- 75 -
erishiladi. Ma’lumki, aholi takror barpo bo’lishi tug’ilish, o’lim, nikoh, ajralish kabi
demografik jarayonlar bilan bevosita bog’liqdir. Shu bois ushbu jarayonlarni siyosat
yo’li
bilan
jamiyat
tomonidan
boshqarilishi
ham
demografik
siyosatni
vazifalaridandir.
Jamiyat taraqqiyotiga nazar tashlasak, demografik jarayonlarni,
ayniqsa
tug’ilish, nikohni jamiyat tomonidan boshqarilganligini guvohi bo’lamiz. Xatto bu
xaqida eng qadimgi olimlar Aflotun va Arastu asarlarida ham uchraydi.
Qadimgi Rimda tug’ilish va nikohni ozod insonlar o’rtasida qo’llab - quvvatlovchi,
qonunlar qabul qilingan. Feodalistik jamiyatda esa din tomonidan shunday qattiq
qonunlar yaratilganki, ularda nikoh, cheklanmagan tug’ilish va katta oilalar aholini
muntazam ko’payib borishini omili sifatida himoya qilingan, qo’llab -
quvvatlangan.
Kapitalistik ishlab chiqarish usulini rivojlanishi esa demografik jarayonlarda
yangi
muammolarni, yo’nalishlarni kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Kapitalizmda
sanoatni rivojlanishi shahar turmush tarzini kengayishi, ayollarni ijtimoiy ishlab
chiqarishda ishtirok etishi tufayli, oilada farzandga bo’lgan talab kamaydi.
Ko’p bolali oilalarda, kapitialistik ishlab chiqarish sharoitida qator iqtisodiy
muammolar vujudga keldi. Natijada, tug’ilish o’z-o’zidan kamaya boshladi.
Kapitalistik ishlab chiqarish usuli rivojlangan Frantsiya va boshqa yevropa
davlatlarida tug’ilish 19 asrning birinchi o’n yilligidan boshlab kamaya bordi.
Ushbu
davlatlarda 20 asrga kelib aholini tabiiy o’sishi nihoyatda kamayib ketdi. Aholi takror
barpo bo’lishi kengaygan turdan, qisqargan turga o’tdi. Natijada bu davlatlarda
aholini qarish ya’ni «Demografik qarish» jarayoni sodir bo’ldi. Bu xol davlat
tomonidan maxsus demografik siyosat olib borishni taqozo etdi. 1946 yilda
Frantsiyada tug’itshshni ko’tarish orqali aholi miqdoriy ko’payishiga erishish
maqsadida oilalarga birinchi va ikkinchi, ayniqsa uchinchi farzandlarining
turilishida aohida nafaqa ajratildi. 1960-1970 yillarda tug’ilishni ko’tarish
maqsadidagi demografik siyosat boshqa rivojlangan kapitalistik davlatlarda xam olib
boritui.
Lekin ushbu davlatlardagi xususiy mulkchilik formasi tugalishni
ko’paytirish uchun xamma chora - tadbirlarni qo’llashda ba’zi
muammolarni keltirib
chiqarar edi. Shu bois yevropadagi rivojlangan davlatlarda tug’ilish darajasini
ko’tarib, optimal, normal xolga keltirish juda mushkul bo’lmoqda.
Rivojlanayotgan davlatlarda esa, aksincha 1960-1970 yillarda tushlishning
yug’ori darajada turganligi va o’lim xollarining keskin kamayganligi natijasida
aholining tabiiy o’sishi juda yuqori darajada bo’ldi. Natijada Osiyo, Afrika va
Janubiy Amerikada joylashgan qator rivojlanayotgan davlatlarda aholi soni birdan
ko’payib ketdi. Bu holni demograf muttaxassislar «demografik portlash», deb
atadilar. Ushbu davlatlarda iqtisodiy imkoniyati cheklangan holda aholisining bunday
tez ko’payishi, tug’ilishni cheklashga majbur etdi. Natijada
ushbu davlatlarda davlat
tomonidan «Oilani rejalashtirish» ya’ni «tug’ilishni nazorat etish» borasida
demografik siyosat olib borildi,
Demografik siyosat o’tkazish uslublari. Demografik siyosat o’tkazish
uslublarini shartli ravishda uch yo’nalishga ajratish mumkin.
