- 51 -
etilganlar esa 37,5 ming yoki atigi 0,4% ga teng. Albatta, bu raqam uncha aniq emas,
chunki, birinchidan hozirgi barcha ish qidiruvchilar ham ayniqsa qishloq joylarda
mehnat birjasiga murojat qilmaydilar, ikkinchidan mehnat statistikasi va mehnat
bozori uncha takomillashmagan.
Shu bois, mehnat resurslarining haqiqiy bandlik darajasi ancha past. Bundan
tashqari, bizning sharoitimizda «Yashirin ishsizlar‖ bilan birga mavjud mehnat
resurslaridan foydalanish holati iqtisodiy jihatdan yuqori emas, qishloq joylarda
mehnat resurslari yil davomida ish bilan ta’minlanmagan.
Iqtisodiy faol aholining umumiy soni 2001 yil ma’lumotlari bo’yicha 9,2 mln.
kishi yoki bu mamlakat aholisining 37,1% tashkil etadi.
Aholining bandlik (ayniqsa sog’liqni saqlash) tqroq ortib bormoqda. Moddiy
tarmoqlarda ichida bu jarayon qurilish va transportda ko’proq. Barcha band aholining
3/5 qismidan ko’prog’i nodavlat sektoriga to’g’ri keladi.
2001 yilda mehnat tashkilotlariga 463 ming kishidan ziyodroq aholi ish so’rab
murojaat qilgan. Ularning yarmidan ko’prog’i 16-30 yoshdagilar, deyarli 2/3 qismini
umumiy o’rta ma’lumotga ega bo’lganlar tashkil qiladi. Shu yilda barcha ish so’rab
murojaat qilganlarning 68,7% ni talabi qondiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi ma’lumotlari
bo’yicha respublika rasman ―ishsiz‖ maqomida 7,5 ming kishi qayd qilingan. Bu jami
iqtisodiy faol aholining 0,4 foiziga teng yoki 2000 yil darajasida qolgan.
Keyingi yillarda mamlakatda yangi ish o’rinlari yaratishga katta e’tibor
qaratilmoqda. Masalan, birgina 2001 yilda 465,3 ming kishilik ish o’rinlari tashkil
etilgan. Ularning asosiy qismi qishloq joylarga to’g’ri keladi. Bu borada ayniqsa
Farg’ona, Samarqand va Namangan viloyatlarida ibratli tadbirlar amalga
oshirilmoqda. Umuman olganda esa mehnat resurslaridan to’la va samarali
foydalanish muhim muammo hisoblanadi. Bu muammo eng avvalo davlatning
―bandlik‖ dasturi doirasida hal etilib boriladi.
Dostları ilə paylaş: