5-rasm. Ijtimoiy dorixona Mamlakatimizda farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish, dori vositalari va tibbiy buyumlarning arzonligi va erkin muomalasini ta’minlashga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingani va Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashkil etilgani bu boradagi ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashda muhim qadam bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 fevraldagi “Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori tizim faoliyatini tubdan yaxshilash va dori ishlab chiqarishni yanada takomillashtirishga keng imkoniyatlar ochib berdi.
Aholini arzon va sifatli dorilar bilan ta’minlash maqsadida tumanimizda ijtimoiy dorixonalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Davlatimiz rahbarining farmoni ushbu ezgu ishlarning amalga oshirishda muhim omil bo‘ldi.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi qarori bilan ijtimoiy dorixonalar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
“Dori-darmon” va uning filiallari tomonidan hududlarda 2078 ta ijtimoiy dorixona faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Ijtimoiy dorixona Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan, davlat-xususiy sheriklik shartlariga ko‘ra tashkil qilinadi. Ijtimoiy dorixonalar viloyat, tuman markazlarida, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarning oilaviy poliknikalari va qishloq vrachlik punklarida joylashtiriladi.
Ijtimoiy dorixonalarning asosiy vazifasi aholini Ro‘yxatga kiritilgan dorixona assortimentidagi dori vositalari va tibbiy buyumlar, boshqa turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash, shuningdek, imtiyozga ega ayrim toifadagi shaxslarni dori vositalari bilan ta’minlashdan iborat.
Ijtimoiy dorixonalarda dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxlarini nazorat qilish, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi.