- 47 -
R E J A:
1. Urug’ to’g’risida tushuncha.
2. Qabila to’g’risida tushuncha.
3. Elat to’g’risida tushuncha.
4. Millat to’g’risida tushuncha.
5. Xalq to’g’risida tushuncha.
Kishilarning
qadim
zamonlarda
vujudga
kelgan
umumiyliklari
etnik
birliklardir. Kishilarning eng qadimiy etnik – birligi – urug’ kategoriyasidir. Bu
kategoriya asosan ibtidoiy jamoa tuzimida vujudga kelib odamlarning qon
qardonligiga asoslangan edi. Hozirgi davrda faqat Osiyo, Afrika va Amerikada
urug’chilik uchraydi.
Odamlar etnik birligining ikkinchi yuqoriroq bosqichi – qabiladir.
Urug’larning qabilalarga aralashuvi ham kishilarning ibtidoiy jamoa tuzimiga xos
umumiyligidir. Dastlabki qabilalarni bir necha urug’ birlashtirar, ular o’zaro dual
ekzogamiya asosida bog’langan bo’lar edilar. Urug’ va qabilalar kategoriyalaridan
keyin elat kategoriyalari vujudga kelgan. Elat – urug’ va qabila birliklariga nisbatan
yuqoriroq bosqichdir. Elat birligi asosan feodalizm jamiyati davrida ba’zan esa
quldorlik davridayoq tashkil topa boshlagan.
Elat kishilarning millatdan oldingi tarixiy birligidir. Elatlarning o’z nomlari, tili
umumiy madaniyat va psixik xususiyatlari tarkib topa boradi. Elatlar xududiy
umumiylikka ega bo’lib ma’lum darajada iqtisodiy aloqalar qila boshlaydi. Bu
belgilar millatlardagi singari hali yaxshi taraqqiy etgan emas, albatta. Elatlarning
tashkil topishida feodalizm davriga xos proses davlatlarning tashkil topishi ham
ma’lum rol o’ynagan, ammo ayrim elatlarning hududiy joylashuvi ba’zi xollarda
davlatlarning chegaralariga to’g’ri kelavermas edi. Kapitalizmning taraqqiy etishi
bilan elatlar millatlarning vujudga kelishi va tashkil topishida ba’za bo’lib xizmat
qiladi. Ammo bu xolda ham chegara to’g’ri kelishi shart emas. Masalan, bitta elat bir
necha millatlarning tashkil topishi uchun ba’za bo’lib xizmat qilishi yoki aksincha bir
necha elatlarning birlashuvidan bitta millat vujudga kelishi mumkin.
Millat ma’lum xududda yashovchi odamlarning sotsial etnik birligi bo’lib,
kishilar umumiyligining kapitalizmga xos formasidir. Yuqorida ko’rib o’tilgan etnik
birlik kategoriyalaridan millat shu bilan farqlanadiki, millatlarda xududiy birlik
iqtisodiy va madaniy aloqalar mustaxkam o’rin oladi, yagona milliy til tashkil topadi,
milliy ong rivojlangan bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: