Aholi migratsiyasi bo'yicha xorijiy mamalakatlar, yani oʻz mamlakatidan boshqa mamlakatga koʻchishni oʻz ichiga olgan fuqarolar soni va ularning koʻchish sabablari, shuningdek, koʻchishning bajarilishi, boshqa mamlakatlarda integratsiyaga qarashli yutuqlari va muammolari haqida keng koʻrsatmalarga ega.
Koʻplab mamlakatlarda, migratsiya taraqqiyotni oshirish, turizmni rivojlantirish, ish bilan taʼminlash va boshqa imkoniyatlarni yaratish maqsadida qabul qilinadi. Bunday mamlakatlarda ish oʻrni, yashash joyi, oilaviy muammolarni hal qilish va boshqa koʻrsatmalar yordamida immigratsiya yoki qayta tiklash jarayoni uchun yordam berish uchun qoʻllaniladigan xizmatlar mavjud.
Xitoy aholisi o'zining mustaqil tarihiga ega bo'lgan qadimgi davrlardan beri dunyo bo'ylab harakat qilgan. Aholining qarashlari, xaridlar, savdo-sotiq, milliy g'oya va adabiyotlar ko'pincha boshqa hududlarda ko'p muammolar yuzaga keltirishga sabab bo'lgan. Ayniqsa, Xitoyda urush va siyosiy intizom dasturlarining o'zgarishi, tijorat va investitsiyalar, falsafa va din g'oyalarining o'zgarishi kabi sabablar Xitoy aholisini boshqa mamlakatlarga ko'rsatgan migratsiyaga yo'l ochdi.
XIX asr boshlaridan boshlab, Xitoyning ishlab chiqarish bozorlaridagi rivojlanish va ko'payish, shuningdek, Osiyo tizimida ko'p nafaqatgacha zavqlangan tijorat bog'liq imkoniyatlar, Xitoyning ko'plab hududlardagi migratsiyasiga olib keldi. Qachonki, Xitoyning to'g'ridan-to'g'ri siyosiy va ijtimoiy hayotiga kirib kelgan tayanch hujjatlarga ega bo'lmaydi, lekin shu davrlarda ko'pgina Xitoy aholisi yuzlab mamlakatga, xususan Amerika Qo'shma Shtatlariga o'tishdi. Bu davrda yirik ko'plikda Xitoy aholisi Amerikadagi loyihalarga, masalan, Transcontinental Railroad loyihasiga, meva bog'lari va arazilarga ishlab chiqarishga jalb qilingan.
XX asrning boshlarida Xitoy siyosati va ijtimoiy hayoti bilan bog'liq ko'plab o'zgarishlar bo'lgan. Mamlakatning birlashgan Fuqarolik Respublikasiga o'tishi, Kommunistlik partiyani kuchli qabul qilishi, mamlakatning ishlab chiqarishini rivojlantirish uchun qilinayotgan yangiliklar Xitoy aholisini yuzlab jahon bo'ylab migratsiyaga yo'l ochdi. Bu davrda, ko'p Xitoyliklar boshqa mamlakatlarga o'tishga majbur bo'lib qolganlar, masalan, Kong Hongga, Tayvan, Yaponiya va yana ko'plab mamlakatlarga.
Shu bilan birga, Xitoy aholisi o'zida o'zgarishlar yuz berganligi sababli, uni boshqa mamlakatlarga o'tishga majbur bo'lganlar soni ortib bormoqda.
Bugungi kunda, Yevropa Ittifoqi davlatlarida migratsiyaning halokatli darajada yuqoriligi muammosi aniq va shubhasizdir. Sharqiy Yevropa, xususan, Ukrainadan, shuningdek, Sharqiy va Shimoliy Afrikadan migrantlar o'z mamlakatlaridagi og'ir ijtimoiy sharoitlardan qutilish, va shuningdek, ish toppish va yashash uchun Yevropani juda qulay deb hisoblashadi. Yevropa davlatlari hukumatlari Yevropa Ittifoqining mavjud migratsion siyosatining nomukammalligidan habardor. 2015-yilda sodir bo’lgan migratsion inqiroz bunga asosiy dalillardan biri hisoblanadi, albatta. Muammolar yetarli huquqiy bazaning yo‘qligi sabab kelib chiqadi.