1. Iqtisodiy.
- 76 -
2. Ma’muriy — xuquqiy.
3. Ijtimoiy psixologik (tarbiyaviy).
Iqtisodiy uslub asosan tug’ilish darajasi pasayib ketgan aholi takror barpo
bo’lishi, aholi ko’payishini ta’minlay olmagan xollarda qo’llaniladi. Bu uslubda
davlat tomoidan homilador ayollarga (ma’lum davrda), u farzand ko’rgandan keyin
va farzandi 2 - 3 yoshga yetgunga qadar maxsus nafaqalar ajratiladi, birinchi,
ikkinchi, uchinchi farzandlarga iqtisodiy yordam beriladi. Ko’p bolali oilalarga xam
iqtisodiy yordamlar berib boriladi.
Ijtimoiy ishlab
chiqarishda ishtirok etuvchi, yosh bolasi bor ayollarga ish
joylaridan ba’zi bir imtiyozlar beriladi, ularga xam farzandlarini tarbiyalab, xam
ijtimoiy faoliyatlarini davom ettirish uchun sharoit yaratiladi. Shuningdek, ba’zi
davlatlarda kam ta’minlangan oilalarga ham iqtisodiy yordam ajratiladi.
Tutilipgai ko’tarish borasida olib boriladigan iqtisodiy uslubni yana biri -
nikohga kirgan yosh oilalarni turar joy bilan ta’minlash borasida davlat tomonidan
beriladigan imtiyozlar.
Shuningdek, bolalar kiyimlari, oziq- ovqatlarini arzon narxda sotish,
maktabgacha tarbiya muassasalari faoliyatining
sifatini yaxshilash, bolalar va onalar
salomatligini davlat tomonidan muhofaza etilishi, aholiga maishiy hizmat tizimini
rivojlanishi va sifatli xizmat ko’rsatish kabilar ham aholi takror barpo bo’lishiga
ijobiy ta’sir etuvchi iqtisodiy omillar xisoblanadi.
Ma’muriy - huquqiy uslubga aholi takror barpo bo’lishi, oilalar tashkil
topishiga turli qonunlar orqali ta’sir ko’rsatish kiradi. Masalan, abort(homilani sun’iy
yo’l bilan yo’q qilish)larni qonun bilan man etilishi, nikoh yoshlarini ko’tarilishi,
aholi migrao’ion xarakatini cheklash, yoki rivojlantirish, oila buzilganda,
er va xotin
ajralishganda ona va bola xuquqlarini qonuniy himoyasi, bolani ota -ona oldidagi
burchini qonuniy belgilash, homilador ayolni ishga qabul qilishda, yoki ishdan
bo’shatishda ular xuquqlarini qonuniy himoyasi, nafaqa ajratishda bolalar sonini
xisobga olish kabi jarayonlardir.
Ijtimoiy - psihologik uslub, yoki aholini «demografik tarbiyalash».
Aholini
demografik tarbiyalashda avvalo yosh avlodda oilaga, oilada kutilayotgan farzandlar
soniga bo’lgan munosabatini davlat ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotiga, aholi
salomatligiga mos ravishda shakllantirish lozim. Bunda oila asosiy tarbiya o’chog’i
hisoblanadi. Shuning uchun xam ota -onalarning «demografik savodliligi» ga katta
e’tibor berilmog’i lozim. Demografik tarbiyaning yana bir muhim o’chog’i ommaviy
axborot orqali demografik mayliga ta’sir etish mumkin.
Demografik siyosat ijtimoiy - iqtisodiy siyosatning ajralmas qismi bo’lmosh
lozim. Shundagina aholini ijtimoiy - iqtisodiy ehtiyojlarini aks ettirgan xolda
rivojlanib boradi.
Dostları ilə paylaş: