- 48 -
6. Elat birligi qaysi davrlarda tashkil topgan?
7. Elat nima?
8. Millat nima?
9. Urug’, qabila, elat-bu birliklardan millatning farqi nimada?
10. Xalq tushunchasini izohlang?
MEHNAT RESURSLARI.
R E J A:
1. Mehnat resurslari to’g’risida tushuncha.
2. Mehnat resurslari tarkibi va guruhlari.
3. Mehnat resurslaridan foydalanish muammosi.
4. O’zbekistonda mehnat resurslari va ulardan foydalanish.
Aholisining o’z jismoniy va ma’naviy imkoniyatlariga ko’ra
mehnat qila olish
qobiliyatiga ega bo’lgan qismi jamiyatning mehnat resurslari hisoblanadi.
Odatda aholini nuqtai nazaridan 3 guruhga bo’linadi:
1) mehnat yoshidagi bo’lgan guruh – bolalar va o’smirlar;
2) mehnat yoshidagi guruh – mamlakatning asosiy mehnat resurslari;
3) mehnat yoshidan o’tgan aholi.
Mehnat resurslarining soni
turli mamlakatlarda turlicha, chunki aholining
yuridik jihatdan belgilab qo’yilgan va mehnat resurslariga
kiritiladigan yosh
chegarasi hamma mamlakatlarda bir xil emas. Halqaro statistikada, odatda, 15
yoshdan 64 yoshgacha bo’lganlar
mehnatga yaroqli aholii hisoblanadi.
O’zbekistonda esa 16 yoshdan 59 yoshgacha bo’lgan erkaklar va 16 yoshdan 54
yoshgacha bo’lgan
xotin-qizlar mehnat yoshidagi aholi sanaladi va mamlakatning
asosiy mehnat resurslari hisoblanadi. Bu yoshdagi aholining hammasi ham ishlaydi
deb bo’lmaydi, albatta. Masalan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qiyotganlar va
salomatligi tufayli ishlay olmaydigan nogironlar va hakazo shular jumlasidandir.
Aksincha, nafaqa yoshidan oshib
ketgan keksalar shuningdek, hali 15 yoshga
to’lmagan ba’zi o’smirlar ham ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etadi. Bu mehnatga
qobiliyatli aholi tushunchasini kiritishni taqazo qiladi.
Mehnatga qobiliyatli aholi
deganda, har qanday mamlakatning yoshidan qat’i nazar real mehnat resurslari
tushuniladi.
Mehnatga
yaroqli aholi, o’z navbatida, ikki guruhga bo’linadi:
iqtisodiy aktiv
aholi va iqtisodiy aktiv bo’lmagan aholi.
Dostları ilə paylaş: