Shuni xulosa qilib aytish joizki, migratsiya shaxs yoki guruhning muayyan ehtiyojlarini qondirish usuli, qaror qabul qilish mexanizmi asosiy о‘rinni egallagan xulq-atvor harakati sifatida qaraladigan nuqtai nazar tobora kuchayib bormoqda.
Aynan mehnat migrantlarining hududiy tarqalishini o’rganar ekanmiz, uni tadqiq etishdagi dolzarb masala shundaki, aholining mamlakatimiz bo’ylab nihoyatda notekis taqsimlanishidir. Aholi soni yuqori, tug’ilish darajasi baland hamda aholi zich hududlarda migratsiya jarayonlari jadal kechadi. K. Kalanovning izohiga ko’ra, O’zbekiston fuqarolarining uzoq xorijiy mamlakatlarga tashqi migratsiyasi:
Intellektual immigratsiya shaklida namoyon bo’ladi1. O’zbekiston fuqarolarining MDH davlatlariga migratsiyasi (gasterbayterlar va yollanma ishchilar); doimiy rasmiy migratsiya (fuqarolikni olish); vaqtinchalik etnik migratsiya (etnik vatanga borib ishlash);
Yuqoridagi omillardan kelib chiqqan holda shuni alohida ta’kidlash lozimki, chet mamlakatlarga ketayotgan fuqarolarimizning asosiy qismi yollanib ishlash uchun, xalq tili bilan aytganda “tirikchilik” o’tkazish uchun moddiy mablag’ orttirish maqsadida migratsiyani amalga oshirmoqda. Qolgan qismi esa bilim va malakasini oshirish, rusiyzabon aholining katta qismi esa tarixiy vatanlariga doimiy yashash uchun ketishmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekistonda aholining ishsizlik darajasi 2000 -2004 yillarda 0,4% ni tashkil qilgan bo’lsa, 2007-2017 yillarda 4,9-5,8%ni, oxirgi yillarda esa 9,0-10,5% ni tashkil etmoqda2. Ayniqsa pandemiya (COVID-19) bilan bog’liq vaziyat aholining ish jarayoniga, oilalarning daromadiga ham ta’sir ko’rsatdi. Pandemiya paytida 2019 yilga nisbatan ishsizlik darajasi 1,5%ga o’sgan. Viloyatlar kesimida ishsizlik darajasi 2020 yilda eng yuqori bo’lgan hududlar – Qashqadaryo, Surxondaryo (11,1%), Jizzax va Samarqand (11,0%) viloyatlari, eng past ko’rsatkich esa Toshkent shahrida kuzatilgan bo’lib 8,0% ni tashkil qiladi. Statistika qo’mitasining bergan ma’lumotiga qaraganda, 2019 yil xorijiy mamlakatlardan ko’chib kelganlar 2527 ming kishini tashkil qiladi va ularning asosiy qismi qo’shni respublikalardan kelgan migrantlar hisoblanib, Qozog’iston 33,2% , Rossiya Federatsiyasi 23,3%, Tojikiston 21,4% va Qirg’iziston 12,1% ni tashkil qiladi. Aksincha, chet elga ketgan migrantlar 13246 ming kishini tashkil qilgan holda, Qozog’istonga 57,5%i, Rossiya Federatsiyasiga 37,7% va AQSHga 0,8% ko’chib ketgan. Bundan shuni xulosa qilish joizki, ko’chib kelganlarga nisbatan ko’chib ketganlar miqdori 5 barobar yuqoridir.
Quyidagi diagramma orqali O’zbekiston aholisi zichligini ohirgi 12 yillikda qanday o’zgarishini ko’rish mumkin