- 56 -
AHOLI MANZILGOHLARI
R E J A:
1. Ahloi geografiyasi fanining muhim kotegoriyasi.
2. Shahar va qishloq tushunchalari.
3. Pokshishevskmyo ―Formalari‖.
4. Aholi manzilgohlarini shaharlarga aylanishi.
Ma’lum bir formaga ega bo’lgan, aholining hududiy joylanishi aholi
manzilgohlari deyiladi. Aholi manzilgohlari aholi geografiyasi fanining muhim
kotegoriyasi bo’lib, aholining yashayotgan joylarigina bo’lib qolmay, balki moddiy
va ma’naviy boyliklari ishlab chiqariladigan va iste’mol etiladigan butun ijtimoiy
hayotning asosiy markazlari hisoblanadi. Aholi punktlarini geografik jihatdan
o’rganishda va xarakterlashda har bir aholi manzilgohlarida yashaydigan aholining
sonini bilish muhim ahamiyatga ega. Chunki aholi manzilgohlari, birinchi navbatda,
aholining soniga qarab (bir necha kishi yashaydigan mayday qishloqlarda tortib, to
bir necha million kishilik aholi bo’lgan eng yirik shaharlargacha) klassifikatsiyaga
ajratiladi.
Aholi manzilgohlarini geografik jihatdan o’rganishda unda yashaydigan
aholining umumiy soniga emas, balki uning tartibini, xalq xo’jaligi tarmoqlari
bo’yicha taqsimlanishini, shuningdek har bir aholi manzilgohining bajaradigan
funktsiyasini, mamlakat iqtisodiy va madaniy hayotida tutgan o’rni va ahamiyati,
uning boshqa aholi manzilgohlari bilan aloqasi, tabiiy geografik o’rnini analiz qilish
muhimdir. Shunday qilib, aholi punktlari aholi yashaydigan joy sifatidagina
qiziqtirmasdan, balki ishlab chqarish, markazlari, xo’jalik markazlari, madaniy –
siyosiy markazlar, iqtisodiy aloqalarning asosiy tugunlari sifatida ham qiziqtiradi.
Dostları ilə paylaş: