Mashg‘ulotni o‘tkazish. Mashg‘ulot tuzilmalar doimiy joylashgan joyda bevosita yoki to‘satdan «Ogohlantirish» ishorasi bo‘yicha boshlanishi mumkin. Buning uchun shaxsiy tarkibga xabar berish va yig‘ish, texnikalarni olib chiqish va ularni ishga tayyorgarligini tekshirish kerak.
Tuzilmalarning boshliqlariga taktik vazifani tekshirish tavsiya etiladi: bunda vazifani anglab olish, sharoitni baholash, qaror qabul qilish, qo‘l ostidagilarga vazifalar qo‘yish va ularning harakatlarini tashkil etish uchun zaruriy vaqt beriladi. Mashg‘ulot rahbari tuzilmalar boshliqlarining qarorlarini tinglaydi va tasdiqlaydi, kerak bo‘lgan payitda sharoitni chuqurroq mushohada etib, ular yordamida eng maqsadga muvofiq qaror qabul qiladi.
Mashg‘ulot rahbari shaxsan va o‘z yordamchilari orqali ob’ektdagi radiatsiyaviy, kimyoviy, biologik holatning o‘zgarishini, odamlar, texnikani ishdan chiqishini ko‘zda tutgan holda mashg‘ulotlarni kuchaytirib boradilar.
Mashg‘ulot rahbari, sharoitga qarab tuzilma boshliqlaridan yangi qarorlar, buyruqlar qabul qilishga, qo‘l ostidagilarga yangi vazifalar qo‘yishga va ulardan o‘ziga xos harakatlar qilishga erishadi. Tuzilmalardagi fuqarolar asbob-uskunada, texnikada va mexanizmlarda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha amaliy vazifalarni bajaradilar. Mashg‘ulotlar, tuzilmalarni shikastlanish o‘chog‘idan olib chiqish, fuqarolarni tibbiy, texnikani esa maxsus ishlovdan o‘tkazish bilan tugallanadi. So‘ngra maxsus taktik mashg‘ulotlar taxlil qilinadi.
Komanda-shtab_mashg‘ulotlari'>Komanda-shtab mashg‘ulotlari- FVDTning shtab boshliqlarini, FM hizmat boshliqlarini, ob’ektlarning komanda-boshliqlar tarkibini o‘z funktsional burchlarini bajarishga, birgalikda tayyorlashning asosiy shakllaridan biridir.
Komanda-shtab mashg‘ulotining maqsadlari har xil bo‘lishi mumkin. Bulardan asosiylari: rahbarlarni va komanda boshliqlarining ob’ekt FM tadbirlarini bajarishda nazariy bilimini va amaliy mahoratini oshirish, xodimlar, tuzilmalar va qo‘shinlar bilan o‘zaro harakat qilishini ta’minlashdan iborat.
Komanda-shtab mashg‘ulotlari aniq taktik sharoitga yaqinlashtirlib olib boriladi. Mashg‘ulot mavzusi va o‘quv savollari odatda oldinda turgan har taraflama mashg‘ulotning mavzusi bilan bog‘langan bo‘ladi.
Komanda-shtab mashg‘ulotlaridan oldin shtab mashqlarini o‘tkazish tavsiya etiladi. Ularning sonini va olib borish vaqtini ob’ekt FM boshlig‘i komanda-shtab mashg‘ulotlarini oldida turgan maqsadiga hamda rahbar tarkibi va boshqarish organlarining tayyorlanish darajasiga qarab aniqlaydi.
Mashg‘ulotlarga razvedka, aloqa bo‘linmalari, jamoat tartibini saqlash, sanitar-drujinalar, shuningdek umumiy vazifalarni bajaruvchi tizimlar ham jalb etilishi mumkin.
Ob’ekt FM boshlig‘i komanda-shtab mashg‘ulotining rahbari hisoblanadi. Komanda-shtab o‘quv mashqlari, viloyatlar va Toshkent shahar davlat xokimiyati va boshqaruv organlarida (3 sutka davom etadi) 5 yilda bir marta; shahar va tumanlarda 3 yilda bir marta o‘tkaziladi.
Komanda-shtab mashqlari yoki mashg‘ulotlar Vazirliklar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda 1 yilda bir marta (1 sutka) o‘tkaziladi.