Aholi jon boshiga iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish uz


 Statistik ma’lumotlarning atributlari (belgilari)



Yüklə 88,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/14
tarix20.11.2023
ölçüsü88,6 Kb.
#163244
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Aholi jon boshiga iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish

1.2.3 Statistik ma’lumotlarning atributlari (belgilari) 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 
Jamoatchilikka e’lon qilinayotgan bosma statistik nashrlar, axborotnomalar, ommaviy axborot 
vositalarida berilayotgan ma’lumotlarning Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan ishlab 
chiqilganligi uning logotipi va izohlari orqali aniq belgilanadi. 
1.2.4 Uslubiyatlar, ma’lumotlar manbasi va statistik usullardagi asosiy o‘zgarishlar haqida 
oldindan xabardor qilish 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 
Yangi uslubiyatga o‘tishdan, mavjud uslubiyatlar va usullarga sezilarli o‘zgartirishlar kiritishdan 
oldin Davlat statistika qo‘mitasi jamoatchilikni oldindan xabardor qiladi. Davlat statistika 
qo‘mitasi o‘z rasmiy veb-saytida foydalanuvchilarni qanday o‘zgarishlar kutayotganini 
tushuntiruvchi tegishli uslubiy ko‘rsatmalarni joylashtiradi. Maqolalar, yangiliklar va matbuot 
anjumanlarida kutilayotgan o‘zgarishlar jamoatchilikka yetkaziladi. 
1.3. Axloq me’yorlari 
1.3.1 Xodimlarning axloq me’yorlari bo‘yicha ko‘rsatmalar 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 
Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari uchun Odob-axloq qoidalari tasdiqlangan. Ular axloq 
kodeksiga, shu jumladan maxfiylik prinsipiga rioya qilishlari, o‘zlarining vazifalarini bajarishda 
ularga taqdim etilgan har qanday ma’lumotlarni oshkor qilmasligi kerak. Ular lavozimga 
tayinlanayotganda ushbu majburiyatlar haqida tushuntirishlar beriladi. Davlat statistika qo‘mitasi 
xodimi individual ma’lumotlarni oshkor qilmaslik majburiyatini olgan shartnoma tuzishi shart. 


2. Uslubiyat 
2.1 Konsepsiya va tushunchalar 
2.1.1 Konsepsiya va tushunchalar 
Aholi jon boshiga iste’mol tovarlari ishlab chiqarish ko‘rsatkichi aholining asosan shaxsiy 
iste’mol uchun ishlatiladigan yoki foyda olish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlar bilan 
ta’minlanish darajasini tavsiflaydi va iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmini tegishli aholiga 
bo‘lishning o‘ziga xos xususiyati sifatida hisoblanadi. 
Bu ko‘rsatkichning o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizlarda o‘zgarishi tegishli davrdagi 
sanoat ishlab chiqarishining jismoniy hajmi indeksini shu davrdagi aholi o‘sish sur’atiga bo‘lish 
yo‘li bilan aniqlanadi. 

Yüklə 88,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin