- 73 -
tug’ilajak bolalar soni aniqlanadi. Har bir yosh guruhida tug’ilishi mumkin bo’lgan
bolalar soni aniqlanib, hammasi ko’shiladi: va 2000 yilda turilishi mumkin bo’lgan
jami bolalar soni aniqlanadi.
2000
49
15
2000
49
45
2000
29
25
2000
24
20
2000
19
15
Shu tariqa 2001, 2002, 2003 va keyingi bashorat etilayotgan yillar uchun xam
tug’ilajak bolalar soni aniqlanadi. Faqat buning uchun, yosh guruhlari bo’yicha
tug’ilish koeffitsientlari, tug’ilishdagi o’zgarishlar, o’lim hollari, migratsiya, aholi
reproduktiv maylidagi o’zgarishlarni mutaxassislar tomonidan xisobga olinadi.
Demografik bashoratda mehnat yoshidagi aholining yosh-jinsiy ma’lumot,
kasb - malakasi bo’yicha kelajak tarkibini aniqlash aloxida ahamiyat kasb etadi.
Chunki, ana shu bashorat asosida xar bir davlat va uning hududlarida kelajakdagi
mexnat resurslari balansi ishlab chiqiladi.
Aholining oilaviy tarkibini bashorat etish xam muxim demografik tadqiqotdir.
Chunki oila juda ko’p maxsulotlarni iste’molchisi xisoblanadi. Kelajakda oilalarning
tarkibi qanday bo’ladi, aholining necha foizi yolg’iz yashaydi, necha foizi oddiy
oilalarda, necha foizi2-3 avlod vakillari yashovchi murakkab oilalarada istiqomat
etadilar. Yosh oilalar salmog’i qanday bo’ladi? Ana itu savollarga oila tarkibini
bashorat etish orqali javob beriladi hamda shu bashorat asosida aholiga turar joy,
yashash uchun kerak bo’lgan barcha mahsulotlar ishlab chiqish rejalashtiriladi.
Demografik bashorat etish o’z tarixiga egadir. Bu boradagi eng dastlabki
xarakatlar qadimgi Rim va Gretsiyada kuzatilgan. Ilmiy asoslangan birinchi
demografik bashoratlar XVII asrning oxiri Xh asrning boshlarida L.Eyler, T.Malhtus,
Pirla-Ridalar tomonidan yaratilgan. XX asrning 20 yilaridan boshlab aholi
o’sishining asosiy komponentlari, tug’ilish, o’lim jarayonlaridagi o’zgarishlarni
hisobga olgan holda. takomillashgan uslublar yordamida demografik bashoratlar
xisoblana boshlandi. Ana shu yillarda Frantsiya, Germaniya, Italiya, Daniya
davlatlari axolnsining kelajakdagi miqdori demografik bashoratlar orqali aniqlandi.
1921 yili E.M.Tarasov, S.G.Strumilinlar 1921-1941 yillar uchun Rossiya
aholisining demografik istiqbolini ishlab chiqdilar.
A.S.Novoselhskiy, V.V.Poevskiy,
M.V.Ptux,Yu.A.Korchak-
Chepurkovskiy, A.P.Komnko, B.Babaninlar tomonidan ham demografik bashoratlar
ishlab chiqilgan. Demografik bashoratning uslublari esa Rossiyalik aholishinus
olimlar A.Ya.Boyarskiy, B.O’.Urlanis, V.A.Borisov ishlarida keng o’rin olgan.
O’zbekistonda demografik bashoratlaryi ishlab chiqish, asosan 1960 yillardan
boshlanadi. Respublikada dastlabki demografik bashoratlar aholishinus olim
M.K.Qoraxonov raxbarligida 1962-1980 yillarda ishlab chiqilgan. Keyinchalik
respublikada har tomonlama mukammal demografik bashoratlar ishlab chiqish
rivojlandi. Bu borada aholishunos olimlar I.R. Mullajonov R.N. Ubaydullaeva, N.S.
Ali-Qoriev, O.B. Ota-Mirzaev, A,Qayumov, M.R.Bo’rieva, L.P.Maksakova va
boshqalarning ilmiy ishlarini keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: