Aholi geografiyasi – iqtisodiy geografiyaning muhim va alohida tarmog’I



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/51
tarix22.06.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#134020
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51
Mo\'minov D. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR: 
1. Dastlabki etnik birlik nima?
2. Hozirda urug’chilik qaysi qit’alarda oz bo’lsada saqlanib qolgan? 
3. Etnik birlikni ikkinchi bosqichi nima? 
4. Dastlabki qabilalarni bir necha urug’lar birlashtirar, ular o’zaro nima asosida 
bog’langan bo’lar edi? 
5. Urug’ va qabiladan keyingi etnik birlik qanday ataladi? 


- 48 - 
6. Elat birligi qaysi davrlarda tashkil topgan? 
7. Elat nima? 
8. Millat nima? 
9. Urug’, qabila, elat-bu birliklardan millatning farqi nimada? 
10. Xalq tushunchasini izohlang?
 
 
 
MEHNAT RESURSLARI
R E J A: 
1. Mehnat resurslari to’g’risida tushuncha.
2. Mehnat resurslari tarkibi va guruhlari. 
3. Mehnat resurslaridan foydalanish muammosi.
4. O’zbekistonda mehnat resurslari va ulardan foydalanish.
Aholisining o’z jismoniy va ma’naviy imkoniyatlariga ko’ra mehnat qila olish 
qobiliyatiga ega bo’lgan qismi jamiyatning mehnat resurslari hisoblanadi.
Odatda aholini nuqtai nazaridan 3 guruhga bo’linadi:
1) mehnat yoshidagi bo’lgan guruh – bolalar va o’smirlar;
2) mehnat yoshidagi guruh – mamlakatning asosiy mehnat resurslari;
3) mehnat yoshidan o’tgan aholi.
Mehnat resurslarining soni turli mamlakatlarda turlicha, chunki aholining 
yuridik jihatdan belgilab qo’yilgan va mehnat resurslariga kiritiladigan yosh 
chegarasi hamma mamlakatlarda bir xil emas. Halqaro statistikada, odatda, 15 
yoshdan 64 yoshgacha bo’lganlar mehnatga yaroqli aholii hisoblanadi. 
O’zbekistonda esa 16 yoshdan 59 yoshgacha bo’lgan erkaklar va 16 yoshdan 54 
yoshgacha bo’lgan xotin-qizlar mehnat yoshidagi aholi sanaladi va mamlakatning 
asosiy mehnat resurslari hisoblanadi. Bu yoshdagi aholining hammasi ham ishlaydi 
deb bo’lmaydi, albatta. Masalan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qiyotganlar va 
salomatligi tufayli ishlay olmaydigan nogironlar va hakazo shular jumlasidandir. 
Aksincha, nafaqa yoshidan oshib ketgan keksalar shuningdek, hali 15 yoshga 
to’lmagan ba’zi o’smirlar ham ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etadi. Bu mehnatga 
qobiliyatli aholi tushunchasini kiritishni taqazo qiladi. Mehnatga qobiliyatli aholi 
deganda, har qanday mamlakatning yoshidan qat’i nazar real mehnat resurslari 
tushuniladi.
Mehnatga yaroqli aholi, o’z navbatida, ikki guruhga bo’linadi: iqtisodiy aktiv 
aholi va iqtisodiy aktiv bo’lmagan aholi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin