqari, faktoring xizmati
ko‘rsatganligi uchun mijozdan qo‘shimcha komission to‘lov undiriladi.
«Xalqaro faktoring to‘g‘risida»gi xalqaro konventsiyaga (UNIDRUA) asosan
operatsiya faktoring operatsiyasi sifatida tan olinishi uchun quyidagi 4 talabdan kamida
2 tasi bajarilishi lozim:
1.
Qarz majburiyatlarini oldindan to‘lash shaklidagi kreditlashning mavjudligi.
2.
Mol yetkazib beruvchining buxgalteriya hisobini yuritish.
3.
Mol yetkazib beruvchining debitor qarzdorligini inkassatsiya qilish.
4.
Mol yetkazib beruvchini kredit riskidan sug‘artalashning mavjudligi.
Mamlakatimizda faktoring kreditining huquqiy asoslari yaratilgan ular: “Fuqarolik
kodeksi”ning 313-323, 749-758 moddalari va Markaziy bank boshqaruvi tomonidan
tasdiqlangan va Adliya vazirligidan 2000-yil 3-avgustda 953-son bilan ro‘yxatdan
o‘tgan “O‘zbekiston Respublikasi hududida tijorat banklari tomonidan faktoring
operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomi hisoblanadi.
Kreditlashning yuqorida faktoring shakliga o‘xshash shakllaridan biri bu forfeyting
hsoblanadi. Kreditlashning forfeyting shaklida uzatma tijorat veksellari, ya'ni trattalar
tijorat banki tomonidan, diskont stavkasi bo‘yicha, mol yetkazib beruvchidan regress
huquqisiz sotib olinadi. Forfeyting mol yetkazib beruvchini kreditlash shakli
hisoblanadi.
Forfeyting kreditlari tijorat bankiga diskont stavkasi ko‘rinishida daromad keltiradi.
Ammo forfeyting kreditlarining risk darajasi yuqoridir. Agar sotib oluvchi to‘lovga
noqobil bo‘lib qolsa, zarar to‘liq tijorat bankining zimmasida qoladi. Chunki, tijorat
bankida mol yetkazib beruvchidan toiovni undirish huquqi boimaydi. Shu sababli, sotib
oluvchining to‘lovga qobilligini tahlil qilish va baholash kreditlashning forfeyting
shaklidagi kredit riski darajasini pasaytirishning asosiy yo‘nalishi hisoblanadi.
Forfeyting kreditlari mol yetkazib beruvchilarning pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini
qondirish imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi bank amaliyotida kreditlashning forfey- ting shakli
mavjud emas. Buning asosiy sababi — trattalar muomalasining mavjud emasligidir.
Yirik investitsion loyihalar, ya‘ni umumiy qiymati tijorat banklarining birinchi darajali
kapitalining 25 foizidan oshadigan investitsiya loyihalarini kreditlashda bir necha yirik
banklar ishtirok etishi mumkin. Bir necha banklar tomonidan yirik investitsiya
loyihalarini birgalikda kreditlash shakli esa sinditsiyalashtirilgan kredit deyiladi.
Bunday yirik loyihani moliyalashtirish uchun ikki yoki undan ortiq banklar o‘rtasida
o‘zaro kelishadi va bank sindikatini tashkil qilishadi. Sinditsiyalashtirilgan kreditlar
qaytarishlik, to‘lovlilik, ta‘minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari
asosida kredit shartnoma bo‘yicha faqat yuridik shaxslarga beriladi.
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari tomonidan sinditsiyali kreditlashni
amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2005-yil 16-iyuldagi
613-sonli
“Tijorat
banklari
tomonidan
yirik
investitsiya
loyihalarini
sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomasi
asosida amalga oshiriladi. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligida
2005-yil
20-avgustda
1509-raqam
bilan ro‘yxatga olingan.
Sinditsiyalashtirilgan kredit berish muddati, foiz stavkasi miqdori yirik investitsiya
loyihalarining qoplanish muddatiga, tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga asosan kredit
shartnomasida belgilanadi. Zarar bilan ishlaydigan, nolikvid bo‘lgan, samarasiz
investitsiya loyihalarini taqdim qilgan mijozlarga sinditsiyalashtirilgan kreditlar
berilmaydi.
15
Bu kredit turiga amaliy jihatdan keying bobda batafsilroq to‘xtalib
o‘tamiz
Mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan keng qo‘llaniladigan kredit shakllari
sifatida jismoiiy shaxslarga (iste'molchiga) uning iste'mol ehtiyojlarini qondirish
maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun beriladigan iste’mol kreditini,
(bu kreditning huquqiy asosi 2005-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Iste’mol krediti
to‘g‘risida”gi qonun hisoblanadi) ob’ekti ko‘chmas mulk hisoblangan ipoteka krediti
(huquqiy asosi 2006-yil 28-iyunda qabul qilingan “Ipoteka to‘g‘risida”gi qonun
hisoblanadi) va oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt shartnomasi asosida tahsil oluvchi
talabalarga taqdim etiluvchi ta’lim kreditini (Vazirlar Mahkamasining 2001-y 26-
iyuldagi 318-sonli qaroriga muvofiq qabul qilinngan “Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-
kontrakt asosida o‘qish u chun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risida”gi nizomiga asosan
tartibga solinadi) aytish mumkin. Kreditlash shakllarga raqamlarda keyingi bobda
to‘xtalamiz
Dostları ilə paylaş: |