- 54 -
Aholining
hududiy
joylanishi
– yer yuzining kishilar tomonidan
o’zlashtirilishi bilan bog’liq bo’lgan juda uzoq tarixiy jarayonning natijasidir. Yer
sharinig turli qisimlarida, turli mamlakatlarda aholining hududiy joylashishi va
zichligi tarixiy, ijtimoiy – iqtisodiy va tabiyi omillar ta’sirida vujudga keladi. Bu
asosiy omillar dunyoning turli qisimlarida ham hududiy va xech vaqt nuqtai nazardan
bir xil emasligi va xech qachon bunday bo’lmasligi o’z – o’zidan ma’lum.
Shuning
uchun ham turli kontinentlarda, uning zichligida katta farqlar mavjud. Odatda
aholining hududiy joylashuvini har bir kvadrat kilometrga to’g’ri keladigan aholi soni
bilan ko’rsatiladi. Yer sharida aholining o’rtacha zichligi har kv km ga 47 kishi
to’g’ri keladi. Ammo dunyoning turli qisimlarida aholining zichligi turlichadir.
Dunyoning ayrim hududlarida zichlik juda yuqori Germaniyaning Rur havzasida,
angliyaning Midlend rayonida o’rtacha zichlik 1000 kishiga etadi. AQShning
Atlantika sohilidagi katta hududda (Bostondan Voshingtongacha) o’rtacha
zichlik
300 kishidan ortiq. Bu hududlarda yuqori zichlik asosan industrial taraqqiyot va yirik
shaharlarinig keng rivojlanganligi hisobiga bo’lsa, dunyoning ayrim rayonlarida ko’p
mehnat talab qiladigan qishioq xo’jaligi ham yuqori zichlikka sababchi bo’lmoqda.
Masalan, Bangiladej davlatida o’rtacha zichlik 400 kishi, Indoneziyaning Yava
orolida 500, Xindistonning ayrim hududlarida 300 kishidan ortiqdir.
Misr Arab Respublikasining Nil daryosi delvtasida zichlik 800 kishiga etadi.
O’zbekistonning ayrim qishloq xo’jalik rayonlarida ham aholi zich (Moldaviya,
G’arbiy Ukraina va O’zbekistonning yirik qishloq xo’jalik rayonlarida zichlik 300 –
400 kishiga etadi) Professor Yo. G. Saushkin obikor dehqonchlik, tronik dehqonilgi
va ayniqsa sholikorlik rivojlangan rayonlarda aholining juda zich yashashligi xaqida
ko’plab misolllar keltirib hulosa chqargan:
1. Keyinroq o’zlashtirilgan va yangidan sug’orila boshlangan yerlardagiga
nisbatan qadimdan sug’orib kelinayotgan yerlarda aholi doimo zichroq bo’ladi:
2. Sug’oriladigan hududlar orasida sholi ekiladigan rayonlarda aholi ayniqsa
zich bo’ladi. Boshqa g’alla ekinlari va texnika ekinlari ekiladigan
rayonlarda zichlik
sholikorlik rayonlaridagiga nisbatan past bo’ladi. Agar dunyo aholisinig joylashuvi
va zichligi kartasiga nazar tashlasak aholi eng ko’p va zich yashaydigan areallarni
ajratish qiyin emas. Birinchi navbatda eng yirik to’rtta ana shunday areal yaqqol
ko’zga tashlanadi.
1) Eng yirik birinchi areal o’z ichiga Xindiston yarimorolini, janubiy – sharqiy
Osiyoni, Xitoyning sharqiy qisimini, Koreya yarim orolini va Yaponiyani oladi. Bu
arealning ko’pchilik qismida (Masalan, Gang daryosi vodiysi,
Yava oroli, Yanszi
havzasi va boshqa) zichlik 200 kishiga etadi va undan ham ortadi. Faqat tog’li
o’lkalarda zichlik birmuncha past. Bu arealda qator yirik millioner shaharlar (Tokiyo,
Shanxay, Kolkutta, Bombay, Osaka, Kiota va boshqa) joylashgan.
2) Aholi zich joylashgan ikkinchi yirik areal Evropadir. Skandinaviya
yarimorolini va Rossiya Evropa qismining shimoliy – sharqiy hududlarini hisobga
olmaganda Evropaning qolgan barcha qismini shu arealga kiritish mumkin. Bu yerda
zichlik 50 ko’p hududlarda 100 kishidan ortiq.
3) Aholi ko’p zich joylashgan AQShning Atlantika sohili.
- 55 -
4) Nil daryosi quyi oqimi hamda deltasini o’z ichga oladi. Dunyo aholisi
zichligi kartasida aholi eng ko’p va zich joylashgan areallar bilan birqatorda deyarli
o’zlashtirilmagan hududlarni ham ko’rish mumkin.
Bunday areallardan ham bir
nechta xarakterlisini ajratsa bo’ladi. Jumladan, Artika atrofidagi rayonlar kam
o’zlashtirilgan eng yirik arealdir. Bu arealga Grendlandiya, Shimoliy Amerika
materigining qisimlari, Kanada, Artika arxepelagi, Rossiya
hududida Sibir va Uzoq
sharqning shimoliy qisimlarini kiritish mumkin. Bu hududda aholi kamligi asosan
Artika va Subartika iqlimining sovuqlilgi oqibatidir. Aholi kam yashaydigan ikkinchi
yirik areal Sahroi Kabr, uchinchisi Avstraliya cho’llari, to’rtinchisi Gobi,
Taklamakan cho’llari, Tibet yassi tog’ligi va uni janubdan o’rab turgan qudratli
tog’lari, beshinchsi Janubiy Amerika materiginig ichki qisimlaridagi ayrim hududlar
Amazoniya, Braziliya yassi tog’ligining g’arbiy qismi va boshqalardir. Shuningdek
kam o’zlashtirilgan areallarni Arabiston yarimorolida Kalaharia cho’lida
va boshqa
joylarda ham ko’rish mumkin. Yer sharidagi aholining hududiy joylashishi va
zichligida bir qancha katta farqlar bo’lib ular uzoq tarixiy davirda va hilma – hil
omillar ta’sirida vujudga kelgan. Bulardan eng asosiylari tarixiy, ijtimoiy – iqtisodiy,
tabiiy va boshqa omillardir.
O’bekiston hududining tabiiy sharoiti ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishi
imkoniyatlarining turli tumanligi aholi joylashuviga ham ta’sir qiladi. Mamlakar
bo’yicha aholi joylashuvining o’rtacha zichligi 1 km
2
ga 55,4 kishidan iborat bo’lgan
xolda, Navoiy viloyatida 7,1 kishidan, Andijon viloyatida 515,6
kishigacha farq
qiladi. (Bu borada ichki tafovut 70 marttadan iborat).
Qadimdan sug’oriladigan voxalarda aholi zich, Masalan; Farg’ona,
Namangan, Xorazim viloyatlari. Qoraqalpag’iston respublikasi va Navoiy viloyati
respublira maydonining 61,9 % ini egallasada bu hududda respublika aholisining
atiga 9,3 % yashaydi. Toshkent aglomeratsiyasida aholi zichligi 600 – 700 kishga
etadi.
Dostları ilə paylaş: