XULOSA
Tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kreditlar respublika iqtisodiyotida muhim
o‘rin tutishi o‘z-o‘zidan aniq. U jismoniy va yuridik shaxslar moddiy texnika bazasini
mustahkamlashga ko‘maklashib, asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlarini tuzish,
tiklash va ko‘paytirish manbai bo‘lib xizmat qiladi. Korxonalar va tashkilotlarga o‘z
mablag‘lari
bilan cheklanib qolmaslik, yangi pul mablag‘larini xo‘jalik oborotiga
kiritish imkonini beradi va shu bilan ishlab chiqarishning o‘sishi va jadallashishi uchun
zarur iqtisodiy zamin yaratadi. Banklar o‘z navbatida, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida
qo‘shimcha qarz mablag‘lari yuzaga kelishining asosiy manbai bo‘lib, ishlab chiqarish
jarayonini qayta tuzilmalash, faol iqtisodiy siyosat yuritish, tadbirkorlikni rivojlantirish
va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun qo‘shimcha mablag‘larni jalb
qilishga yordam beradi.
Kurs ishini yozish jarayonida olib borgan tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki,
respublikamizda foliyat olib borayotgan tijorat banklarining kreditlash salohiyatining
birlamchi omili hisoblangan kapitali hamda ular tomonidan jalb qilinayotgan yuridik
shaxslarning depozitlari va aholi omonatlari yildan-yilga o‘sish
tendentsiyasiga ega
bo‘lmoqda. Davlatimiz tomonidan bank tizimi barqarorligini oshirish, ularning resurs
bazasini mustahkamlash va kapitallashuv darajasini doimiy ravishda o‘sishini
ta’minlash xar yili ustuvor vazifa sifatida belgilanmoqda. Bu esa bevosita tijorat
banklarining kreditlash salohiyatini oshirishga va natijada
ularning iqtisodiyotni
modernizatsiya qilish jarayonidagi ishtirokini faollashuviga olib kelmoqda.
Tijorat banklarimiz ning kreditlash amaliyotini o‘rganar ekanmiz bu sohada bir qancha
muammolar borligini ko‘rib o‘tdik, bu sohani o‘rganishdan maqsad esa unga to‘g‘ri
xulosa tavsiyalar berishdan iborat.
Tahlillar natijasida quyidagi xulosalar shakllantirildi:
1.
Tijorat banklari tomonidan real sektorlarga ajratiladigan kreditlar hajmining
o‘sib boorish tendensiyasini ta’minlash lozim.
Shu bilan birga respublikamizdagi barcha banklarning kredit portifelida iqtisodiyotni
real sektor korxonalarini kreditlashга alohida e’tibor qaratsih lozim.
Real sektor
korxonalarini takomillashtirish orqali ishlab chiqarish salohiyati va eksport qilish hajmi
oshishi bilan bir qatorda yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishiladi. Shu bilan birga
kreditlarning milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashdagi roli oshadi.
2.
Tijorat banklari kreditlarining barqaror sur’atlarda o‘sishini ta’minlash
maqsadida
birinchidan, muddati o‘tgan kreditlarning barcha kreditlar hajmidagi
salmog‘ining chegaraviy darajadan (5 %) oshmasligini ta’minlash, ikkinchidan, talab
qilib
olinadigan depozitlarning, ya’ni nobarqaror resurslarning barcha depozitlar
hajmidagi salmog‘ini imkon qadar kamaytirish, chunki ular bank uchun tekin resurs
bo‘lgani bilan istalgan vaqt depozit egasi uni bankdan talab qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: