Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish uslubiyotlarini o‘rganish
Kompleks (har taraflama) mashg‘ulot - ob’ektni tayyorlashning muhim shakllaridan bo‘lib, u FM bo‘yicha o‘rnatilgan aylanmani amalga oshirish bilan tugaydi.
Kompleks mashg‘ulotning mohiyati shundan iboratki, uning hamma qatnashchilari bir vaqtda yagona taktik sharoitda, moddiy ishlab chiqarish bazasida harakat qilib, ob’ekt rejasida ko‘zda tutilgan ishlab chiqarish faoliyatini to‘xtatmasdan amalga oshiradi.
Odatda mashg‘ulotda: ob’ekt FM rejasining realligi; FM tadbirlarini amalga oshirishga ob’ektning tayyorgarlik darajasi va dushman tomonidan qo‘llanilgan zamonaviy qurollar asoratlarini, shuningdek, tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish avariya va halokatlarning oqibatlarini tugatish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilishiga e’tibor beriladi; ob’ektning favquloddagi vaziyatlar paytida uzluksiz ishlash yo‘li va usullari tekshirib ko‘riladi.
Kompleks mashg‘ulotning maqsadlari quyidagicha bo‘lishi mumkin: ob’ektni har qanday FVlarda xar tamonlama to‘xtovsiz ishlashga tayyorlash, tuzilmalar tuzish, boshqarish, hamma soha fuqarolarini tayyorlash, raxbar va komanda-boshliq tarkibda FM tadbirlarini o‘tkazishda aniq va mustaqil ko‘nikmalarni ishlab chiqish, fuqarolarni turli xil ta’sirlardan ximoya qilish usullariga o‘rgatish, FMlar oqibatlarini tugatish bo‘yicha ishlarni olib borishga tayyorlash, ob’ekt FM rejasini realligini tekshirish va hozirgi talabga mos holga keltirish, FM masalalarini bajarishga ob’ektning tayyorgarlik darajasini aniqlash, ob’ekt shaxsiy tarkibida ma’naviy-ijtimoiy va psixologik hislatni tarbiyalash talab etiladi.
FMning hamma kompleks mashg‘ulot tadbirlari, xo‘jalik faoliyatlarini hisobga olgan holda o‘tkazish uchun imkoniyat beradi. Mashg‘ulot rahbari odatda, ob’ekt FMning boshlig‘i hisoblanadi, ayrim hollarda uning yordamchilari ham bo‘lishi mumkin. Mashg‘ulotlarga hamma rahbar va komanda boshliqlari, tuzilmalar, tuzilmalarga kirmaydigan fuqarolar ham jalb etilishi mumkin.
Tuzilmalar ma’lum bosqichlarda o‘z vazifalarini bajaradilar, rahbar xodimlar va komanda-boshliq tarkiblari esa xar bir mashg‘ulotlarda ishtirok etadilar. Har taraflama mashg‘ulotlarda shunday murakkab dinamik holatni yaratish kerakki, ular zararlanish o‘choqlarini va zaharlangan hududlarni ifoda etib, qatnashchilar epchillik, mohirlik, dalillik va ehtiyotkorlikni namoyon etsin.
Mashg‘ulotlar davomida rahbar, komanda-boshliq tarkiblari, va FM kuchlarini tashkil etishning, tizimlar esa kuchli radioaktiv, kimhviy, biologik zararlanishda va kuchli yong‘inlarda harakat qilishni o‘rganadilar. Mashg‘ulotlarda shablonga yo‘l qo‘ymaslik, takomillashtirilgan o‘quv usullarini tatbiq etish, o‘qiyotganlarning harakatlaridagi sustkashlikni, xotirjamlikni keskin tugatish va soddalikka yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Kompleks mashg‘ulotlar 3 yilda bir marta -3 kun davomida o‘tkaziladi. Tsexlar, bo‘limlar, uchastkalar va boshqa qismlar mashg‘ulotlarda bir vaqtda ishtirok etmaydilar, o‘quv rejasiga muvofiq ular maxsus vazifalarni bajarishga ketma-ket kirishadilar.
Kompleks mashg‘ulotlarni tashkil etishda va uni o‘tkazishda shtab rahbarlari, mashg‘ulotga jalb qilingan hamma fuqarolarning tayyorgarliklarini tashkillashtirishi; ularning tayyorgarligini tekshirishi, shu bilan birga xavfsizligini ta’minlashi kerak bo‘ladigan o‘quv-uslubiy xujjatlarni ishlab chiqishi lozim. Shuningdek, o‘quv va ishlab chiqarish bazasini tayyorlashi, QBTI o‘tkazish uchun yangi usullarni qidirib topishi, qo‘llashi; har xil shroitlarda texnikalardan foydalanish hamda ularning samarali ishlashini nazorat qilishi hamda shaxsiy va jamoat resurslarini yaroqsiz holatga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik va yuqori saviyada bajarilgan mashg‘ulot bo‘yicha hisobot tayyorlashi lozim.
Kompleks mashg‘ulotlar 3 ta asosiy ko‘rsatkichga ega bo‘lishi kerak:
FM masalalarini to‘liq, har tomonlama o‘rganish, ya’ni ogohlantirish belgisidan (ishorasidan) tortib, to amaliy mashg‘ulotni tugatishgacha bo‘lgan masalalar;
kompleks mashg‘ulotda, ob’ektda faoliyat ko‘rsatuvchi jami fuqarolar tayyorlanadi;
kompleks mashg‘ulotda, muhofazaga tayyorlashning jami shakl va uslublari qo‘llaniladi.
300 kishidan ortiq fuqarolari bo‘lgan korxona, tashkilotlarda, hamda 600 dan ortiq kasallar joyi bo‘lgan tibbiy tashkilotlarda 3 yilda bir marta (2 sutkagacha), boshqa tashkilotlarda 3 yilda bir marta ob’ekt trenirovkalari (6 soatgacha) o‘tkaziladi.
Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasb-xunar va oliy ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilari bilan har taraflama mashg‘ulotlar har yili o‘tkaziladi.
Ishlab chiqarish va hizmat ko‘rsatish soxalarida band bo‘lmagan aholini tayyorlash FVlardan muhofazalash masalalari bo‘yicha suhbatlar, ma’ruzalar o‘tkazish, o‘quv filmlarni ko‘rsatish, yashash joylarida o‘quv mashqlari va mashg‘ulotlarga jalb etish, shuningdek qo‘llanma va eslatmalarni mustaqil o‘rganish, radio eshitirishlarni tinglash, teledasturlarni, ko‘rgazmali qurollarni ko‘rsatish va boshqa omillar qo‘llaniladi.