- 70 -
t-bashorat etilayotgan davr.
e-natural logarifmlar asosi.
Yuqorida qayd etilgan uslub yordamida ma’lum hududdagi aholining umumiy
soni bashorat etilgan. Lekin, bu bashorat aholi sonidagi o’zgarishni juda aniq ko’rsata
olmaydi. Chunki bashorat etilayotgan davr ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o’zgarishi
bilan bog’liq holda tug’ilishi, keskin o’zgarishlar ham bo’lishi mumkinki, ular aholi
soniga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Demografik tadqiqotlarda aholining yosh va jinsiy
tarkibi bo’yicha bashorat etish juda axmiyatli bo’lib, unda aholi tarkibidagi
o’zgarishlar nisbatan aniq yoritiladi. Aholining yosh-jinsi bo’yicha bashorat etishda
yosh guruhlarning ―surish‖ uslubi qo’llaniladi. Bunday uslubda bashorat etilayotgan
davrda xar bir yosh guruhni bashorat etilayotgan davr boshidagi mavjud miqdori
olinadi. Undan bir yil davomida olganlar sonini aytib, keyingi yilga guruhni soni
aniqlanadi. Masalan 2000- yil birinchi yanvarda 11 yoshgacha kirganlar soni, 1999-
yil 1 yanvarda 10 yoshga kirganlar sonidan, 1 yanvar 1999y-1 yanvar 2000- yil
davomida 10 yoshdan 11 yoshgacha o’lgan bolalar sonini ayirmasiga teng. Ana shu
tarxda xar bir yosh guruhni ―surib‖ keyingi yil uchun aholi soni aniqlanadi. Lekin,
bunday uslubda bashorat etish uchun yosh guruhlari bo’yicha o’lim xollari, ―yani
o’lim jadvali‖ xisoblangan bo’lishi lozim. Yosh guruhlarni surish uslubi bilan
bashorat etilayotgan davr boshidan keyingi yil uchun tug’ilganlar soni, yani
“P”
yoshdagilarni aniqlash lozim bo’ladi. Masalan bashorat etilayotgan davrimiz 2005
yildan boshlansa 2005 yilda tug’ilganlar, yani ―o‖ yoshdagolar aniq, ular 2006 yilda 1
yoshga to’ladilar. Lekin 2006 yil uchun tug’ilajak bolalar sonini aniqlash lozin
bo’ladi. Buning uchun farzand ko’rish yosh guruhlardagi
(15-19, 20-24, 25-29, 30-
Dostları ilə paylaş: