0.2 Resurslar 0.2.1 Kadrlar, moddiy-texnika bazasi, kompyuter vositalari va moliyalashtirish Aholi jon boshiga iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
shakllantirishda Markaziy apparatda 12 nafar va statistikaning hududiy boshqarmalarining sanoat
statistikasi bo‘limlarining har birida 4-5 nafardan xodim tomonidan amalga oshiriladi.
Statistik ma’lumotlarni shakllantirish bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarish uchun xodimlar
soni etarli.
Barcha xodimlar iqtisodiyot va ishlab chiqarish sohasida oliy ma’lumotga ega bo‘lib, har 2 yilda
kamida bir marta O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar
malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida malaka oshirib boriladi.
Har bir ish joyi shaxsiy kompyuter bilan ta’minlangan, dasturiy ta’minot muntazam yangilanadi.
Berilayotgan moliyaviy mablag‘lar sanoat statistikasi bo‘yicha yillik statistika dasturida nazarda
tutilgan ishlarni bajarish uchun yetarli.
1. Beg‘arazlik 1.1 Kasbiy mahorat 1.1.1 Statistikaning xolisligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan, rasmiy statistikasining asosiy
prinsiplari, jumladan beg‘arazlik va xolislik hisoblanadi.
“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasiga asosan, Davlat organlari, boshqa
tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari davlat statistika organlarining ushbu Qonunga
muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Hududiy statistika boshqarmalari, tumanlarning (shaharlarning) statistika bo‘limlari mahalliy
davlat hokimiyati organlaridan mustaqil bo‘lib, bevosita vakolatli davlat organiga bo‘ysunadi.
Mazkur statistik ma’lumotni ishlab chiqishda boshqa davlat organlarining aralashishiga yo‘l
qo‘yilmagan va kasbiy mustaqillik to‘liq ta’minlangan.
Kadrlarni tanlab olish va ularni yuqori lavozimlarga tayinlashda, ularning statistika sohasida
tajribasi va kasbiy malakasi e’tiborga olinadi. Boshqarma xodimlari malakasini oshirish Davlat
statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
tomonidan tashkil etiladigan o‘quv kurslarida hamda xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil
etiladigan o‘quv kurslari, o‘quv-amaliy seminarlarda ishtirokini ta’minlash orqali ta’minlanadi.
Boshqarma xodimlari Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida tashkil
etilgan o‘quv kurslarida ma’ruzalar bilan ishtirok etadi. Ommaviy axborot vositalarida
Boshqarma xodimlarining ilmiy maqolalarini e’lon qilib borish tashkil etilgan.