Xalqaro mehnat tashkilotining statistik ma'lumotlariga ko'ra, G'arbiy Yevropa hissasiga dunyodagi xorijiy ishchi kuchining deyarli 25% to'g'ri keladi. Yaqinda chet ellik ishchilarhar yiliga 500-600 ming kishiga ko'paydi (oila a'zolarini hisobga olmaganda). Hozirda geosiyosiy sabablarga ko'ra bu raqam millionga oshdi va tendensiya shuni ko’rsatadiki, bu ko’rsatkich yanada tez sur'atlar bilan o'sib boradi. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqining sharqiy qismidan kelgan muhojirlar, shuningdek, Ukrainadan kelgan qochqinlar bunga kiritilmagan. Faqatgina Polsha hududida rasman 500 000 dan ortiq Ukraina fuqarolari ro’yhatga olingan. Ularning soni o'z mamlakatlari iqtisodiyotining sustligi tufayli tez o'sib bormoqda. Muhojirlar asosan Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniyaga boradilar. Shu bilan birga, Yevropa davlatlarining o‘zlari o‘rtasida mamlakatlari hududida muhojirlarni qabul qilish masalasi bilan bog‘liq mojarolarni qayd etish joiz. Mamlakatlarning bunday ziddiyatli holati munosabatlarning buzilishiga olib keladi. Buning sababi migratsiya siyosatining samarasizligi, tegishli huquqiy asos yo'qligi. Shunday qilib, 2015-yilgi Yevropa migratsiya inqirozi yana bir bor bu muammoni fosh qildi. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, eng ko'p muhojirlarni aynan Germaniya, Italiya va Fransiya kabi davlatlar qabul qilganlar. (BBC, 2018). Shunga ko'ra, migratsion inqiroz davrida eng katta bosimni ham aynan shu mamlakatlar o'z zimmalariga olishdi.
Yevropa mehnat bozoridagi muhojirlar va ularning asosiy muammolari
Yevropa Ittifoqi mehnat bozori, innovatsion texnologiyalar, mehnat unumdorligi, ijtimoiy kafolatlar va standartlarining yuqori ulushiga qaramay, bir qator o'ziga xos muammolarga ega. Avvalo, shuni ta'kidlash kerakki, qat'iy qonuniy gender tengligiga qaramay erkaklar va ayollar ish haqi o'rtasida sezilarli farq bor. Bu uzoq vaqtdan beri ittifoqning hukumat tuzilmalarini qattiq tashvishga solmoqda. Masalan, Italiyada ish haqi farqi 10% ga yetadi, Germaniyada 20% dan oshadi, Avstriyada esa hatto 25 % dan yuqori. Ayniqsa Yevropa Ittifoqidan tashqaridan kelgan migrant ayollar eng ko'p qiyinchiliklarni boshdan kechirishadi. Bu ayollar ikki tomonlama diskriminatsiyaga uchraydilar.
Rivojlanishning yuqori sur'atlariga va kuchli ijtimoiy kafolatlar mavjudligiga qaramay, Yevropa mamlakatlarida mehnat bozoridagi kamsitishlar eng ko'p bo'lgan aholi qatlamlari bu - ayollar va yoshlar. Shunday qilib, har yili migrant ayollarni ish bilan ta’minlash Yevropa hududida 45 % etib baholandi. Bu esa boshqa mamlakatdan kelgan ayollarning yarmidan ko’pi ishsiz bo’lib qolayotganidan dalolat beradi. (EU Labour Force Survey, 2011). Shunday qilib, Yevropa Ittifoqida migratsiyani tartibga solish masalasi bilan bog'liq muammolar ancha ko’p. Shuni ta'kidlash kerakki, Yevropa mamlakatlari allaqachon mavjud qator chora-tadbirlarni amalga oshirdi va bir qancha muhim natijalarga erisha oldi.
Yevropa muhojirlar inqirozi - 2015-yilda qochqinlar va muhojirlarning Yevropaga koʻchishi sezilarli darajada oshgan davr boʻldi. O’shanda 1,3 million kishi boshpana izlash uchun qitʼaga kelgan. Bu Ikkinchi Jahon Urushi davridan buyon qayd etilgan eng yuqori natija hisoblanadi, Suriya, Iroq va Afg’oniston kabi bir qator davlatlardagi notinch vaziyat shu mamlakatlarda istiqomat qiluvchi xalqni boshqa o’lkadan boshpana izlashga undadi. Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (XMT) hisob-kitoblariga ko‘ra, 2015-yilda dengiz orqali 1 011 700 dan ortiq, quruqlik orqali esa deyarli 34 900 muhojir kelgan.
XMT maʼlumotlariga koʻra, 2015-yilda 3770 dan ortiq muhojir Oʻrta yer dengizini kesib oʻtishga uringanida halok boʻlgan. Ularning aksariyati Shimoliy Afrikadan Italiyaga o‘tishda, 800 dan ortig‘i esa Egey dengizi orqali Turkiyadan Gretsiyaga o‘tishda halok bo‘lgan. Yoz oylari odatda eng ko'p o'lim holatlari sodir bo'ladi, chunki bu Yevropaga borishga urinayotgan muhojirlar uchun eng gavjum vaqt. Ammo 2015-yilda muhojirlar uchun eng halokatli oy aprel oyi bo‘ldi, unda 800 ga yaqin odam bo‘lgan qayiq Liviya yaqinidagi dengizda ag‘darilib ketdi. Odamlarning haddan tashqari ko‘pligi falokat sabablaridan biri bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Ta’kidlansinki, tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolarni tashkillashtirilgan tarzda yig‘ish yuzasidan xalqaro shartnomalar tuzish, ularning respublika tashqarisida ish joylariga xavfsiz tarzda yetib borishini ta’minlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, noqonuniy mehnat migratsiyasining katta oqimi haligacha saqlanib qolmoqda.
Dostları ilə paylaş: |